O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari
Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo‘lib qolaveradi»
Download 45.56 Kb.
|
Конспект мавзулари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Uchinchidan
- Beshinchidan
Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo‘lib qolaveradi».
Ushbu xulosalar I. Karimov tomonidan muntazam to‘ldirilib, qadam-baqadam yangi qoida va yo'1-yo‘riqlar bilan boyitib borildi. Xususan, 1992 yil avgust oyi oxirida O‘zbekiston Mustaqilligining bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning «O`zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli O‘zbekiston mustaqilligining nazariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu risola keng jamoatchilik tomonidan ma'naviy hayotdagi yangilik va muhim qo‘llanma sifatida kutib olindi. Unda O‘zbekiston istiqlolining ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o‘rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma'naviy poklanishining asosiy yo'1-yo‘riqlari yangicha mushohada va yondashuv bilan ko‘rsatib berildi. Ma'lumki, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tish jarayoni bir necha muhim ijtimoiy muammolar bilan uzviy bog‘liq. Bular: davlatning islohotlarni o‘tkazishdagi rahnamolik roli; jamiyatning moddiy, ma'naviy va ijtimoiy imkoniyatlarini safarbar etish; o‘rta hol sinfhi shakllantirish; xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalaridir. Ta'bir joiz bo‘lsa, bu omillarning bosqichma-bosqichligi, ularning ahamiyati, shuningdek, ulardan alohida, har birining va barchasi bir butun bo‘lgan holatda beradigan samaradorligi har xil sabablarga bog‘liq. I.A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o‘rtaga tashladi: Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak. Ikkinchidan, o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi shart. Uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya etishi lozim. To‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o'tmishimizdagi «inqilobiy sakrash»larsiz, ya'ni evolutsion yo‘l bilan puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Ana shu muhim qoidalar O‘zbekistonning Mustaqil rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga asos qilib olindi, yangi jamiyatga o‘tish davrining negizini tashkil etdi. O‘tgan davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo‘lidan izchil harakat qilishni ta'minladi. 2002 yili bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasida I. Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. «O`zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» deb atalgan ushbu ma'ruzasi, aytish mumkinki, katta konseptual ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda islohotlarga doir yettita masala - ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. Chunonchi: Download 45.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling