Tarix falsafasi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari to‘g‘ri va haqqoniy belgilanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Tarixchi olimlar tarix falsafasini qanchalik chuqur va to‘g‘ri anglasalar, ular tarix fani metodologiyasini shunchalik mukammal qilib belgilay oladilar. - Tarix falsafasi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari to‘g‘ri va haqqoniy belgilanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Tarixchi olimlar tarix falsafasini qanchalik chuqur va to‘g‘ri anglasalar, ular tarix fani metodologiyasini shunchalik mukammal qilib belgilay oladilar.
- Tarix falsafasi tarix va umuman tarixiy jarayon olimlar tomonidan aqlan har tomonlama to‘g‘ri tasavvur va his etilishidir. Yanada aniqroq aytsak, tarix falsafasi tarixiy jarayonning mazmuni va mohiyati hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘zida aks ettirish bilan birga, ularni bilish va o‘rganish, yozishning eng qulay, to‘g‘ri hamda maqsadga muvofiq yo‘li-usullarini belgilaydi. Umuman olganda, tarix falsafasi tarix sabog‘i va tajribasidan kelib chiqib, belginlangan obyektiv xulosadir. Lekin, bu obyektivlik subyektiv xarakter va mazmun hamda mohiyatga ega bo‘ladi. Chunki har bir subyekt, ya’ni olim o‘z intellektual bilim salohiyati, tafakkur doirasidan kelib chiqib, obyektivlikka harakat qiladi.
- Buning uchun esa, tarixchi olimlar butun insoniyat, millat, xalq va o‘rganish obyekti (ma’lum mavzu) evolutsiyasini, uning ma’no va mazmunini to‘g‘ri bilishi, tahlil qila olishi kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa)larning so‘zdagi aniq ifodasi bo‘lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu tarixiy haqiqatlarni ro‘yobga chiqishi – tarix haqiqiy yozilishi uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dasturamaldir. Eng qisqa va tushunarli qilib aytsak, umuman metodologiya fanlarning fani ya’ni dirijori.
- Dastlabki paytda hozirgi mustaqil davlatlar hamjamiyati tarkibidagi sobiq ittifoqdosh mamlakatlar, shuningdek, O‘zbekistonda ham g‘oyaviy-nazariy, mafkuraviy-falsafiy bo‘shliq paydo bo‘ldi. Bu esa, o‘z-o‘zidan boshqa mamalakatlarda bo‘lganidek, bizning Vatanimiz – O‘zbekiston tarixi fani uslubiyati (metodolgiyasi) qayta ishlanishi, aniqrog‘i, butunlay yangidan yaratilishini ilmiy-hayotiy zaruriyatga aylantirib qo‘ydi.
- Bu o‘ta muhim ilmiy –amaliy masalani ishlab chiqish, o‘z-o‘zidan tarixchi va boshqa olimlar eski, majburan, qon va qatag‘onlik bilan singlirilgan kommunistik g‘oya, ta’limot va mafkuradan holi bo‘lishi uchun tarixan o‘tish davrini talab etishi tabiiy bir hol bo‘ldi. Mana shuning uchun ham istiqloldan so‘ng tarix va boshqa gumanitar fanlardan yozilgan dastlabki darsliklarda bu fanlarning metodologik ilmiy –nazariy va g‘oyaviy asoslari hamda usullarini ko‘rsatishning iloji bo‘lmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |