O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


yilning avgust-sentabr oylarida


Download 0.52 Mb.
bet7/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

1990 yilning avgust-sentabr oylarida Toshkent viloyatining Bо‘ka tumanida janjal-tо‘polonlar bо‘lib о‘tadi. Is­lom Karimov ushbu tumanga kelganida ayanchli manzaraning guvohi bо‘ladi yо‘l yoqasida mashinalar yonar, junbushga kelgan yoshlar tо‘polon qilishar edi. Yangi rahbar ularning yoniga borib, о‘zini tanishtiradi. Otga minib, xaloyiq orasiga kiradi. Ularga murojaat qilib: “Nima talablaring bо‘lsa, menga aytinglar, hammasiga e’tibor bilan qarab, hal qilib berishga harakat qilaman”, deydi. Markaz haqida о‘zining dangal fikrini aytadi. Yangi rahbardan bunday javobni sira kutmagan xaloyiq bо‘shashib qoladi.
1990 yil 3-5 dekabr kunlari Namangan shahrida ichki qо‘shinlar harbiy xizmatchilari bilan mahalliy yoshlar о‘rtasida kelib chiqqan janjal natijasida 5 nafar harbiy xizmatchi va 3 nafar mahalliy millatga mansub fuqaro halok bо‘ldi.
Islom Karimov respublika rahbari sifatida Farg‘ona, Namangan, Bо‘ka voqealarining sabab va oqibatlari haqidagi ma’lumotlar bilan о‘z kabinetida о‘tirib ham tanishishi, kerakli qarorlar qabul qilishi mumkin edi. Ammo о‘sha paytdagi aksariyat partiya arboblariga xos bо‘lgan bun­day xonashinlik, ya’ni kabinetdan chiqmay ish yuritish prinsipi Islom Karimov uchun mutlaqo begona edi. U hayotning qaynoq nafasini bevosiga his qilish, yaxshi-yomon kunlarda xalq bilan birga bо‘lish, el-yurtning dardu quvonchiga doimo sherik bо‘lishni о‘zining hayotiy maslagi, oliy insoniy burchi deb bildi. Islom Kari­mov islohotlar g‘oyasi “sokin kabinetlarda” yaratilmasligini о‘z faoliyatining bosh mezoniga aylantirgan davlat rahbari ekanligini hayotning о‘zi tasdiqladi.


4.О‘zbekistonda “Paxta ishi” va uning oqibatlarini bartaraf etilishi.

О‘tgan asrning 80-yillari boshlariga kelganda sovet rejimi siyosiy tizimi va xо‘jalik yuritish usullarining rivojlanish imkoniyatlari kamayib bordi.


О‘zbekistonda sovet rejimi tomonidan amalga oshirilgan kompaniyalarning eng oxirgisi “Paxta ishi” sifatida tarixga kirdi. “Paxta ishi” (“O’zbek ishi”) mustabid sovet hokimiyati tomonidan 1983-1990-yillarda o’zbek xalqiga qarshi uyushtirilgan navbatdagi qatag’on siyosati bo’lgan edi.
Sovet Ittifoqining yangi rahbari Y.V.Andropov tashabbusi bilan 1983 yil fevral oyida KPSS MK Siyosiy byurosi О‘zbekistonda paxtachilik sohasidagi kо‘zbо‘yamachilik bо‘yicha tekshirishlar о‘tkazish tо‘g‘risida qaror qabul qilib, bu vazifani bajarish uchun SSSR prokuraturasida maxsus tergov komissiyasi tuzishni topshirdi. 1983 yil aprelda T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida ana shunday maxsus tergov guruhi tuzildi. Gdlyan-N.V.Ivanov guruhi 1983 yil avgustida ish boshladi. Ular keyinchalik Markazdan respublikamizga kelgan “desantchilar” (“kadrlar tо‘dasi”): partiya, sovet va xо‘jalik rahbarlariga tayanib, О‘zbekistonda keng miqyosli sud-tergovni amalga oshirishga kirishdilar.
Ulkan mamlakatni qamrab olgan inqiroziy holatlarni sovet rejimi mavjud tizim negizida emas, balki yuzaga kelgan salbiy illatlarda deb hisoblagan Markaz bu davrda О‘zbekistonni tajriba-sinov maydoni sifatida tanlab oldi. Respublikada “tozalash ishlari”ni olib borishdan kо‘zlangan maqsadni faqat iqtisodiy jinoyatchilikni fosh etish emas, balki mamlakat hayotidagi umumiy salbiy xolatlarni tо‘xtatish, “temir partiyaviy intizom” bilan milliy kadrlarni jilovlab, erkin fikrlaydigan ziyolilar va boshqa mutaxassis kadrlarni jilovlash, ittifoqdosh respublikalarda yuzaga kelayotgan milliy ijtimoiy-siyosiy unsurlarni bо‘g‘ib tashlash, milliy ong va kishilarning faoliyatini ham mahkam ushlab turishdan iborat edi.
Hisob-kitoblarga kо‘ra, SSSR miqyosida xom ashyo yetkazish sohasida qо‘shib yozish 2-25 % atrofida bо‘lgan. Bu xolat О‘zbekistonga nisbatan boshqa respublikalarda avvaldan mavjud bо‘lib, kо‘lami ham ancha katta bо‘lgan. Biroq Markazning yangi rahbariyati tomonidan 1983 yili О‘zbekiston SSRda qatag‘onning yangi bosqichi boshlanib, gо‘yoki Sovet Ittifoqidagi barcha jinoyatlar faqat О‘zbekistonda sodir qilindi, uni faqat о‘zbeklar amalga oshirdi, degan fikr jamoatchilik ongiga singdirish maqsad qilindi.
О‘zbekistonda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayonlardagi qо‘shib yozish, о‘g‘irlik, poraxо‘rlik aybi bilan respublikadagi jamoa xо‘jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60 %, qishloq xо‘jaligi yetakchi mutaxassislarining 45 %, paxtachilik brigada boshliqlarining 35 %, shuningdek О‘zbekiston paxta tozalash sanoati vazirligi tizimidagi kо‘plab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xо‘jalik rahbarlari о‘z vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qо‘zg‘atildi. Ayrim rahbarlar qamoqqa tushmaslik uchun о‘z jonlariga qasd qilishdi.
1983-1986 yillarda sovet jamoatchiligi Gdlyan rahbarligidagi gurux faoliyatidan butunlay bexabar edi. Tergov guruhini ishi jamoatchilikdan sir tutildi. Ammo 1987 yildan boshlab OAV guruh ishini keng kо‘lamda va ayni vaqtda bir xil ijobiy yorita boshladi. Gdlyan-Ivanovlarning nomlari, ayniqsa, 1988 yildan butun SSSRda va chet ellarda mashxur bо‘lib ketdi.
Gdlyan gruppasining g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari tо‘g‘risida birinchi shikoyat Moskvaga 1983 yildayoq yuborilgan edi. 1987 yildan bu shikoyatlar tobora kо‘payib boraverdi. 1989 yil 25 aprelda “Xint ishi” bо‘yicha Gdlyan faoliyati keskin tanqid ostiga olinganidan sо‘ng shikoyatlar avj oldi. 1989 yil may oyida KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Partiya kontrol komiteti va SSSR Oliy Soveti Prezidiumi maxsus komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya qisqa muddatda xulosalar chiqarib, Gdlyan va Ivanov sotsialistik qonunchilikni qо‘pol tarzda buzdilar, deb sо‘zsiz tasdiqladilar. 1989 yil 25 mayda SSSR Xalq deputatlari birinchi sezdi ochilgan kuni Gdlyan boshliq tergov guruhi yuzasidan jinoiy ish qо‘zg‘atildi. Ammo Gdlan bilan Ivanovlar SSSR xalq deputati ekanliklari (dahlsizlik maqomi)dan foydalanib, ozodlikda qolishdi.
Maxsus komissiya 1989 yilning iyun oyidan dekabr oyiga qadar jamoatchilik fikrini eshtib va sud-tergov xujjatlarini о‘rgandi.
1989 yilning 12-24 dekabrda bо‘lib о‘tgan SSSR Xalq deputatlarining 2-sezdida 23 dekabr kuni “SSSR prokuraturasining T.X.Gdlyan boshchilik qilgan tergov gruppasi faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan metariallarni tekshiruvchi komissiya axboroti” tinglandi. Xisobotda tergov gruppasining jinoyatda ayblangan kishilarning oila a’zolarini, qarindoshlarini, jumladan, betoblarni, keksa yoshdagi kishilarni, kо‘p bolala onalarni qamab qо‘yish amaliyoti keng qо‘llanilganligi ochiq aytildi. Sudlanganlardan, ayblanuvchilardan va ularning qarindoshlaridan tushgan shikoyatlarda tergovchilarning g‘ayriqonuniy harakatlari, “otib tashlayman”, deb dag‘dag‘a qilishgani va boshqa yо‘sundagi qо‘rqitishlari, grajdanlarning haqoratlanishi, ularning sha’ni va qadr-qimmati yerga urilgani, jismoniy kuch ishlatilgani о‘z tasdiqini topganligi e’tirof etildi.
Gdlan-Ivanovlar 1990 yil 19 aprelda SSSR prokuraturasidagi о‘z vazifasidan chetlashtirildi. Biroq SSSR prokuraturasining mas’ul xodimi 2-darajali adliya maslahatchisi V.Ilyuxin rahbarligidagi Gdlyan-Ivanov guruhiga qarshi qо‘zg‘atilgan ish ham tо‘xtatib qо‘yildi. Chunki V.Ilyuxin xujjatlarni puxta о‘rganib, nafaqat bu ikki tegovchiga qarshi, balki SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevga qarshi ham ish qо‘zg‘atib, uni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini qо‘ygan edi.
Islom Karimov respublika rahbarligiga kelgach, 1989 yil sentabrda “paxta ishi”ni chuqur о‘rganish bо‘yicha О‘zbekistonda maxsus taftish komissiyasi tuzildi. Qamoqqa olingan kishilarning ming jilddan ortiq “ish”lari qayta kо‘rila boshlandi. Komissiya faoliyatiga Ministrlar kabineti raisining birinchi о‘rinbosari I.H.Jо‘rabekov raislik qildi. О‘zSSR Oliy sudi raisi vazifasini bajaruvchi A.A.Polvonzoda unga о‘rinbosar bо‘ldi. Komissiya tomonidan “paxta ishi”da nohaq jabrlangan minglab kishilar avf etildi va oqlandi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling