Ozbekistonning eng yangi tarixi
Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Download 164.5 Kb.
|
Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mustaqillikning muhum huquqiy asosi.
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri uning Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) hisoblanadi. Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini, uning mustaqil davlat sifatida etirof etilishini taminlash, ijtimoiy hayotni takomillashtirishning asosiy yonalishlari mujassamlangan. Inqilobdan keyin Turkistonda jahon tajribalari asosida Konstitutsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920 yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respublikalarining 1920-1921 yilda, Ozbekiston SSRning 1927, 1937, 1978 yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari bolsada, biroq ular mazmun-mohiyatiga kora ozining haqiqiy mustaqilligiga ega bolgan Davlatning Asosiy Qonuni emas edi. Aniqrogi ular avval RSFSR, SSSR Konstitutsiyalarining respublikalar sharoitiga moslashtirib kochirilgan, ammo ularning tub manfaatlari aks ettirilmagan nusxalari edi. 1990 yili 20-iyunda OzSSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq 2-sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik deklaratsiyasida Oz.R yangi Konstitutsiyasini yaratish boyicha 64 kishidan iborat komissiya tuzilgan edi. Komissiya AQSH, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Yаponiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalarini organib chiqdi va qiyosiy tahlil qildi. MDH davlatlarining Asosiy qonunlari va konstitutsiya loyihalari korib chiqildi. Shuningdek, buyuk ajdodlarimizning davlatchilikni mustahkamlash yolidagi goya va fikrlari Asosiy Qonunda oz ifodasini topdi. Jumladan, Amir Temurning tuzuklari da davlatni idora qilishga oid kuch adolatda, rosti durusti kabi mulohazalariga ham etibor qaratilgan. Xususan, Amir Temur umrining songgi yillarida qilgan vasiyatlari orasida quyidagi fikrlar ham bor: Millatning dardlariga darmon bolmoq vazifangizdir. Zaiflarni koring, yoqsullarni boylar zulmiga tashlamang, adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz olsun.... Konstitutsiyamizda ham adolat va ozodlik goyasi asosiy mezon qilib olindi. Mazkur tajribalar asosida 1991 yil oktyabr oyidan 1992 yil sentyabr oyigacha Konstitutsiyaning 3-loyihasi yaratildi va u 1992 yil 26 sentyabrda matbuotda umumxalq muhokamasiga qoyildi. Konstitutsiya Oliy Kengashning XI sessiyasi (1992 yil 8 dekabri)da qabul qilindi. U 6 bolim, 26 bob va 128 moddadan iborat boldi. 1992 yil 8-dekabr yurtimizda mustaqil O`zbekistonning asosiy qonuni —Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda. Oz.R Konstitutsiyasining oziga xos xususiyati, uning huquqiy va siyosiy tafakkurning eng yuksak yutuqlarini hamda hozirgi zamon konstitutsiyaviylik ilmini mujassam etgani, ozbek xalqi madaniyati va milliy ananalarining chuqur ildizlariga suyanganligidan iboratdir. U mazmunan yangi, prinsipial siyosiy hujjat bolib, uning qoidalari doimiy qonun ustivorligiga asoslangan, tasis kuchiga egadir. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari quyidagilarni oz ichiga oladi: davlat suvereniteti; xalq hokimiyatchiligi; fuqaro (inson)lar erkinliklari va huquqlarining dahlsizligi va ustuvorligi; demokratizm; davlat va shaxsning ozaro masulligi; qonuniylik; konstitutsiyaning ustuvorligi; hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bolinishi; mahalliy oz-ozini boshqarish; sud tuzilishi va sudlov. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosida huquqiy demokratik davlatni barpo etish OR Konstitutsiyasida qonun tusini olgan. Uning 2-moddasida Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi, deb takidlangan. Konstitutsiyaning 7-moddasida Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir,-deb korsatib otilgan. 2002 yil 27 yanvarda otkazilgan referendum natijalari asosida Ozbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda Oliy Majlisning VIII sessiyasida Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari togrisidagi konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. Bu qonunga muvofiq Oz.R Konstitutsiyasining beshinchi bolimi XVIII, XIX, XX va XXIII boblariga ozgartish va qoshimchalar kiritildi. Prezident vakolatlarining bir qismi, birinchi navbatda, davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar va xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlash masalalari, amnistiya elon qilish vakolati Oliy Majlisning Senatiga otkazildi. Download 164.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling