O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


-MAVZU. О‘ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA ERISHISHI ARAFASIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VA IQTISODIY AHVOLI


Download 0.52 Mb.
bet4/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

2-MAVZU. О‘ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA ERISHISHI ARAFASIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VA IQTISODIY AHVOLI.


Reja.

  1. «Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo’lishi.

  2. Mustaqillik arafasida О‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.

  3. Farg‘ona, Bо‘ka, Parkent va Namangan voqealari.

  4. О‘zbekistonda “Paxta ishi” va uning oqibatlari.

Adabiyotlar.

  1. Karimov I.A. О‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, maf­kura. 1-j. -T.: “О‘zbekiston”. 1996.

  2. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotiniig mezonidir. -T.: “О‘zbekiston”. 2001. 15 b.

  3. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz о‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qatiy irodamizga bog‘liq. 12-j. -T.: “О‘zbekiston”. 2004.

  4. Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida. -T.: “О‘zbekiston”. 2011.

  5. Гафарли М.С., Касаев А.И. Ривожланшининг ўзбек модели: тинчлик ва барқарорлик - тараққиёт асоси. -Т.: “Ўзбекистон”. 2001.

  6. Жўраев Н. Агар огоҳсен. Портретга чизгилар. Сиёсий эссе. -Т.: “Ёзувчи”. 1998.

  7. Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. -Т.: 2001.

  8. Мустақил Ўзбекистон тарихининг дастлабки саҳифалари (даврий тўплам) №3. ЎзФА Тарих институти. -Т.: “Шарқ”. 2000. 224 б.

  9. Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари // Масъул муҳаррир Д.А. Алимова. -Т.: “Шарқ”. 2001.

  10. Тарихий хотира ва мустақиллик. -Т.: “Fan va texnologiya”. 2016. 80 б.



1. «Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo’lishi.


XX asrning 70-80-yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati tobora pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.
Ekstensiv iqtisodiyot tobora ko’p qo’shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo’lida depsinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo’lsa-da, xo’jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko’pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan chetda, orqada qolib ketdi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to’planib qolayotgan edi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo’lidagi urinishlarni yo’qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag‘ ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorga ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo’rlik kabi yaramas illatlar jamiyatni kemirmoqda edi. Buyruqbozlik boshqaruv usuli, sansalorlik, qog‘ozbozlik, majlisbozlik iqtisodiyotning o’z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, beparvo edilar. Huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi. Xo’jalikni boshqarishda 200 mingtacha turli buyruqlar, qonunsimon hujjatlar hukmron bo’lib, ular xo’jalik xodimlarining har bir qadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo’g‘ar edi. Oddiy korxonadan tortib tumangacha, viloyatdan respublikagacha, respublikadan Markazgacha haqiqiy ahvolni boyab ko’rsatish, barcha darajadagi rahbarlarni maqtash, ular nomiga hamd-u sanolar o’qish rasm bo’lib qolgan edi. Oqibatda dunyoda eng kuchli ikki davlatdan biri, deb hisoblanib kelingan SSSRda inqirozli vaziyat shakllanib yetilgandi.
KPSS Markaziy Qo’mitasining 1985-yil aprelida bo’lgan plenumi noxush tendensiyalar yig‘ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof etdi. Mazkur plenum jamiyatni “qayta qurish” orqali iqtisodiyotni ko’tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985-1986-yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o’zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to’la idrok etilmagan edi.
1987-yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo’jalik mexanizmini isloh qilish yo’lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy sistemaga urilib barbod bo’ldi.
80-yillarning oxirlarida siyosiy sistemani isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo’jalik organlarini Kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to’la hokimiyatini ta’minlashga urinish bo’ldi. Ammo bu say-harakatlar ham behuda ketdi.
“Qayta qurish” siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar roy berdi. Markaz “qayta qurish”ning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta oylab ko’rilmagan sinov va eksperimentlarga asoslangan edi. Mamlakat sinovlar va xatolar bilan siljib bordi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq xo’jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o’zida rivojlantirishdan iborat noto’g‘ri yo’l tutildi. “Bu hol, - deb yozadi I. Karimov, - pirovard natijada, cheklangan mablag‘larning parokanda bo’lib ketishiga, moliya va ta’minot tizimining batamom izdan chiqishiga olib keldi, inqirozni chuqurlashtirdi”.
Sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqirozdan chiqarish uchun ma’muriy-buyruqbozhk tizimini, hamma resurslarni markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo’lidan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o’tish kerakligini o’z vaqtida payqamadi, buni juda kech tushundi. 1990-yilga kelganda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarariyati anglandi, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroq vaqt boy berilgan edi. Iqtisodiyot batamom barbod bo’lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan, boshqaruv mexanizmi falaj bo’lib qolgan edi. SSSR ich-ichidan zil ketib, tanazzulga, parokandalikka yuz tutgan edi.
O’zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo’lini katta umid bilan kutib oldilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo’ldi. O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko’plab kadrlar yuborildi. “Kadrlar to’dasi” deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O’zbekistonni o’z bilganlaricha boshqara boshladilar. O’zbekiston Kompartiyasi va Respublika Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimda o’tirgan mahalliy kadrlar ularning qo’lida qo’g‘irchoq bo’lib qoldilar.
O’zbekiston Kompartiyasi MQda Moskva vakillari Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. O’sha yillarda tez-tez bo’lib turadigan plenumlar va yig‘ilishlar O’zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan “kadrlar to’dasi”ning boshliqlari – Anishchev, Ogaryok, Satin va ularning hamtovoqlari nazorati ostiga olingan edi.
XX asrning 80-yillari oxirida jamiyatda hukmron doiralardan norozilik kuchayib bordi, xalq nazarida obrо‘sizlanib bо‘lgan boshqaruv tuzilmalarini, eng avvalo, butun shо‘ro siyosiy tizimining yadrosi bо‘lgan kommunistik partiyani yangilash ehtiyoji sezilmoqda edi. О‘sha davrdagi vaziyatga Islom Karimov shunday baho beradi: “Ijtimoiy-siyosiy sohada rо‘y berayotgan jarayonlar hammani tashvishga solmoqda. Qayta qurish tufayli yuzaga kelgan demok­ratiya va oshkoralik anarxiya va safsatabozlikdan yetarlicha himoya qilingan emas ... Intizom va tartib kо‘ngildagidek emas, jinoyatchilik kо‘paymoqda, odamlarning shaxsiy xavfsizligi, huquqlari va qadr-qimmati kafolatlari buzilmoqda” (Karimov I.A О‘zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida. -T.: “О‘zbekiston”. 2011. 163 b.).
Ana shunday sharoitda yuqori xо‘jalik vazifalarida ishlab kelgan Islom Karimovning, siyosiy ekspertlar ta’biri bilan aytganda, “sog‘lom texnokratizmi va pragmatizmi” uni о‘sha vaqtda qabul qilingan kо‘pgina taomillarni chetlab, partiya piramidasining chо‘qqisiga kо‘tardi.
1989 yil 23 iyunda Islom Karimov Qashqadaryodan Toshkentga О‘zbekiston Kompartiyasi Markazqо‘mining birin­chi kotibi sifatida qaytib keladi. Qariyb uch yil davomida Islom Karimov mazkur viloyatda obrо‘-e’tibor va ishonch qozongan. Respublikaning о‘sha vaqtdagi partiya rahbariyati nо‘noq siyosat yuritgani tufayli О‘zbekiston fuqarolar urushi yoqasiga kelib qolgan edi. Islom Karimov qisqa muddat ichida respublikadagi portlash xavfi bо‘lgan vaziyatni о‘nglashi, yuzaga kelayotgan falokatdan u saqlab qolishi kerak edi.
I.Karimov о‘z intervyularidan birida О‘zbekiston rahbari etib tayinlanishini quyidagicha hikoya qiladi: “Men qanday qilib О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qо‘mitasining birinchi kotibi bо‘lganman? 1989 yil iyun oyi edi. Dahshatli kunlar edi. Qirg‘inlar, yong‘inlar, Farg‘ona, Qо‘qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bо‘ka. Gо‘yo portlash yuz berib, bug‘ qozonining qopqog‘ini uloqtirib tashlaganga о‘xshaydi. Xо‘rlik yillarida tо‘planib qolgan alam tо‘lqinlari butun respublikani qamrab oldi. Boshliqlar vaziyatni boshqara olmay qoldi.
Mana shu beboshliklarning hammasiga barham bera ola­digan, respublikani jar yoqasidan qaytara oladigan odamni qidirishmoqda edi. Izlanishlar natijasida mening nomzodimga tо‘xtalindi. Albatga, zimmamga naqadar katta mas’uliyat olayotganimni tushunar edim. Mening karyeram emas, balki hayotimning о‘zi garovga qо‘yilayotganini tushunar edim. Shunchaki chiroyli gap deb о‘ylamang-u, ammo xalq meni tushunishiga va qо‘llab-quvvatlashiga ishonardim. Ana shu narsa menga kuch berdi” (Gafarli M.S., Kasayev A. I. Rivojlanshining о‘zbek modeli: tinchlik va barqarorlik - taraqqiyot asosi. -T.: О‘zbekiston, 2001. 12 b.).



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling