O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari
Download 45.56 Kb.
|
Конспект мавзулари
O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, dini, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning o‘ziga xos bo‘lgan uzoq va betakror tarixi bolgani kabi ona Vatanimiz O‘zbekistonning ham, o‘zbek xalqining ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. Qadim o‘tmishda Turon, Turkiston, Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko‘ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish, yoritishda ularga xolisona, haqqoniy, ilmiy yondoshuv asosiy metodologik tamoyildir. Bunda tahlil qilinayotgan har xil tarixiy voqea-hodisalarni xolis, haqqoniy voqea-hodisalar qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha yoritish ko‘zda tutiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o‘zaro aloqada, deb o‘rganish lozim. Xolislik talab qiladigan qoidalar shundan iboratki, turli tarixiy davrlarda tarixiy-madaniy taraqqiyotni o‘rganish jarayonida bo‘lib o‘tgan, yoki shu taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan barcha voqea-hodisalarni hech bir o‘zgartirishlarsiz, qanday bo‘lsa, o‘sha holatda talqin va tahlil etish, tekshirish va xulosa chiqarib, yaxlit holga keltirish muhimdir. O‘zbekiston tarixini o‘rganishning ikkinchi uslubiy tamoyili-bu voqea va hodisalarni dialektik asosda o‘rganishdir. Dialektika-olam yagona va yaxlit, unda sodir bo‘ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o‘zaro bog‘lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo‘ladi, deb ta’lim beradi. Har bir voqea-hodisani, boshqa voqealar, hodisalar bilan bog‘lab o‘rganishdangina mazkur voqea-hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o‘rnini aniqlash, belgilash mumkin bo‘ladi. Har bir voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi deb qaramoq kerak.Chunki mavjud bo‘lgan har bir xalq, millat yoki elat tarixi faqat o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib tursada, butun insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan umumiy aloqadorlikdadir. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra haqiqatdan ham o‘zbek xalqining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi jahon tarixi taraqqiyotining bir o‘zagi, qismidir. Eng qadimgi davrlardan boshlab yaqin o‘tmishga qadar Orta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Eron, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston kabi hududlar orasida yagona iqtisodiy, madaniy makon mavjud edi. Uchinchi asosiy tamoyil tarixiylik bo‘lib, har bir voqea-hodisa qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu ko‘rinishda sodir bo‘lganligini, bu voqea-hodisa o‘z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichiarni bosib o‘tganligini, keyinchalik u qanday holatga tushganligini bilish tarixiylik tamoyilining asosiy talabidir. Masalan, biron davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai-nazaridan turib baho bermoqchi bo‘lsak, birinchidan u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo‘ldi, ikkinchidan, u o‘z taraqqiyotida qanday bosqichiarni bosib o‘tdi, uchinchidan, uning tarixiy o‘rni, mavqei qanday degan savollarga aniq javob berish zarur. Tarixiylik uslubi xalqning o‘tmishiga, hozirgi zamoni va kelajagiga yagona tarixiy jarayon sifatida o‘tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qarashni talab etadi. O‘tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik mukammal o‘rgansak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni aniq tasavvur etamiz. To‘rtinchi tamoyil ijtimoiy yondoshuv tarixiy jarayonlami aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o‘rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa-kambag‘allar, yo‘qsillar yoki mulkdor boylar nuqtai-nazaridan turib tahlil etish, yoritish, bir tomonlama yondoshuv bo‘lib, bu tarixni soxtalashtiradi, noxolis xulosalarga olib keladi. Ijtimoiy yondoshuv tamoyili davlat arboblarining siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo‘lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‘rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yo‘ldan rivojlantirishdagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga molikdir. Download 45.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling