O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


O‘zbekistonda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuvi


Download 0.52 Mb.
bet49/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

2.O‘zbekistonda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuvi.


O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim sohasini isloh qilish mamlakat oddida turgan muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qabul qilindi. Davlat tomonidan, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yiddi
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlan­tirish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish;
barcha turdagi ta’lim muassasalari bitiruvchilarining keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqqa ega bo‘lishini ta’minlash;
boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zRda xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega bo‘lishi;
respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zR fuqarolari bilan teng huquqqa ega bo‘lishi.
Ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va pedagogikasi, shuningdek, jahon xalqlari pedagogikasining ilg‘or yutuqlari asosida ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirish, shu maqsadda o‘qituvchilar, pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularni har to­monlama rag‘batlantirish, bilim va ko‘nikmalarining puxtaligini ta’minlaydigan zamonaviy didaktik vositalar qo‘llashni keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yish, shu asosda ta’lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bo‘ldi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va uning taraqqiyot istiqbollariga mos keladigan ta’lim tizimini tashkil qilishga olib keldi. Unda quyidagilar ko‘zda tutilgan:

  • ta’lim tizimini bozor iqtisodiyoti va ochiq jamiyatga moslashtirish;

  • aholining turmush farovonligini oshirishning zarur sharti bo‘lgan ta’lim olish uchun teng imkoniyatlar yaratish;

  • ta’lim xizmatlarining barqaror va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ta’lim sohasini moliyalashtirish tizimini yaxshilash hamda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;

  • ta’lim sektori boshqaruvini takomillashtirish.

Ta’lim tizimini isloh qilish Konsepsiyasi O‘zR Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda yangi taxrirda qabul qilingan Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi.(Talim togrisidagi birinchi qonun 1992 yil iyunda qabul qilingan edi).
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 3 bosqichda amalga oshirildi.
I bosqich 1997-2001 yillarda Dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-meyoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha 65 milliard so‘m sarflandi. Bu bosqich «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning moddiy-texnik bazasini yaratish davri deb nomlandi.
II bosqich 2001-2005 yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. Bu bosqich "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning sifat bosqichi deb nom oldi.
III bosqich 2005 yildan boshlanib, undan keyingi yillarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda Dastur ijrosi yakuniga yetkazilib, erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, tahlil etildi hamda shu asosda yurtimizda yangi ta’lim tizimi yanada takomillashtirildi. Shy boisdan bu bosqich "Ta’­lim tizimini modernizatsiyalash davri", deb ataldi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida quyidagi maqsadlarga erishildi:

  • ta’lim tizimida kadrlarning salohiyatini har tomonlama takomillashtirish hamda o‘qituvchilar, ustozlar va il­miy xodimlarning professional nufuzini oshirish;

  • ta’lim tizimini tarkibiy qayta qurish, ta’lim va professional dasturlarni tubdan o‘zgartirish, ta’lim, fan, texnologiya, iqtisodiyot va madaniyat sohasidagi jahon yutuqlariga tayanish;

  • majburiy o‘rta umumta’lim, o‘rta maxsus, professio­nal ta’lim-tarbiya tizimiga o‘tishni ta’minlash.

"Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahriri va "Kadr­lar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilinganidan so‘ng pespublikamiz butun ta’lim tizimi, jumladan, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ham tubdan isloh qilishning aniq strategik dasturiga ega bo‘ldi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning O‘zbekistonga xos eng muhim xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta max­sus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratish amalga oshirildi.
Oliy ta’limda bakalavriat va magistratura tizimi jo­riy qilindi. Jahon standartlariga xos oliy ta’lim tizi­miga o‘tildi. O‘zRning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aygganda: Bilimdon, professio­nal jihatdan savodli hamda g‘ayrat-shijoatli shaxslarni, o‘z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan ma’naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin” (Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-j. -T.: O‘zbekiston, 2012. B. 177-179.).
Ta’lim tizimi O‘zRning "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni asosida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim, oliy profes­sional ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim shakllarida tashkil qilindi.
Bugungi axborotlashgan tezkor zamon ta’lim tizimini ham isloh qilishni kun tartibiga qo‘ya boshladi. Ta’lim sifatini zamon talablari darajasiga olib chiqish maqsadida 2020 yil 23 sentabrda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni qabul qilindi. 11 ta bob va 75 ta moddadan iborat ushbu yangi qonunda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim turidan keyin professional ta’lim turi kiritildi.
Ta’lim olish shakllari sifatida ishlab chiqarishdan ajralgan xolda ta’lim olish (kunduzgi), ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy), dual ta’lim, oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish, katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish, inklyuziv ta’lim, eksternat tartibidagi ta’lim, mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasda kadrlar tayyorlash kabi shakllariga ajratildi (15 modda).
Ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qо‘shma fakultet va о‘quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, о‘qituvchilarga mualliflik dasturi va о‘qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, о‘qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganidek, “biz keng kо‘lamli demokratik о‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali О‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni о‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. 2017 yil 9 sentabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zR Prezidentining Qarori (PQ-3261) qabul qilindi. 2017 yil 30 sentabrda esa Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi (PQ-3305). Shu sanada “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zR Prezidentining Farmoni (PF-5198) ham qabul qilindi.
2018-2021-yillar mobaynida respublika bo‘yicha 1,5 mln bolani maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishga erishildi. Bu 2017 yildagi ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘proqdir.
Shuningdek, respublikamizda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni ham tobora ortib bormoqda. 2017 yilda MTTlarning umumiy soni 5 mingta bo‘lgan bo’lsa 2021-yilga kelib ularning soni 14 mingtadan ortdi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganliridek, xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir so‘z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi.
Shu sababli, ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya’ni, ta’lim bog‘chadan boshlanishi va butun umir davom etishi lozim. Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‘rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi.
Binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart. Shu yo‘ldagi muhim amaliy qadam sifatida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirishdir. 2018 yilda bu ko‘rsatkich 34 foizni tashkil etdi. 2018 yil dekabrdagi Murojaatnomada 2019 yilda bu ko‘rsatkichni 44 foizga yetkazish belgilangan bo‘lsa, yil oxirida bu ortig‘i bilan bajarilib, 54 foizga yetkazildi.
2019 yil 8 mayda Prezident qarori bilan O‘zRda maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi (PQ-4312).
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida 2019 yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‘chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 54 foizga ko‘tarildi. 2020 yilning oxiriga qadar qamrovni 59,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Xozirda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikligi formati ham rag‘batlantirilmoqda.
«2018-2019 yillarda Maktabgacha ta’lim vazirligi umumiy qiymati 3,89 trln. so‘mga teng bo‘lgan davlat-xususiy sherikligi bo‘yicha shartnomalarni imzoladi. Bulardan 1,1 trln so‘m tadbirkorlar hisobidan, 2,8 trln so‘m imtiyozli kreditlar asosida ajratilgan.
Yaqin orada quvvati 147,9 ming o‘ringa teng bo‘lgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. 2020 yilda 2 mingta oilaviy va 420 ta DXSH doirasidagi MTTlar ochilishi rejalashtirilgan.
2019 yil 8 oktabrda O‘zR Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi (PF-5847). Konsepsiyada O‘zRda 2030 yilga qadar bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 50 % dan oshirish; O‘zMU va SamDUni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish; respublikadagi kamida 10 ta OTMni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi OTMlari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zMU va SamDUni birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish; OTMlarda o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish; o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish; OTMlarining akademik mustaqilligini ta’minlash; OTMlarda texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish kabi muhim chora-tadbirlar belgilandi.
2020 yil 27 fevralda “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-4623) e’lon qilindi. Unga ko‘ra 5 ta universitet qoshida (SamDU, AndDU, BuxDU, TerDU, QarDU) pedagogika institutlari tashkil etildi. Toshkent davlat pedagogika universitetiga ilmiy unvon berish huquqi berilib, universitetda kredit-modul tizimi joriy etildi. 2020-21 o‘quv yilidan bakalavriat bosqichida o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan pedagogik ta’lim yo‘nalishlari (musiqa ta’limi, jismoniy madaniyat, texnologik ta’lim, chaqiriqqacha harbiy ta’lim, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport). Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda ijodiy imtixonlar bilan birgalikda 3 ta fan bo‘yicha (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) test sinovlari topshiradi.
Umuman, 2017-2021-yillarda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy о‘quv yurtlarining soni 131 taga yetganligi sohada islohotlarning amaliy natijasi deb xisoblash mumkin.
Ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat keng bilim va professional ko‘nikmalarii egallashi, ayni paytda, chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, bugungi dunyoda ro‘y berayotgan barcha voqea-hodisalar, yangilik va o‘zgarishlardan atroflicha xabardor bo‘lish, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni ham chuqur o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda.
O‘zbekistonda bugungi kunda ta’lim sohasida alohida e’tirof etib kelinayotgan yutuqlar sifatida maktab ta’li­mi mamlakatda yashayotgan turli millatlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, 7 tilda o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman tillarida olib borilayotganini aytish mumkin. Bunda har bir bitiruvchi majburiy ta’limdan so‘ng, o‘z xohishiga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishi va bakalavr hamda magistr darajasini olishi mumkin. Har bir kollej tegishli korxonalar bilan aloqa bog‘lagan. Respublikaning har bir o‘quv yurtida optik-tolali aloqa liniyalari asosida qurilgan yagona "Ziyonet" axborot ta’lim tarmog‘iga ulangan axborot resurs markazlari tashkil etilgan.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling