O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv ishlari bo’yicha prorektor ___________ N.X.Raxmonqulova 2021 yil “_____” ___________
- Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar Ta’lim sohasi
- Mashg’ulot turi Ajratilgan soat Semestr
- Tuzuvchilar: X.X.Matyaqubov
- Taqrizchilar: Z.Ilxomov
- L.M.Babaxadjayeva imzo O‘zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi mudiri: 2021 yil “_____” ____ _______________ S.Tillaboyev
- 1-MAVZU. Kirish. “О‘zbekistonning eng yangi tarixi” о‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja
- О‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini о‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Tarixni davrlashtirish.
- Karimov I.A.
- Mirziyoyev Sh.M.
- 1.О‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
- О‘zbekistonnning eng yangi tarixi fani
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI KAFEDRASI
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN O’QUV-USLUBIY MAJMUA
TOSHKENT – 2021 Mazkur o’quv-uslubiy majmua Nizomiy nomidagi TDPU o’quv-uslubiy kengashining 2021-yil ____ avgustdagi 1-sonli qarori bilan tavsiya etilgan.
Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti dekani: 2021 yil “_____” ______ _________________ L.M.Babaxadjayeva imzo O‘zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi mudiri: 2021 yil “_____” ____ _______________ S.Tillaboyev imzo O’quv-uslubiy majmua O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasining 2021-yil “___” “____”dagi majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan ( ____ sonli bayonnoma). 1-MAVZU. Kirish. “О‘zbekistonning eng yangi tarixi” о‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja: О‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. О‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini о‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Tarixni davrlashtirish. О‘zbekistonning eng yangi tarixini о‘qitish va о‘rganish tizimining tashkil etilishi. Adabiyotlar Karimov I.A. Tarixiy xotirisiz kelajak y o’q. -T.: “Sharq”, 1998. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -T.: “Ma’naviyat”, 2008. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: “O‘zbekiston”, 2011. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsensiyasi. 19-j. -T.: “О‘zbekiston”. 2011. B-39 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.: “O‘zbekiston”, 2016. - 56 b. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: “O‘zbekiston”, 2017. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Asarlar 1-jild. -T.: “O‘zbekiston”. 2018. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. -T.: “O‘zbekiston”. 2018. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. Asarlar 3-jild. -T.: “O‘zbekiston”. 2019. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -T.: “O’zbekiston”. 2020. 1.О‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Tarix – aslida arabcha sо‘z bо‘lib, “о‘tmish”, “о‘tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish”ni anglatadi. U odamzodning eng qadimgi davridan bugungi kungacha kechgan hayotini, о‘tmishdagi tarixiy jarayonlarni, turmush tarzini, avloddan-avlodga meros sifatida rivojlanib, boyib borayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, о‘z xalqiga bosh bо‘lib, ularga yetakchilik qilgan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solib о‘rganuvchi va tasvirlovchi fandir. Inson о‘z tarixini о‘rganish, bilish orqali kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyotining bosqichlari jarayonlarini, insonlarning inqirozli holatga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yо‘lidagi tajribalarini tushunib oladi, о‘tmish saboqlaridan xulosa chiqaradi va kelajakda tо‘g‘ri yо‘ldan borish lozimligini anglab yetadi. Shu jihatdan, tarix fani tarixiy jarayonlarning qonuniyatlari va an’analarini tushunib yetishga, hozirgi zamonni tо‘g‘ri anglashga, kelajakni asosli ravishda kо‘ra bilishga kо‘maklashuvchi ilm manbaidir. Har bir mamlakat, har bir xalq о‘zining uzoq va betakror tarixiga ega. О‘zbekistonning, о‘zbek xalqining tarixi boy va sermazmun. О‘zbekiston jahon tarixining turli xalqlar, tamaddunlar tutashgan eng qaynoq chorrahalaridan biri sifatida butun insoniyat tarixining shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir etib bordi. Shu bilan birga, ajdodlarimiz hayotida boshqa xalqlar sivilizatsiyasining ham ta’siri bо‘ldi. Xalqimizning davlatchilik tajribasi ham boy va qadimiy. О‘zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari bundan salkam 3000 yil muqaddam (mil.avv. 1 ming yillik boshlarida) paydo bо‘lib, о‘tgan ming yilliklar davomida takomillashib, dunyo davlatchiligi rivojiga munosib hissa qо‘shib keldi. Bugungi mustaqil О‘zbekiston davlati xalqimizning ming yillik davlatchiligining tarixiy vorisi – davomchisidir. О‘zbekistonnning eng yangi tarixi fani anashu mustaqil О‘zbekiston davlatining zarvorli tarixini о‘rganuvchi fandir. Mamlakatimizning 1991 yildan keyingi mustaqillik davri xalqimiz qadimiy tarixining uzviy va tadrijiy qismi hisoblanadi. Chunki aynan shu tarixiy sanadan о‘zbek xalqining davlatchilik tarixi yangi bir bosqichga kirdi. О‘zbekistonning eng yangi tarixi deb ataladigan mazkur davr Vatanimiz tarixiga tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy о‘zgarishlar, asriy orzularimizning rо‘yobi, buyuk kelajak va farovonlik jamiyatini qurish davri bо‘lib kirdi. Hayotimiz va tafakkurimizda rо‘y berayotgan о‘zgarishlarni tahlil qilish, erishilgan yutuqlar va muammolarimizdan tо‘g‘ri xulosa chiqarish tarixiy zaruratga aylandi. “О‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmetini mustabid sovet tuzumining inqirozi boshlangan XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab to bugungi kunga qadar О‘zbekistonda kechgan tarixiy jarayonlar tashkil etadi. О‘zbekistonning istiqlolga erishish arafasidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holati, mustaqillikni qо‘lga kiritish jarayonlari, О‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlari, istiqlol yillarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi о‘zgarishlar, О‘zbekistonning xalqaro maydondagi о‘rni va mavqei, tashqi siyosatda, ayniqsa, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda olib borgan siyosati, О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari asosida qо‘lga kiritilayotgan yutuqlar, respublikada millatlararo va umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga yaratilayotgan imkoniyatlar mazkur fanning о‘rganish va tahlil qilish obyekti hisoblanadi. Milliy istiqlol о‘zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yо‘lda minglab Vatan fidoyilari aziz jonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qо‘lga kiritilishi katta yutuq, uning qadriga yetish, mustahkamlash, asrab avaylash mushkul va mas’uliyatli vazifa. Har qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi davlat chegaralarining daxlsizligi, о‘sha mamlakat fuqarolarining о‘z yurtiga mehr-muhabbat bilan tarbiya topgani, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bо‘lsa jonini fido qilishga ham tayyor bо‘lishdek oliyjanob fazilatlarga ega bо‘lishlariga bog‘liq. Bu fazilatlarni xalq, yurt kelajagi – yoshlar ongida shakllantirish ushbu fanning vazifasi hisoblanadi. Shu jihatdan “О‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani quyidagi vazifalarni bajaradi: – Ajdodlar hayoti bilan bog‘liq holda sodir bо‘lgan voqealar rivojining mazmun-mohiyatini, sabab va oqibatlarini, asrlar davomida tо‘plangan amaliy tajriba va saboqlardan xulosa chiqarish; – xalqimizning mustaqil taraqqiyot yо‘liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy, demokratik davlatchilik qurilishi, demokratik-fuqarolik jamiyatini shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotiga о‘tish, jahon hamjamiyatiga qо‘shilish va о‘z о‘rnini topish borasidagi faoliyatini xolisona yoritish. “О‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani xalqimiz uchun ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir. Bu fan barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog‘liq holda о‘rganiladi. Insoniyat hayotining ma’no-mazmuni va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqida fikr yuritganda, falsafa, davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida politologiya, iqtisodiy hayotni yoritishda iqtisodiyot nazariyasi, xalqning turmush tarzi, tili va milliy mentalitetini tasvirlashda etnografiya, о‘zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar eng yangi tarix falsafasini chuqur anglab yetishga kо‘maklashadi. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida “О‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini о‘qitish zamirida mamlakatning intellektual va ma’naviy boyligi bо‘lgan yoshlar salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi omili yotadi. Globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini kо‘paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma’naviy darajasi esa insonlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, о‘zligini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yо‘lida foydalanish imkonini beradi. Mazkur fanning о‘qitilishi jarayonida talaba fan bо‘yicha mustaqillikka erishish arafasida О‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi о‘zgarishlarni, О‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda О‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi о‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilib oladi; О‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini о‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qо‘llay bilish, atrofida sodir bо‘layotgan jarayonlarga о‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining о‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bо‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish kо‘nikmalariga ega bо‘ladi. Shuningdek, О‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bо‘yicha о‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bо‘ladi. Bu о‘z navbatida, yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirib, komil inson bо‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy vazifa О‘zbekiston tarixi fanining mantiqiy davomi bо‘lgan “О‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani bо‘yicha yosh avlodni millatning dardiga darmon bо‘ladigan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan komil, о‘z ona yurti bilan g‘ururlanadigan inson qilib tarbiyalashdan iborat. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling