O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi
-MAVZU. KADRLAR TAYYORLASH VA TA’LIM SOHASINI ISLOH QILISH
Download 0.52 Mb.
|
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
- Karimov I.A.
- Karimov I.A.
- Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatamizni
- Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni
- “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti”
- Karimov I.A. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni
- “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”
- Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: O‘zbekiston, 1997. B. 5-6.
9-MAVZU. KADRLAR TAYYORLASH VA TA’LIM SOHASINI ISLOH QILISH.
Reja: 1.O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati. 2.O‘zbekistonda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuvi. 3.Tashabbuskor yoshlar – Yangi O’zbekiston kelajagi. Adabiyotlar. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O’zbekiston”. 2019. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: “O‘zbekiston”. 1997. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirpsh yo‘lida. 16-j. -T.: “O‘zbekiston”. 2008. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -T.: “Ma’naviyat”. 2008. Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatamizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko‘tarilish sari. 18-j. -T.: “O‘zbekiston”. 2010. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-j. -T.: “O‘zbekiston”. 2012. Karimov I.A. Bizning yo‘limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir. 20-j. -T.: “O‘zbekiston”. 2012. Karimov I.A. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida. 21-j. -T.: “O‘zbekiston”. 2013. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy 1.O‘zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati. O‘zbekiston demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashni o‘zining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning uzoqni ko‘rib ilgari surgan va amaliyotga tatbiq etilgan konseptual g‘oyalari, aniq taklif va tashabbuslari mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini ta’minladi. “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz” deb ta’kidlagan edi I.A.Karimov (Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatamizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko‘tarilish sari. 18-j. -T.: O‘zbekiston, 2010. B. 185.). Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining ijtimoiy-demografik holatiga nazar tashlansa, unda yoshlar asosiy ijtimoiy-siyosiy kuch ekanligini ko‘rish mumkin. Chunki mamlakatda yoshlarning aholi tarkibidagi salmog‘i 64 foizni tashkil qiladi (Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirpsh yo‘lida. 16-j. -T.: O‘zbekiston, 2008. B. 163.). Zero, har yili 600 mingdan ziyod butunlay yangicha shart-sharoit va muhitda kamol topgan yosh avlod vakillari katta hayotga yo‘llanma olayotganining o‘zi O‘zbekiston yoshlar davlati ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Yoshlarning bilim olishi, ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ushbu jarayonlar, ya’ni O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, yuksak bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli, bu borada to‘plangan tajriba bilan xalqaro hamjamiyatni keng tanishtirish maqsadida 2012 yilning 16-17 fevral kunlari “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda qariyb 1000 nafar ishtirokchi, jumladan, dunyoning 48 davlati, 8 xalqaro tashkilot va ta’lim jamg‘armalaridan 270 nafar vakil ishtirok etdi. Xalqaro konferensiya ochilish marosimida I.A. Karimov nutq so‘zlab, O‘zbekistonda ta’lim sohasini islox qilish, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash bo‘yicha 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyatini qisqacha bayon etib, “Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi bo‘la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlashi mumkin” degan edi. (Karimov I.A. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida. 21-j. -T.: O‘zbekiston. 2013. B. 23). O‘zRda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish va rivojlantirish masalasiga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, yoshlarga oid qonun, qaror va davlat dasturlari qabul qilindi hamda izchillik bilan hayotga tatbiq etildi. Bu siyosatning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O‘z.Rning 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab qo‘yilgan. Ushbu huquqiy hujjat bosh islohotchi bo‘lgan davlatning yoshlar masalasiga doir asosiy strategik yo‘nalishlarini izchil va tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirishga imkoniyat yaratib berdi. Ushbu Qonunga ko‘ra, yoshlar masalasi O‘zR davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning bilim olishi, ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi, ijtimoiy-siyosiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidorining to‘liq ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat. Mazkur qonun asosida yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirilar ekan, 1991-1993 yillarda yoshlar ijtimoiy kafolatini ta’minlash va ular iste’dodini kamol toptirish maqsadida 14 ta farmon qabul qilindi. Ularda yoshlarning moddiy ahvolini yaxshilashdan tortib, iste’dodini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishgacha bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish belgilab berildi. O‘zR mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat yoshlarini birlashtirish uchun “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tuzilgan edi. U o‘zini oqlamagach, 1996 yilning 17 aprelida O‘zR yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi to‘g‘risidagi Prezident Farmoni asosida yangi yoshlar tashkiloti tuzildi. 2001 yil 25 aprel kuni mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ayniqsa, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatda munosib o‘rin egallashlari va duch kelgan muammolarni hal etishga ko‘maklashishda alohida o‘ringa ega bo‘lgan, yoshlar tashkiloti O‘zR “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Ta’sis qurultoyda harakatning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Harakat Nizomiga asosan, boshlang‘ich tashkilotlar yoshlarning o‘qish, ish va xizmat joylarida tashkil etiladi. Respublika yoshlarini birlashtirib, keng qamrovli faoliyat olib borgan ushbu yoshlar tashkiloti barkamol avlodni tarbiyalashda ulkan ishlarni amalga oshirdi. Harakat tarkibida uning homiyligi asosida ishlaydigan, “Kamalak” bolalar tashkiloti 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarni birlashtirgan bo‘lib, 4,2 mln.dan ortiq bolalar tashkilotga a’zo bo‘lib kirgan. “Kamalak” bolalar tashkiloti o‘z faoliyatini “Oltin meros”, “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Umid”, “Sog‘lom avlod”, “Vatanparvar”, “Mehr-shafqat” kabi yo‘nalishlarda tashkil etildi. Bu Harakat respublika miqyosidagi yirik yoshlar tashkiloti sifatida shakllanib, o‘z atrofida 5,5 million, ya’ni mamlakatimizdagi 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlarning 56 foizini ixtiyoriy ravishda 15 600 dan ortiq ta’lim muassasalari va mehnat jamoalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari orqali birlashtirib, respublikamizdagi eng yirik nodavlat notijorat tashkilotlaridan biriga aylandi. Mustaqillik yillarida yoshlar kamolotini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli davlat siyosati tufayli O‘zbekistonda barkamol avlod shakllanishi masalasiga asosiy e’tibor qaratildi. Ta’lim va tarbiya inson kamoloti va ma’naviyatini shakllantirishning eng asosiy sharti hamda garovi, shu bilan birga, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy, madaniy hayotining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Yosh avlodni ijodkorlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish taraqqiyotimizning muhim omili ekani "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”da ham alohida ta’kidlab o‘tilgan. Ayniqsa, dasturda yosh avlodni ijodkor etib tarbiyalash hamda ularni ijod qilishga bo‘lgan moyilliklarini o‘stirishga katta e’tibor berilgan. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, "Bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis-kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz" (Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: O‘zbekiston, 1997. B. 5-6.) Ushbu fikrlar ilm-fan, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va texnologik faoliyat sohalarida yosh kadrlar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy ijodiyotni, uning qonuniyatlari va mexanizmini o‘rganish zamon talabi ekanligini bugun hayotning o‘zi tasdiqlab turibdi. Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va taraqqiyot darajamiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada keng rivojlantirish iqtisodiyotimizni taraqqiy ettirishdagi muhim omil ekanligini ko‘rsatdi. Bugungi kundagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlashdan iborat. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur sohani rivojlantirish qulay tadbirkorlik muhitini yaratish bilan chambarchas bog‘liq. Iste’dodli va iqtidorli yoshlarni moddiy rag‘batlantirish va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish salohiyatli yoshlarning kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‘lida sobitqadamlik bilan faoliyat yuritishlarini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Shu maqsadda mamlakatimizda yoshlarni moddiy rag‘batlantirish va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi shakllandi. Iste’dodli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus jamg‘armalar tashkil etildi. Yoshlarni rag‘batlantirish maksadida oliy o‘quv yurtlarida bakalavr, magistr va yosh tadqiqotchilar uchun davlat stipendiyalarining turli shakllari joriy etilgan. Ularning eng yuqori darajadagisi O‘zR Prezidenti stipendiyasidir. Ushbu stipendiya 11 yo‘nalish bo‘yicha bakalavr va magistrlarga hamda 5 yo‘nalish bo‘yicha yosh ilmiy xodimlarga beriladi. Bakalavrlar uchun muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Beruniy, Al-Buxoriy, Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyalari ham mavjud. Mustaqillik yillarida mamlakatda yosh oilalar manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. 2007 yil 18 mayda qabul qilingan "Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmon yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishga yo‘naltirilgan ezgu ishlarning mantiqiy davomidir.Farmon asosida "Yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"ga hukumat qarori qabul qilindi. O‘zbekistonda shu yili 2 ming 400 ta kvartira foydalanishga topshirilgan, ana shu uylarni sotib olishda qulay imkoniyat yaratish uchun minglab yosh oilalarga 15 yil muddatga mo‘ljallangan Yoshlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, rag‘batlantirib borilishi, umuman, iste’dodli yoshlarga berilayotgan e’tibor ularning hayotga qiziqishlarini kuchaytiradi, ijodiy va ilmiy faoliyatga, tadbirkorlikka jalb etilganlar safini yanada kengaytirish imkonini beradi. Bu esa respublikamizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining eng yaxshi samaralaridan biridir. Mustaqil O‘zbekistondagi ijtimoiy o‘zgarishlar yosh avlodning jamiyatdagi o‘rni masalasiga yangicha yondashishni taqozo etmoqda. Mamlakat intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlangirish va uning milliy boyligini ko‘paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayottanligi, aholining yuksak ma’naviy darajasi esa yoshlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokragik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o‘z huquq va erkinliklarini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish imkonini beradi. Yoshlarning ma’naviy darajasi yuqori bo‘lgan taqdirdagina ular ijtimoiy hayotning taraqqiyot qonunlarini, huquqiy davlat mohiyatini chuqur idrok etishi mumkin. Binobarin, hukumatimiz yoshlar bilan ishlashda, eng dadil istiqbol rejalarini tuzishda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo‘lgan g‘arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, ularning jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlariga erisha olishiga, "XXI asr bilim va tafakkur asri" talablariga mos bo‘lishiga va bunday hayotda munosib o‘rin egallashiga qaratadi. 2016 yildan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda tub burilish davri boshlandi. 2016 yil 14 sentabrda 33 moddadan iborat “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari, asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. 2017 yil 5 iyulda “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” O‘zR Prezidentining Farmoni (PF-5106) e’lon qilindi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling