O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari
Download 45.56 Kb.
|
Конспект мавзулари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi ustuvor yo‘nalish
- Beshinchi ustuvor yo‘nalish
- Yettinchi ustuvor yo‘nalish
- O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida
Birinchi ustuvor yo‘nalish - mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash. Uni har bir fuqaro qadr-u qimmati, shaxsiyati, oriyati darajasida anglash.
Ikkinchi ustuvor yo‘nalish - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, davlatimizni hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash. Uchinchi ustuvor yo‘nalish - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo‘lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish. To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish - inson huquqlari va erkinliklari-ni, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik tamoyillarni amalda joriy etish. Beshinchi ustuvor yo‘nalish - jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarining o‘rni va rolini oshirish, ularning faoliyat doirasini kengaytirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarini chuqurlashtirish, «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» tamoyilini amalga oshirish. Oltinchi ustuvor yo‘nalish - sud-huquq sohasini isloh qilish, sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta'sirchan faoliyatini ta'minlash, qonun ustuvorligini, inson haq-huquqlarini, erkinliklarini himoya qilish, huquq organlarini «jazolovchi» organlardan fuqaro manfaatini himoya qiladigan, uni erkin yashashiga kafolat beradigan organlarga aylantirish. Yettinchi ustuvor yo‘nalish - islohotlarning samaradorligini belgilab beradigan asosiy tayanch - inson omilini kuchaytirish demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olib kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ijtimoiy infratuzilmani, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish, ekologik va boshqa xavf-xatarlardan himoya qilish. 1992-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy davlat hokimiyati asoslari» deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi. Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomi Kengashlar deb o‘zgartirildi. Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi. Mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o‘z faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy – huquqiy shakli sessiya hisoblanadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 101-moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati – besh yil. Download 45.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling