O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


Download 45.56 Kb.
bet10/14
Sana19.01.2023
Hajmi45.56 Kb.
#1100456
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Конспект мавзулари

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi siyosati 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi.
1996–1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o‘qish yangi alifboda olib borildi. Yangi imlo, alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma va darsliklar yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi. I bosqich – 1997–2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi. II bosqich – 2001–2005-yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. III bosqich – 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yildan boshlab, yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi.
9 yillik umumiy o‘rta ta’lim savodxonlik asoslarini, umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Bolalar birinchi sinfga 6–7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim kerakli bilimlar hajmiga asos soladi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasbiy yo‘nalish va navbatdagi ta’lim bosqichini tanlashga zamin yaratadi.
Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar qurildi, boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur uskunalar bilan jihozlandi.
Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida yangi o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo‘yicha takomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv adabiyotlari ham yaratilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublikada 10 mingga yaqin maktablar ishlab turibdi. Ularning moddiy-texnika ta’minoti ham davlat hisobidan amalga oshiriladi.



Download 45.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling