Ozbekistonning eng yangi tarixi
Download 164.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o`zaro aloqasining dastlabki ququqiy asoslari yaratilishi.
- Markaziy Osiyoda Yagona iqtisodiy hudud
- Ikkinchidan
- Tortinchidan
Uchinchi davr Milliy parlamentarizm rivojlanishi davri sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qoshma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda oz favoliyatlarini boshladilar. Mamlakatimiz qonun chiqaruvchilarining mazkur anjumanida birinchi Prezident I.A.Karimov jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda isloh etish hamda modernizatsiya qilish boyicha asosiy vazifalarni ilgari surdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qoshma majlisida birinchi Prezidentimiz I.Karimov takidlaganidek, "Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi boyicha, 2002 yil 27 yanvarda otkazilgan referendum yakunlari va shu asosda "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari togrisida"gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi". Bugungi kunga kelib, Oliy Majlis palatalari faoliyatining huquqiy asoslari tola shakllandi. Mamlakatimizda qonun chiqaruvchi hokimiyatning salohiyati osib, sifat jihatdan ozgardi. Bu yillarda kop partiyaviylik asosida qonun chiqaruvchi hokimiyatga saylovlar natijasida Ozbekistonda zamonaviy qonun chiqaruvchi hokimiyat qaror topdi.
Xullas, mamlakatimizda milliy parlamentni shakllantirish jarayoni qisqa bolsada, tarkibiy va tuzilish jihatidan muhim bosqichni bosib otdi. Barcha sohalarda bolgani kabi bu yonalishda ham jahon xalqlari erishgan ijobiy tajribalar bilan birga, xalqimizning oziga xos xususiyatlari, mentaliteti, shart-sharoitlari, tarixiy anana va qadriyatlari hisobga olindi. O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o`zaro aloqasining dastlabki ququqiy asoslari yaratilishi. 8 dekabrda Belaya Veja pushchasi (Belorussiya)da Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari (B.Elsin, L.Kravchuk, S.Shushkevich) ozaro bitim imzolashib, SSSR tugatilganligini va Mustaqil Davlatlar Hamdostligi (MDH) tuzilganligini elon qilishdi. Iqtisodiy qomita, Parlamentlararo assambleya va boshqalardan iborat, Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qomitasi MDH ning doimiy ishlovchi organi hisoblanadi. Ozbekiston MDH da davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, davlatlar ortasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga harakat qilib kelmoqda. Ozbekistonning Markaziy Osiyoda Yagona iqtisodiy hudud (1993), Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (1999), Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT, 2002)ni tuzish tashabbuslari maqullandi. 2000 yil 10 oktyabrda Belorussiya, Qozogiston, Qirgiziston, Rossiya va Tojikiston davlatlarining rahbarlari tomonidan ostona shahrida imzolangan shartnoma asosida Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati tuzildi. 2005 yilning oktyabrida Ozbekiston Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotiga azo davlatlar rahbarlari Kengashida Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (EvrAzES)ga azo bolish maqsadini bildirdi. 2006 yil 25-yanvarda Sankt-Peterburg shahrida bolib otgan EvrAzES sammitida Ozbekistonning Hamjamiyatga azo bolishi hamda MOHTning EvrAzES bilan birlashishiga doir qarorlar qabul qilindi. Mazkur tashkilotning asosiy maqsadlari: davlatlararo integratsiyaning yuqori darajasini taminlagan holda ozaro savdo-sotiqda bosqichma-bosqich tosiqlarni bekor qilish yoli bilan erkin savdo zonalarini; transport xizmatlari umumiy bozorini va yagona transport sistemasini; umumiy energetika bozorini; yagona bojxona ittifoqini; ishlab chiqarish omillarini uygunlashtiradigan iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil etish kabilardan iborat edi. Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasiga chinakam xalq integratsiyasi sifatida qaraladi. Bu hududda asrlar davomida yonma-yon yashagan xalqlar xorijiy bosqinchilarga qarshi hamkorlikda kurashib kelishgan. Ularning tarixiy, manaviy, etnik-madaniy yaqinligi real voqelik bolib, kelajakda ozaro hamkorlik, hamfikrlilik, mintaqaviy mojarolarni bartaraf etish, iqtisodiy, madaniy va marifiy hamkorlikka intilishi hisobga olinib, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini kuchaytirishga katta etibor berildi. Shu maqsadda 1993 yil iyul oyida Ozbekiston va Qozogiston ortasida, 1994-2000 yillarda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish chora-tadbirlari togrisida bitim imzolandi. 1994 yil yanvar oyida yagona iqtisodiy hududni barpo qilish togrisida shartnoma imzolandi. 1994 yil aprel oyida bu shartnomaga Qirgiziston Respublikasi qoshilgach, u davlat ortasida hamkorlikni muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya Qomita tuzildi. Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatlarda oziga xos ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud bolib, SSSR davrida qazib olingan komirning qariyb 20 %, gazning 18 %, oltinning 33 %, osimlik yogining 26%, paxtaning 92 % shu mintaqa hisobiga togri kelgan. Bu dehqonchiligi taraqqiy topgan, madan xazinalari behisob bolgan mamlakatlarning ozaro hamkorligini yolga qoyish qanchalik samarali ekanligini yaqqol korsatadi. Ozbekiston Markaziy Osiyoda strategik, jugrofiy-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay sharoitda, yani mintaqaning transport, boy energetika omillari markazida joylashgan. Ikkinchidan, Ozbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qoshnilaridan malum darajada ustunlikka egadir. Uchinchidan, Ozbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega bolib, unda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral - xom ashyo resurslari mavjud. Tortinchidan, davlatimiz chetga chiqarishga neft, neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bolmish muhim tarmoqlarga ega. Ozbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli orni bolib, manaviy merosga boy yurtimiz oldindan nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham manaviy, marifiy va siyosiy jarayonlarga tasir otkazib kelgan. Ozbekiston ozining madaniy nufuzi, ilmiy texnologiyalari va malakali kadrlari bilan iqtisodiy yuksalib, Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin. Biroq, buning uchun quyidagi bir qator qiyinchiliklarni bartaraf etishga togri keladi: Download 164.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling