O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet18/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 8-j. -T.: “О‘zbekiston”. 2000.

  • Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10 j. -T.: “О‘zbekiston”. 2002.

  • Karimov I.A. О‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bо‘lmaydi. 13-j. -T.: “О‘zbekiston”. 2005.

  • Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi. -T.: “О‘zbekiston”. 2010.

  • Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.: “О‘zbekiston”. 2011.



    1. О‘zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi.


    О‘zbekistonda Prezidentlik institutining joriy qilinishi va takomillashuvi. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda rо‘y bergan tanazzul О‘zbekistonda Prezident lavozimini ta’sis etish zaruriyatini keltirib chiqardi.
    Prezident lavozimining joriy etilishi respublika mustaqilligi uchun kurash kuchaygan va milliy davlatchilik rivojida prinsip jihatdan yangi bosqichga о‘tilayotganligini anglatar edi.
    Shu bilan birga, respublikada prezidentlik instituti hokimiyat mexanizmining samaradorligini, mamlakatdagi barqarorlik, qonuniylik va huquq-tartibotning samara­dorligini qat’iyan oshirish vositasi bо‘lib xizmat qilishi lozim edi. Ayniqsa, О‘zbekiston kabi kо‘p millatli mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy holat og‘irlashib borayotgan bir davrda jamiyatni jipslashtirish yanada muhim edi. Bunday sharoitda siyosiy tizimning yangilanayotgan mexanizmi, av­valo, shunga kо‘maklashmog‘i, bu tizimning ishlarida ichki va tashqi siyosat, strategik yо‘nalishlar va ularni amalga oshirish sohasidagi amaliy ishlar mujassamlashib, yaxlit harakatga aylanishi lozim edi.
    Prezident о‘zining amaliy ishi bilan turli ijtimoiy-siyosiy harakatlar о‘rtasida ijtimoiy muloqotni rivojlan­tirish uchun sharoit yaratishi, mamlakatda tinchlik va mil­latlararo totuvlikni ta’minlashi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda – tabiiy ofatlarda, jamoat tartibi jiddiy buzilgan hollarda oliy vakolatlar sohibi bо‘lgan tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi arbob sifatida ish kurishi kerak edi. Ayni vaqtda Prezident lavozimi ta’sis etilgan taqdirda ham Oliy Sovet davlat hokimiyatining oliy organi bо‘lib, u qonun chiqaruvchi, hukumat-ijrochi-boshqaruvchi organ bо‘lib qolaveradi. Prezident esa mazkur tizimda qonun chiqaruvchilik bilan ijrochilik faoliyatini о‘zaro bog‘laydigan mustahkam bо‘g‘in vazifasini bajaradi.
    1990 yilda mazkur lavozim ta’sis etilayotgan vaqtda bu lavozimning joriy etilishi Ministrlar Sovetining vakolatini cheklashi mumkin, degan xavotir ham bо‘ldi. Biroq, hukumatning vakolatlari amalda о‘zgarmay qoldi. Shu munosabat bilan Ministrlar Soveti о‘z ishi tо‘g‘risida har yili Oliy Kengashga hisob beribgina qolmay, bu haqda Prezidentni muntazam xabardor qilib turishi belgilab qо‘yildi. Ayni paytda hukumat, vazirliklar va davlat qо‘mitalari qonunlar bilan bir qatorda о‘z faoliyatida Prezident farmonlariga amal qilishlari shart ekanligi mustahkamlandi. Prezident huzurida tashkil egilgan organ Prezident Kengashi davlat vakolatlari bilan ta’minlandi.
    Davlat boshqaruvining mazkur zamonaviy va samarali shaklini yuzaga keltirishda xalqimizning davlatchilik sohasidagi kо‘p ming yillik tarixiy tajribalari, diyorimizning muayyan shart-sharoitlari, xalqning an’analari va mentaliteti, о‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi zamon ilg‘or davlatlarining tajriba va yutuqlari nazarda tutildi. Qayd etish joizki, bugungi kunda BMTga a’zo bо‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida, ya’ni qariyb 75 foizida Prezident lavozimi ta’sis etilgan.
    Respublikamizda prezidentlik lavozimi murakkab vaziyatda ta’sis etildi. Qayta qurish, oshkoralik vaziyatida xalq xо‘jaligini rivojlantirish, aholiga zarur turmush sharoitlarini yaratib berishda kо‘plab murakkab, hal qilinmagan muammolar borligi aniqlandi. Ayrim viloyatlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyat izdan chiqqan, qonunni buzish hollari kо‘paygan edi. Xalq bunday noqonuniy xatti-harakatlarning zudlik bilan payini qirqishni talab qilayotgan edi. Bularning barchasi prezident lavozimini kechiktirmasdan joriy etishni talab qildi. О‘zbekiston SSRning bi­rinchi Prezidenti istisno tariqasida respublika Oliy Kengashining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida saylandi. Is­lom Abdug‘aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yо‘li bilan О‘zbekiston SSRning Prezidenti etib saylandi.
    L.Levitin va D.S.Karlaylning “Islom Karimov – yangi О‘zbekiston Prezidenti” nomli kitobida shunday deyiladi: “1990 yilning mart oyida Islom Karimov о‘sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar rahbarlari orasida birinchi bо‘lib Prezidentlikka saylandi. Moskva buni juda salbiy qabul qildi. Gorbachyov ochiqdan-ochiq g‘azablandi. Boshqa res­publikalar rahbarlari esa, Karimovning Prezidentlikka saylanganini qalban qо‘llab-quvvatlasa-da, unga havas qilsa-da, televideniye va minbarlarda Gorbachyovning “16 prezidenti bor davlat qanday davlat bо‘ladi”, degan sо‘zlarini qaytarish bilan band bо‘ldilar. (Bu Gorbachyovning navbatdagi mantiqiy fikri edi yangidan paydo bо‘layotgan davlatlar ittifoqida 16 ta parlament raislari bо‘lishi mum­kin emishu, 16 ta Prezident bо‘lishi mumkin emas emish). Karimovdan qutulish uchun tazyiqning barcha yо‘llaridan foydalanib kо‘rishdi. Gorbachyov uni о‘taketgan amalparast deb aybladi. Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov haqoratlangan va xо‘rlangan О‘zbekistonning obrо‘sini kо‘tarish haqida о‘ylardi. 1990 yilning 26 martida О‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidentlikni joriy etdi va meni shu lavozimga sayladi. Shundan sо‘ng men Moskvaga SSSR Davlat Kengashi yig‘ilishiga keldim. Gorbachyov meni О‘zbekiston Prezidenti deya piching, haqoratomuz sо‘zlar bilan kengash a’zolariga tanishtirdi va tartibga solib qо‘yishga va’da berdi. Bu yerda u prezidentlikni bekor qilishni nazarda tutdi. Men unga shunday javob berdim: Agar suhbat shunday davom etadigan bо‘lsa, men Kengashni tashlab ketaman. Sо‘ng Moskva har qanday yо‘l bilan bо‘lsa ham meni olib tashlashga urindi, ammo hech narsaga erisha olmadi. Kuchlar endi boshqacha edi. Meni qо‘llab-quvvatlagan xalq ham boshqacha fikrlay boshlagandi. Bu kurashda Karimov о‘zi va xalqi uchun hamma nar­saga tayyor yо‘lboshchi sifatida g‘olib chiqdi (Leonid Levitin., Donald S. Karlayl. Islom Karimov – yangi О‘zbekiston Prezidenti. – T.: О‘zbekiston, 1996. 11 bet.).
    Darhaqiqat, kuchli ijroiya hokimiyati bо‘lmasa, hatto eng demokratik yо‘l bilan qabul qilingan qarorlar xam bajarilmasdan qolib, targ‘ib, ijro intizomi susayishiga sabab bо‘lar edi. Bunday salbiy holatlarga yо‘l qо‘ymaslik, qonuniy qarorlarni hayotga joriy etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish vazifasi siyosiy va iqtisodiy islohotlar turmushga tatbiq etilishini ta’minlaydigan prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirishni taqozo etdi. Kuchli prezidentlik hokimiyati qonunlarning aniq va og‘ishmay bajarilishining ishonchli garovi sifatida qabul qilindi.
    1990 yil 1 noyabrda qabul qilingan О‘zRning “О‘zRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda О‘zR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qо‘yish, davlat organlari faoliyatida parallelchilik va bir-birining ishini takrorlashga, bir organning boshqa organlar vazifasini bajarishiga barham berish maqsadida hamda bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida ijro hokimiyatini butun choralar bilan mustahkamlash, davlat, xо‘jalik va sotsial-madaniy qurilishning hamma jabhalarida intizom va tartib о‘rnatish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Mi­nistrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qо‘shib yuborildi. О‘zR Ministrlar Soveti О‘zR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi о‘rinlarda VM) aylantirildi. О‘zR Prezidenti ayni vaqtda VMning Raisi bо‘lishi, О‘zR Prezidentining va О‘zR Ministrlar Sovetining apparati О‘zR Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi.
    Mazkur Qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli prezidentlik respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qо‘ydi. О‘tish davrida davlat boshqaruvining prezident­lik respublikasi shaklining о‘rnatilishi О‘zRda olib borilgan barcha ijtimoiy sohalardagi izchil islohotlar muvaffaqiyatli kechishining garovi bо‘ldi. О‘tish davrida kuchli ijro hokimiyatiga asoslangan davlat boshqaruvi, bunda О‘zR Prezidenti­ning davlat va ijro hokimiyati boshlig‘i sifatidagi о‘rni, Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi tamoyilining amalda bо‘lishi va bu tamoyil qonunlar ijrosining ta’minlanishida tayanch bо‘ldi.
    Demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining poydevorini barpo etish hamda davlatning bosh islohotchi bо‘lishi zarurati о‘tish davrida Prezident zimmasiga katta mas’uliyat va strategik vazifalarni hal etishni yuklash barobarida uning yetarli vakolatlarga ega bо‘lishini ham taqozo etdi. Prezident davlat, ayni vaqtda, ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i sifatida islohotlarning tashabbuskori, yangilanish va о‘zgarishlar jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy kuchga aylandi.
    Davlat va jamiyat hayotida prezidentlik institutining tutgan о‘rnidan kelib chiqib aytish mumkinki, yurtimizda О‘zR Prezidenti deganda, xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladigan, ichki va tashqi siyosatning asosiy yо‘nalishlarini ishlab chiqib, umummilliy va strategik vazifalarni belgilab, davlat va jamiyatni oliy maqsadlarga chorlaydigan, о‘z siymosida davlat va millatni birlashtiradigan, jipslashtiradigan, davlat hokimiyati organlari va odamlarni milliy g‘oya asosi bо‘lmish yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi sari safarbar qiladigan, ularning о‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, О‘zRning Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishiga kafil bо‘ladigan, millat va davlatning tinchligi, osoyishtaligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etadigan shaxs gavdalanadi.
    Men davlat rahbari, Prezident deganda, faqat xori­jiy о‘lkalarga borib, u mamlakatlarning boshliqlari bi­lan uchrashib qо‘l olishadigan kishini emas, balki о‘z davlatining, о‘z xalqining milliy manfaatlarini tо‘la ifoda eta oladigan va qat’iyat bilan himoya qila oladigan odamni tasavvur qilaman”, deganda Islom Karimov mutlaqo haq edi.
    Islom Karimovning fikricha, “Yurtboshi nihoyat da­rajada og‘ir, murakkab va mas’uliyatli bir vazifani о‘z zimmasiga olib, unga ishonch bildirgan odamlarning umidini oqlash uchun bu balandparvoz gap bо‘lib tuyulmasin shu oliy maqsad yо‘lida о‘z hayotini fido qilishga ham tayyor turishi zarur” (Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 8-j. -T.: О‘zbekiston, 2000. B. 127-128.).
    Yuqoridagi fikrlarga xulosa yasab shuni ta’kidlash joizki, bu bosqich uchta muhim jarayon amalga oshgani bilan ahamiyatli. Birinchi jarayon – 1990 yil 24 martdagi prezidentlikning joriy etilishi, ikkinchisi esa 1991 yil 29 dekabrdagi muqobillik asosida о‘tgan saylovlar, uchinchisi – prezidentlik institutini “legitimizatsiya”si hamda prezidentlik institutining “markazlashuvi” – kuchli ijro hokimiyati bilan uyg‘unlashgan holatidir.
    Ikkinchi bosqich (2001 va undan keyingi yillar). Demok­ratik huquqiy davlat qurish bо‘yicha muayyan tajriba orttirilganidan sо‘ng, fuqarolarning siyosiy, huquqiy ongi о‘sgani sayin kuchli prezidentlik hokimiyatining roli muvozanatlashib, kо‘p masalalar parlament va hukumat vakolatiga оtishi mazkur bosqichning о‘ziga xos xususiyatiga aylandi.
    Bu davrda milliy davlatchiligimiz va biz uchun yangi bо‘lgan erkin bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va qaror topayotgan dastlabki yillarda Prezidentga berilgan huquq va vakolatlarning bir qismini hokimiyagning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tuzilmalariga о‘tkazish ishlari izchillik bilan olib borildi.
    О‘zR Prezidentining 2005 yil 4 fevraldagi О‘zR VMning qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, kо‘rib chiqish va imzolash tartibi tо‘g‘risidagi 2118-sonli farmoyishiga asosan О‘zR Prezidenti qaror va farmoyish qabul qiladigan eng muhim yо‘nalish va masalalarning rо‘yxati, asosiy qoidalari majburiy tartibda О‘zR Prezidenti bilan kelishiladigan VM qaror va farmoyishlari rо‘yxati, О‘zR Prezidenti bilan kelishib olishga taqdim etiladigan prinsipial parametrlar, muhim balanslar va sohalararo hisob-kitoblar rо‘yxati tasdiqlandi. Bu ham Prezidentning ayrim vakolatlari bosqichma-bosqich hukumatga о‘tayotganligi, mamlakat hayotida hukumatning roli va ta’sirini kо‘tarish, vakolatlarni aniqlashtirish, hukumatda tashabbuskorlik va mas’uliyatning yanada oshishiga xizmat qildi.
    Ikki palatali parlament shakllanishi bilan Prezident vakolatlarining katta qismi О‘zR O.M Senatiga о‘tkazildi.
    О‘tgan asrning 90-yillarida Prezident kо‘p vazifalarni, mas’uliyat va javobgarlikni о‘ziga olishga majbur edi.
    Odamlarning siyosiy, huquqiy ongi va saviyasi qanchalik yuksalsa, demokratiya yо‘lida qancha kо‘p ijobiy о‘zgarishlarga erishsak, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida erkinlashtirish jarayonlari ham shuncha tezlashadi. Shu asosda Prezident 90-yillardagi murakkab bir sharoitda о‘z zimmasiga olishga majbur bо‘lgan vakolatlarni tegishli tuzilmalarga berishi uchun imkon tugildi.
    2003 yil 25 aprelda О‘zR Prezi­denti о‘z vakolatlarini, О‘zRning Konstitutsiyasiga muvofiq, samarali amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, Konstitutsiyaviy vakolat muddati tugab yoki sog‘ligi holatiga kо‘ra iste’foga chiqqan О‘zR Prezidentiga zarur sharoitlar va kafolatlar yaratib berish maqsadida “О‘zR Prezi­denti faoliyatining asosiy kafolatlari tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
    2005 yilda mamlakatimizda ikki palatali parlamentning ish boshlashi, shuningdek, Prezidentning Konstitutsiyaviy vazifalaridan avval VMning Raisi lavozimi, keyinchalik esa ijro hokimiyatining rahbari maqomi chiqarilganidan sо‘ng, Prezidentning huquqiy hujjatlarida ishlatib kelingan farmon va farmoyish sо‘zlari qatoriga, Prezident qarori amaliyoti ham qо‘shildi. О‘zR Prezidentining qarorlari, asosan, ijro hokimiyatining tashkiliy tuzilmasini, hukumatlararo xalqaro shartnomalarni, bir qator kadrlarni tasdiqlash, davlat mukofotlarini berish, harbiy xizmatga chaqirish vakolatlarini amalga oshirish uchun qabul qilina boshladi.
    2010 yil 12 noyabrda О‘zR OM (keyingi о‘rinlarda OM) Qonunchilik palatasi va Senatining qо‘shma majlisida О‘zR Prezidenti Islom Kari­mov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlangirish Konsepsiyasi”ni bayon etib, bu bilan davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlanggirish bо‘yicha taklif etilgan tashabbuslari orqali prezidentlik institutining rivojlanishida muhim bosqich boshlanishiga zamin yaratdi, siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida mamlakatimizni isloh etish va demokratlapggirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Konsepsiyada mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong daraja­sining о‘sib borishi, jamiyatni demokratlanggirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda kuppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta subyekti, ya’ni davlat boshligi bо‘lgan Prezident, qoggun chiqaruvchi va ijro eguvchi hokimiyatlar о‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirayotganligi ta’kidlandi (Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. T.: О‘zbekiston, 2011. B. 45-46.).
    Mazkur Konsepsiyadan kelib chiqib, 2011 yil 19 aprelda matbuotda e’lon qilingan О‘zRning “О‘zR Konstitutsiyasining ayrim moddalariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Qonuni bilan Konstitutsiyaning О‘zR Prezidenti vakolatlariga bag‘ishlangan 93-moddasi 8, 15-bandlari, 98-moddasiga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritildi, ya’ni “ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi” degan sо‘zlar chiqarildi, О‘zR Bosh vaziri vakolatiga viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlash hamda lavozimidan ozod etish uchun Prezidentga taqdim etish huquqi berildi, Prezident vakolatlaridan VM vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi chiqarildi, Konstitutsiyaning 96-moddasi yangi tahrirda ifodalanib, unga kо‘ra, mamlakatning amaldagi Prezidenti о‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha О‘zR OM Senati Raisining zimmasiga yuklatilishi belgilandi. Konstitutsiyaning 98-moddasiga kiritilgan qо‘shimchalarga binoan, Bosh vazir nomzodini taklif etishni yanada demokratik Konstitutsiyaviy tartibi joriy etildi. Ya’ni, О‘zR Bosh vaziri nomzodi О‘zR OMning Qonunchilik palatasiga saylovda eng kо‘p deputatlik о‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng kо‘p deputatlik о‘rinlarini qо‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.
    О‘zR Konstitutsiyasi 89-moddasiga kо‘ra, “О‘zRning Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taminlaydi”. Bundan kelib chiqadiki, agar avval Prezident davlat va ijro hokimiyatining boshlig‘i vazifalarini qо‘shib olib borgan bо‘lsa, endilikda u hokimiyat tarmoqlarining о‘z funksiyasini bajarishi, о‘zaro hamkorlik qilishini tо‘laqonli ravishda nazorat qilish vakolatiga ega bо‘ldi. Bu esa Prezidengga davlat hokimiyatining barcha tarmoqlariga nis­batan tegishli muhim ta’sir vositalari, tiyib turish mexanizmlariga ega bо‘lishni taqozo etadi. Ya’ni, agar biron-bir hokimiyat tarmog‘i о‘z vazifasini bajarmasa yoki vakolatini suiiste’mol qilsa, Prezident zudlik bilan bunday holatning oldini olish yoki bartaraf etish, tizimda uzilishlar bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaslik chora-tadbirlarini kо‘radi.
    2011 yil 12 dekabrda О‘zRning “О‘zR Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun О‘zR Prezidenti­ning qonunchilik tashabbusi bilan qabul qilingan bо‘lib, unga kо‘ra, bugungi kundagi obyektiv voqelik, mamlakati­mizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantig‘i va izchilligidan kelib chiqib, Prezidentning saylanish muddatini yetti yil о‘rniga besh yil qilib belgilandi.
    О‘zR OM, О‘zR Prezidenti, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylovga tayyorgarlik kо‘rish, О‘zR Konstitutsiyasining prinsiplari va talablariga sо‘zsiz rioya etilishini ta’minlash maqsadida hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga olgan holda, 2012 yil 9 aprelda “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va О‘zR Prezidentining navbatdagi saylovi tо‘g‘risida”gi О‘zRning Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning 2-moddasiga asosan, О‘zR Prezidentining nav­batdagi saylovi 2015 yilning birinchi yarmida О‘zR Markaziy saylov komissiyasi О‘zR OMning Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bо‘yicha qaror chiqargan kundan e’tiboran 90 kun о‘tgandan keyingi birinchi yakshanbada, “О‘zR Prezidenti saylovi tо‘g‘risida”gi Qonunga tо‘liq muvofiq holda о‘tkazilishi belgilab qо‘yildi. Ushbu Qonunda, shuningdek, О‘zR Prezidenti saylovi hamda davlat hokimiyati vakillik organ­lariga saylov muddatlari bir paytga tо‘g‘ri kelib qolgan taqdirda davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolat muddati bir yilga uzaytirilishiga oid qoida chiqarib tashlanishi belgilandi (О‘zR OM palatalarining Axborot­nomasi. 2012. 4-son, 104-modda.).
    O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida Oliy Majlisning qonunchilik faoliyatiga e’tibor qaratar ekan, “qonunchilikni yangilashdan maqsad – faqat qonun qabul qilish emas, aksincha, yangi qonunlar ertaga odamlarga qanday amaliy naf berishi, ularning hayotini qanday yengillashtirishi haqida bosh qotirishdan iborat bo‘lmog‘i lozim” deb ta’kidlab o‘tdilar.
    Xullas, mamlakatimizda milliy parlamentni shakllan­tirish jarayoni qisqa bo‘lsa-da, tarkibiy-tuzilmaviy va sifat jihatidan muhim bosqichni bosib o‘tdi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi bu yo‘nalishda ham Prezident Islom Karimov rahnamoligida jahon xalqlari erishgan ijobiy tajribalar bilan birga, mamlakatimiz, xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlari, mentaliteti, shart-sharoitlari, tarixiy anana va qadriyatlari hisobga olindi. Ayni paytda parla­ment rivojining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi "o‘zbek modeli"ning hayotiyligini yana bir bor tasdiqladi.


    O‘zbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi va mustahkamlanishi.


    O‘zRda davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin o‘tgan yillar davomida davlat boshqaruvi sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
    Davlat boshqaruvi sohasidagi aniq maqsadli vazifalar, bir tomondan, qonunlarni hayotga izchil tatbiq etish, fuqarolarning huquq va erkinliklari amalga oshirilishini kafolatlash, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kodir davlat hokimiyati va boshqaruvining ham ver­tikal, ham gorizontal samarali bo‘lgan tizimini yaratishni talab etardi. Ikkinchi tomondan, bu davrda boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berishga; ijro hokimiyati ayrim vazifalarini markaziy organlardan joylardagi davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga asta-sekin o‘tkazishga, ijtimoiy yo‘nalgirilgan iqtisodiyot talablariga javob beradigan, qonunchilik va sud hokimiyati, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik qiluvchi boshqaruvning uyg‘un tizimini yaratishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar belgilanib, bosqichma-bosqich amal­ga oshirildi.
    Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvining shaklla­nishi va rivojlanishida bir necha bosqichni ajratib ko‘rsatish mumkin.
    Birinchi bosqich (1991-2000 yy.) – o‘tish davri va mil­liy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichda o‘tish davrida xokimiyat taqsimlanishining Konstitutsiyaviy tamoyili asosida davlat boshqaruvining tubdan yangi tizimi yaratildi hamda iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy qurilish sohasida yaxshi boshqaruv tuzilmalari shakllantirilib, mustahkamlandi. Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechib, ijro hokimiyatining butun tizimi va mexanizmini bosqichma-bosqich isloh qilishga kirishildi. Birinchi bosqichga xos asosiy xususiyat ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning yangi tizimiga o‘tish, o‘tish davrida milliy xavfsiz­lik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-xuquqiy o‘zgarishlarni amal­ga oshirish maqsadida ijro etuvchi hokimiyatning kuchli, markazlashgan tizimini barpo etishdan iborat edi. Eng muhim masala yangi tuzumga ijtimoiy larzalarsiz, inqiroz holatlariga yo‘l qo‘ymay va vaziyat ustidan nazoratni saqlagan holda o‘tishni ta’minlashdan iborat edi
    Ushbu bosqich davomida totalitar tizimdan demokratik tizimga, qat’iy ma’muriyatchilik va buyruqbozlikdan iqtisodiy dastaklar va rag‘batlar asosida o‘zini o‘zi boshqarish va o‘zini o‘zi tartibga solishga murakkab, ba’zan og‘riqli o‘tish amalga oshirildi. Birinchi bosqichda davlat boshqaruvining yangi tizimi yaratildi. Milliy shart-sharoitlar talabiga javob beruvchi, O‘zR Preziden­tining 1992 yil 9 yanvardagi "Toshkent shahri hokimi (meri) lavozimini bajarishga kirishishi to‘g‘risida"gi farmoyishi asosida hokimlik instituti yaratildi, u joylardagi vakillik va ijro hokimiyatining yagona to‘laqonli organi hisoblanadi.
    O‘zR Konstitutsiyasida hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlariga bo‘linishi bel­gilab qo‘yilgan va ularning har biri mustaqil deb ta’kidlangan. Konstitutsiyaviy tamoyillar hisobga olingan holda, VM faoliyatining maqomi, vakolat va tamoyillari belgilandi. VMning tarkibi O‘zR Prezidenti tomonidan shakllantirilib, OMda tasdiqlanadigan bo‘ldi. VM iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat yuritishini, O‘zR konunlari, OM qarorlari, O‘zR Prezidenti farmon va farmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi.
    1993 yilda "O‘zR VM to‘g‘risida"gi Qonunning qabul qilinishi hukumatning huquqiy maqomi belgilanishi borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi (O‘zRning "O‘zR VM to‘g‘risida"gi Qonuni // O‘zR Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1993. 5-son. 202-modda). Ushbu Qonunda va qator meyoriy-huquqiy hujjatlarda VM faoliyatining asosiy tamoyillari, tarkibini shakllantirish tartibi, hukumatning vakolatlari va davlat hokimiyatining boshqa organlari bilan munosabatlari, shuningdek, VM apparatini takomillashtirish masalalari mustahkamlandi.
    VM tarkibiga, qonunga muvofiq, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining rahbarlari, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari kiritildi.
    Davlat apparati islohotlarning birinchi bosqichida dav­lat boshqaruvini maqbullashtirish, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning boshqaruvnpng bozor islohotlari usullariga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan shart-sharoitlarda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining faoli­yati samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
    Joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatining demokratlashtirilishi hokimlik apparati funksiyalari, tarkibi va xodimlar sonini maqbullashtirish, shuningdek, xalq deputatlari Kengashlarining rolini kuchaytirish yo‘nalishida olib borildi.
    1993 yilda qabul qilingan O‘zR­ning "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq (O‘zRning "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuni // O‘zbekistop Respublikasi Oliy Kengashining Axborot­nomasi. 1993.9 son. 320-modda) joylardagi vakillik va ijroiya organlari boshliqlarini saylash va bo‘shatish, joylardagi davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalarning dav­lat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan munosabatla­ri, viloyat, tuman va shahar mol-mulki va moliyaviy resurslarni shakllantirish tartibi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning byudjetga oid huquqlari, viloyat, tuman va shahar byudjetining daromadi va xarajatlari kabi masalalar tartibga solindi.
    1994 yilda "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida"gi Qonunning (O‘zRning "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘grisida"gi Qonuni // O‘zR Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1994. 5-son. 125-modda.) qabul qilinishi joylardagi davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini mustahkamlash sohasidagi islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
    Ushbu davrdagi asosiy vazifa davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashga imkon beruvchi samarali davlat boshqaruvini tashkil etish uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat edi. Makro darajada bu raqobat muhitini, biznesni rivojlantirish, mamlakatda xorijlik investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratishni anglatadi.
    Birinchi bosqichda ko‘p sonli tarmoq vazirliklari, iqtisodiyotni davlat tomonidan rejalashtirish, savdo, moddiy-texnik ta’minot va xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarish tizimi tugatildi. Bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan davlat boshqaruvining yangi institutlari: monopoliyaga qarshi organlar, mustaqil statistika organlari, soliq va bojxo­na qo‘mitalari, korxonalar bankrotligini nazorat qiluvchi organlar tashkil qilindi. Iqtisodiy munosabatlarning yangi tizimiga xos bozor institutlari: bank tizimi, su­gurta, lizing, auditorlik kompaniyalari, tovarlarni bir­ja orqali sotish tizimi shakllandi.
    Shu tarzda, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida qat’iy davlat nazorati mamlakatda aholini ij­timoiy himoya qilish va fuqarolararo hamjihatlikni ta’­minlash, bozor islohotlarini amalga oshirish uchun mustahkam iqtisodiy zamin va qonunchilik bazasini shakllantirish imkonini berdi. Bu davrda boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi barham topdi, VM, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi vakillik va ijro organlari faoliyatining huquqiy asoslari yaratildi.
    Ikkinchi bosqich (2001-2010 yy.) iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi. Davlat boshqaruvi ti­zimini isloh qilishning ushbu bosqichidagi eng muhim vazifalar sifatida boshqaruv tuzilmalarining vazifalarini o‘zgartirish, ularning hokimiyatga oid, tartibga solish va nazorat qilishga oid vakolatlarining to‘xtatilishi va tubdan qisqartirilishi, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashuv va tartibga solishga yo‘l qo‘ymaslik kabi vazifalar belgilandi.
    Islohotlarning mantig‘i va jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirishga intilish davlat funksiyalarining mikro darajada, ya’ni muayyan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati va hududlarni rivojlantirish darajasida qisqartirilishini taqozo etmoqda edi. Boshqacha aytganda, korxonalar va aholi bozor islohotlariga moslashib borgani sayin davlat organlarining ularning qonuniy faoliyatiga aralashuvi tadbirkorlik, ishbilarmonlik, umuman, iqtisodiyot rivojlanishi yo‘lidagi jiddiy to‘siqqa aylanmoqda edi. Ushbu davrda qabul qilingan O‘zR Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi (O‘zbekisgon Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoni // O‘zbekiston Qonun hujjatlari to‘plami. 2003. 23-son. 229-modda) va "Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomil­lashtirish to‘g‘risida"gi Farmonlari O‘zbekistonda ma’muriy islohotlarning mutlaq yangi bosqichini boshlab berish asnosida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi maqomini, ularning asosiy vazifalari va ushbu tashkilotlarning (vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, qo‘mitalar, markazlar va inspeksiyalar) ro‘yxatini meyoriy-huquqiy belgilash asosida ularning funksiyalarini ajratib berdi.
    2003-2004 yillarda o‘tkazilgan ma’muriy islohotlar jarayonida 20 ga yaqin davlat boshqarmasi qayta tashkil qilindi, 40 mingga yaqin boshqaruv xodimlarining shtat birliklari qisqartirildi. Bu, ma’lum ma’noda, korxonalar va tadbirkorlik tuzilmalarini ularning faoliyatiga byurokratik aralashuvlarning turli shakllaridan ximoya qilish imkonini berdi. Iqtisodiyot, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish borasidagi yangi vazifalar, barcha hokimiyat tarmoqlarining mustaqilligini kuchaytirish zaruriyati davlat boshqaruvi organlarini munosib takomillashtirilishini taqozo etar edi.
    Davlat, ijtimoiy-iqtisodiy qurilish, mamlakatda amal­ga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish masalalarini hal qilishda O‘zR hukumatining roli va mustaqilligining kuchaytirilishi 2003 yilda O‘zR Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritilishi (O‘zRning "O‘zRning Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi Qonuni // O‘zR qonun hujjatlari to‘plami. 2003. 9-10-soi. 67-modda) va ular asosida "O‘zR VM to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishiga sabab bo‘ldi.
    Ijro hokimiyatini modernizatsiyalash maqsadida ilgari O‘zR Prezidenti egallagan VM Raisi lavozimi bekor qilindi. 2003 yilda O‘zR Konstitutsiyasidan mamlakat Prezi­denti bir paytning o‘zida VM Raisi hisoblanishini belgilovchi norma chiqarib tashlandi. Qonunchilikdagi o‘zgarishlarga muvofiq, Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash OMning ikki palatasi vakolatiga kiradi. O‘zR Preziden­ti OM palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun O‘zR Bosh vazirining nomzodini tavsiya qiladi.
    OM tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zR Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zR OMni tarqatib yuboradi. 78-moddaga kiritilgan tuzatish OM pa­latalariga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish vakolatlarining berilishini ko‘zda tutadi. Ushbu qoida ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini sezilardi ravishda kengaytiradi.
    Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahqamasi O‘zR Prezidenti bilan kelishilgan xolda OM palatalariga o‘z vakolati davridagi faoliyat dasturini taqdim qiladi; O‘zR ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini va unga kiritiladigan o‘zgarishlarni ishlab chiqadi hamda mam­lakat parlamentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
    Iqtisodiy islohotlar chuqurlashib, iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy bozor usullari shakllantirilayotgan, moddiy xujalik sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi tizimi takomillashib borgani sayin ijro hokimiyati organlarini isloh qilish, jumladan, uning O‘zR VM kabi oliy organlarning vakolatlari mustaqilligini kengaytirish, mas’uliyatini oshirish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratildi.
    Davlat boshqaruvi islohotlarning ushbu bosqichidagi eng muhim natijalarni boshqaruv tuzilmalari funksiyalarining o‘zgarishi, ularning hokimiyatga xos, tartibga soluvchi va nazorat vakolatlarining to‘xtatilishi va tubdan qisqartirilishi, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv va tartibga solishga yo‘l qo‘ymaslik tashkil etadi. Ushbu bosqichda viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari faoliyatining samaradorligini oshirish va tarkibini takomillashtirish, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi amalga oshirildi.
    Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini, shuningdek, huquqiy himoya tizimini takomillashtirish va tadbirkor­lik subyektlarining moliyaviy mas’uliyatini erkinlashtirishga yo‘naltirilgan qator meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
    Adliya organlari bilan hamkorlikda tadbirkorlikni, 2005 yildan boshlab esa prokuratura organlarini huquqiy himoyalash tizimi yaratildi. Ushbu choralar davlat va nazorat organlarining korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini tubdan qisqartirish va tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinlik va huquqlarini jiddiy tarzda kengaytirishga olib keldi.
    Tadbirkorlik va xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat organlari tashkil qilindi, ushbu organlarning tadbirkorlik subyektlarini moddiy-texnik va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash borasidagi faoliyati takomillashtirildi.
    Ushbu davrda, qabul qilingan qarorlarga muvofiq, ijro hokimiyati markaziy organlarining ayrim vakolatlari joylardagi davlat hokimiyati organlari ixtiyoriga o‘tkazildi. Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, bozor usullariga asoslangan, zamonaviy boshqaruv tamo­yillarini hayotga keng joriy qilish choralari amalga oshi­rildi, oila, onalik va bolalikning ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi, ma’lum hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish, shu jumladan, kasanachilikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
    2011 yili O‘zR Konstitutsiyasiga yangi tuzatishlar kiritildi (O‘zRning "O‘zR Konstptusiyasining ayrim moddalariga (78, 80, 93, 96 va 98-moddasiga) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonuni // O‘zR qonun hujjatlari to‘plami. 2011. 16-son. 159-modda) ular davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashgirishga, shu jumladan, ijro hokimiyatini yanada modernizatsiyalashga qaratilgan edi. Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi 93-moddasiga ko‘ra, Prezident vakolatlaridan ijro etuvchi hokimiyat devonini tu­zib va unga rahbarlik qilish huquqi, shuningdek, Bosh prokuror o‘rinbosarlarini lavozimiga tayinlash va bo‘shatish huquqi chiqarildi.
    Tuzatishlarga muvofiq, Prezident endilikda faqat Bosh vazir taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlashi hamda lavozimidan ozod etishi ko‘zda tutildi. Bundan tashqari, davlat rahbari vakolatlariga Hisob palatasi raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish kiritildi.
    Asosiy Qonunning 98-moddasiga ko‘ra, Bosh vazir lavozi­miga nomzod ko‘rsatish va uni tasdiqlashning yangi tartibi o‘rnatiddi. Endilikda Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.
    O‘zR Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zR OM palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi. Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O‘zR OM Qonunchilik pa­latasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
    Ishonchsizlik votumi instituti O‘zbekistonning huquqiy tizimida yangilik bo‘ldi. Bunda, Bosh vazir bilan Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda, Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O‘zR OM Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
    Ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda Prezident Bosh vazirni lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda O‘zR VMning butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
    Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zR Prezidenti tomonidan O‘zR OMning Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng parlament palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
    Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar o‘z ichiga mamlakatni isloh qilish bo‘yicha bosib o‘tilgan yo‘lning kompleks tahlilini qamrab olgan, jamiyat va davlat rivojlanishining maqsadli vazifalari va mo‘ljallarini belgilab beruvchi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»ning mantiqiy davomi bo‘ldi.
    Xususan, Konstitutsiyaning 78-moddasi O‘zR OM Qonunchilik palatasi va Sena­tining parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini Konstitutsiyaviy mustahkamlashga yo‘naltirilgan qoida bilan to‘ldirilgan. Qonunchilik organining ijroiya organlari faoliyati ustidan nazorati ularning qonunlar va parlament qarorlarining amalga oshirilishi bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshiradi, shu orqali faoliyatining sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Ijroiya hokimiyat tomoni­dan qonunlarning kerakli tarzda bajarilishi demokratiyaning mustahkamlanishiga olib keladi, zero xalq irodasiga asoslangan qarorlarnish bajarilishi xalq tomonidan ushbu irodaga muvofiq hokimiyatning yagona manbai sifatidagi roli anglanishiga xizmat qiladi hamda uning davlat siyosatiga ta’sir qilishga intilishini kuchaytiradi.


    2.Sud hokimiyati islohotlari.
    O‘zR Konstitutsiyasining 11-moddasida "O‘zR davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi" belgilab berilgan. Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad O‘zRda shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud orqali ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va erkinliklarini to‘laqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir. Sud hokimiyatiga nisbatan ishonch bilan qarash, buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilishda sud organlaridan tegishli yordamga erisha olishni, sodir etilgan huquqbuzarlik yoki jinoyatlarga nisba­tan qonun doirasida davlat choralarini sud orqali ta’min­lash sud hokimiyatining mohiyatini belgilab beradi. O‘zRda sud hokimiyati sud tizimi orqali amalga oshiriladi. Sud tizimi sud hokimiyatining alohida hokimiyat tarmog‘i sifatida mavjud.
    Mustaqillik tufayli O‘zRda sud hokimiyati mustaqil, turli mafkuralardan holi bo‘lgan, faqat qonunga bo‘ysunadigan tizim sifatida shakllandi. O‘zR Konstitutsiyasining 106-moddasiga muvofiq, "O‘zRda sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi".
    O‘zRning mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator qonunlari va Prezident farmonlari sud hokimiyatini shakllantirishga qaratildi. Jum­ladan, O‘zRning "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonuni, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Xo‘jalik protsessual, Jinoyat, Fuqarolik, Mehnat, Oila, Uy-joy kodekslari, O‘zR Preziden­tining "O‘zR xo‘jalik sudlarining tarkibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi, "O‘zR Harbiy sudini tashkil qilish to‘g‘risida"gi Farmonlari ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Shuningdek, O‘zR Prezidentining "O‘zRning sud tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi, "Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasini tuzish to‘g‘risida"gi, O‘zR VMning "O‘zR sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, "Sud­lar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqdangan "Sud­lar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom"larda ham sud hokimiyatini takomillashtirish maqsadlari qo‘yilgan.
    Sud hokimiyatini shakllantirishning muhim yutug‘i sifatida sud tomonidan Konstitutsiyaviy nazorat qilishning joriy etilganligi alohida e’tiborga loyiq. Ta’kidlash joizki, sudning huquqni qo‘llaydigan subyekt sifatida asosiy vazifasi odil sudlovni amalga oshirish orqali Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta’minlashdir. Davlat mustaqil sud hokimiyatiga ega bo‘lgandagina mustaqil va xolis bo‘lishi mumkin. Konstitutsiyaviy nazorat qilish vazifasining amalga oshirilishi davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlariga, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish orqali ta’sir etishga imkon beradi.
    O‘zR Konstitutsiyasining 107-moddasiga muvofiq, O‘zbekistonda quyidagi uchta kichik tizimni o‘z ichiga olgan sud tizimi tashkil etilib, u o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda:
    1.O‘zR Konstitutsiyaviy sudi.
    2.O‘zR Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, shuningdek, harbiy sudlardan iborat bo‘lgan umumiy yurisdiksiya sudlari. Harbiy sudlar tizimi, o‘z navbatida, O‘zR Oliy sudi Harbiy xay’ati, O‘zR Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlardan iborat.
    3.Xo‘jalik sudlari. Mazkur sudlar O‘zR Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlaridan iborat.
    O‘zR Konstitutsiyaviy sudi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zRning Konstitutsiyasida Konstitutsiyaviy sudni ta’sis etish nazarda tutilgan bo‘lib, 1995 yil 30 avgustda "O‘zRning Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaviy sud ishini yuritish vositasida sud hokimiyatini mustaqil va xolis tarzda amalga oshiruvchi Konstitutsiyaviy nazorat sudlov organi hisoblanadi. U, ayni vaqtda, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaviyligiga oid ishlarni ko‘radi.
    2003 yil avgustda "O‘zRning Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida"gi Qonunga mamlakatda amalga oshirilayotgan parlament islohoti, ikki palatali parlamentga o‘tilishi munosabati bilan qator o‘zgartishlar kiritildi.
    Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish O‘zbekiston uchun mutlaqo yangi huquqiy institut bo‘lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat chiqargan hujjatlarning Konstitutsiyaviyligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish yo‘li bilan O‘zR Konstitutsiyasining ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
    Konstitutsiyaviy darajadagi sud ishlarini yuritish deganda, keng ma’noda, O‘zRning Konstitutsiyaviy sudi bilan boshqa huquq subyektlari o‘rtasidagi, Konstitutsiyaviy sudga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqish va hal etish bilan bog‘liq protsessual harakatlarni hamda shu asnoda yuzaga keladigan Konstitutsiyaviy protses­sual munosabatlarning majmuini Konstitutsiyaviy qonun hujjatlari normalari bilan tartibga solish tushuniladi. Tor ma’noda aytganda esa, O‘zR Konstitutsiyaviy sudining o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
    -ixtisoslashtirilgan organ tuzish;
    -Konstitutsiyaviy sudning qarorlari umum majburiylik xususiyatida bo‘lishi;
    -odil sudlovni amalga oshirishning mustaqil protses­sual shakli;
    -sudyalarning o‘ta yuqori malakali tarkibi.
    O‘zRning Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida tarkib topganiga uncha ko‘p bo‘lgani yo‘q. Konstitutsiyaviy sud, umuman olganda, O‘zbekistondagi ham sud hokimiyatining, ham davlat hokimiyatining muhim bo‘g‘inlaridan biri, uning qarorlari milliy huquq tizimida tobora salmoqli o‘rin egallamoqda. Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning huquqiy asoslari "O‘zRning Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida"gi O‘zR Qonuni bilan belgilan­gan. Bu asoslar Konstitutsiyaviy sudning 2004 yil 30 yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zR Konstitutsiyaviy sudining reglamenti»da mufassal bayon etilgan.
    Reglamentda belgilanganidek, Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning asosiy vazifasi fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya etish maqsadida ishlarni to‘g‘ri va vaqtida ko‘rib chiqishdan iborat.
    O‘zR Konstitutsiyasining 109-moddasi hamda "O‘zRning Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida"gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud:

    • O‘zR qonunlari va O‘zR OM palatalari qarorlarining, O‘zR Prezidenti farmonlarining, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zRning davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zR Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;

    • Qoraqalpog‘iston Resiublikasi Konstitutsiyasi O‘zRning Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari O‘zRning qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;

    • O‘zRning Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;

    • O‘zRning Konstitutsiyasi va konunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi.

    Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga nomuvofiq deb topilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar z’lon qilingan paytdan yuridik kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi. "O‘zRning Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida"gi Qonunga binoan Konstitutsiyaviy sud:

    1. o‘ziga berilgan qonunchilik tashabbusi huquqini OM da amalga oshirish haqidagi;

    2. Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlarini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi;

    3. Konstitutsiyaviy sud Reglament to‘g‘risidagi;

    4. Konstitutsiyaviy sud huzuridagi ilmiy maslahat kengashi haqidagi masalalarni ham ko‘rib chiqadi.

    Konstitutsiyaviy sudning barcha qarorlari, xulosalari va boshqa to‘xtamlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, shu paytdan kuchga kiradi. Konstitutsiyaviy sud qarori uzil-kesil hisoblanib, shikoyat qilinmaydi. Lekin bu Konstitutsiyaviy sudning qarori umuman qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas ekan, degan ma’noni anglatmaydi. Jumladan, "O‘zRning Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida"gi Qonunning 58-moddasida Konstitutsiyaviy sudning qarori, basharti, qaror qabul qilish paytida Konstitutsiyaviy sudga malum bo‘lmagan yangi muhim holatlar ochilib qolgan bo‘lsa yoki ushbu qarorni qabul qilishda asos bo‘lgan Konstitutsiyaviy norma o‘zgargan bo‘lsa, o‘z tashabbusi bilan qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Konstitutsiyaviy sud qarorida sud ishini yuritishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan deb, e’tirof etgan taqdirda ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
    Umumiy yurisdiksiya sudlari. O‘zRda sud tizimini shakllantirishning huquqiy bazasi O‘zR Konstitutsiyasining 107-moddasida kafolatlashdan. Ayni shu Konstitutsiyaviy norma 1993 yil 2 sentabrda O‘zRning "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilinishida asos bo‘lib xizmat qildi.
    Mazkur Qonunga muvofiq, umumiy yurisdiksiya sudla­ri tizimi quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topdi:
    O‘zR Oliy sudi;
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar sudlari va Toshkent shahar sudi;
    tumanlararo, tuman (shahar) sudlari; harbiy sudlar (O‘zR Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar).

    Download 0.52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling