O’zbekistonning eng yangi tarixi o’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar


Download 55.4 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi55.4 Kb.
#1783384
Bog'liq
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI 11

O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI

O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar

REJA

  • Kuchli ijtimoiy konsepsiyasining shakllanish bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.
  • Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan siyosat, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirirb boorish, sog’liqni saqlash tizizmini shakllantirish, hotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash yo’l transport muhandislik kommunikatsiya va ijtimoiy tuzilmalarni rivojlantirish.
  • Ta’lim madaniyat ilm-fan, adabiyot san’at, va sport sohalarini rivojlantirish yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
  • O’zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to;g;risida”gi qonunning mazmun-moxiyati aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish jamiyat korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish.

Kuchli ijtimoiy konsepsiyasining shakllanish bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi

  • “O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalaridan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir”
  • Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichlari mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, narxlarni erkinlashtirish, ish haqining kamayishi, nochor aholi qatlamining vujudga kelishi kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan O‘zbekistonda aholi daromadlari darajasini saqlashga alohida e’tibor berildi. Birinchi navbatda, xalq iste’moli mahsulotlari narxining o‘zgarishi va pulning keskin qadrsizlanishi sharoitida aholi daromadlari darajasini saqlash tadbirlari ko‘rildi. Shu maqsadda 1993 - yil yanvar oyida ish haqi to‘lashning yagona tarif setkasi joriy etildi. Bu tadbir, xodimlarning ish haqi miqdorini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita bog‘lash imkonini berdi. Eng kam ish haqini muntazam oshirish orqali aholining o‘rtacha ish haqi, pul daromadlari ham oshib bordi. 1994 - yilda mazkur tarif setkasiga muvofiq eng kam ish haqi 150 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1995- yilda 250 so‘m, 2009 - yil 1 dekabrdan 37 680 so‘m, 2010 - yil 1-dekabrdan 49735 so‘m, 2012- yil 1- avgustdan 72 355 so‘mga yetdi. Eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda davlat budjetidagi tashkilot va muassasalari xodimlarining oylik maoshi tarif setkasida ular uchun belgilangan koeffitsiyentlarga mos ravishda oshirib borildi.
  • Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarda, masalan, sanoat, transport, aloqa, qurilish, axborot-hisoblash tarmoqlaridagi ishchi-xizmatchilarning maoshi yanada yuqoriroq darajada o‘sib bordi. Pensiya, nafaqa, talabalarga to‘lanadigan stirendiyalar miqdori ham eng kam ish haqining oshishiga mos ravishda o‘sib bordi. Mamlakatimizning 2 mln 640 ming fuqarosi pensiya oladi, nogironlar, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarga davlat nafaqasi berilmoqda. Bunday to‘lovlar 2000 - yilda 187,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Oliy o‘quv yurtlari talabalariga beriladigan stirendiyalar miqdori 1998 - 2000 - yillarda 3,8 baravar ortdi. 2000 - yilda oliy o‘quv yurtlarining 142 ming talabasi 6 mlrd 600 mln so‘m stirendiya oldi. Davlat tomonidan amalga oshirilgan bu tadbirlar natijasida aholi daromadlari darajasining keskin pasayishining oldi olindi.

Dunyo etirof etgan bozor iqtisodiyotiga o’toshning besh tamoyilining aynan biri ham kuchi ijtimoiy himoyaga yo’naltirilgan. O’zb. Res.ning birinchi prezidenti I. A. Karimov ta’kidlab o’tganlaridek “Bozor iqtisodiyotini joriy etishdan oldin insonlarni ijtimoiy himoya qi;ish tadbirlari amalga oshorilmog’I lozim. Davlat o’z fuqarolarini himoya qilgan taqdirdagina, insonparvar hisoblanadi” deyiladi.
Shunday ekan, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholining kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy qo’llab quvvatlashning qonunchilik tizizmi izchil rivojlana bordi. Jumladan, O’zb. Res. Konstitutsiyasining 39-moddasida
“Har bir shaxs qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonundsa nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat ijtimoiy ta’minotini olishga haqlidir” deb mustahkamlangan.

Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan siyosat, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirirb boorish, sog’liqni saqlash tizizmini shakllantirish, hotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash yo’l transport muhandislik kommunikatsiya va ijtimoiy tuzilmalarni rivojlantirish

  • Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida etibor berilmoqda. O’zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdanoq, uningb asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat deb belgilangan edi. Shu maqsadda miqdori muntazam o’zgarib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari tarzidagi pul to’lovlari keng qo’llanildi.
  • 2019-yilda O’zb.n Res.ning “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risi”dagi qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi. Bu qonun aholini o’zini o’zi band qilishning zamonaviy va samarali shakllari, jumladan, masofaviy mehnat va shu kabi boshqa faoliyat turlarini kengaytirish va uning huquqiy maqomini belgilash uchun asos bo;ladi

Download 55.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling