Markazning O'zbekistonda amalga oshirgan qatag'on siyosati. "Paxta ishi" "O'zbek ishi" nomli kompaniyalar
"Paxta ishi" Moskva uchun o`zbek siyosiy kadrlarini tubdan o`zgartirish ishlarini amalga oshirish uchun dastak bo`ldi. Paxta ishi korrupsiyaga qarshi kurashishdan ko`ra o`zbek milliy va partiyaviy rahbarlarini obrusizlantirish orqali o`zbek xalqi milliy ro`hini zaiflashtirish edi. "Paxta ishi" asta-sekin kengayib borib,O`zbekistonda 2600 kishi qamaldi. "Paxta ishi" deb nomlangan qatag'onga milliy va diniy tus berilib, u "o'zbeklar ishi"ga aylantirildi va ziyolilar ham ta'qib ostiga olindi. O'zbekiston KP MQ ning 1984 yildagi XVI plenumi Markazning "sog'lomlashtirish" borasidagi tadbirlarini quvvatlagan holda, Respublikada yuzaga kelgan salbiy vaziyatda partiya ko'rsatmalariga to'la amal qilmagani uchun ziyolilarni ham aybladi. Ulardan Sovet turmush tarzini ulug'lovchi asarlar talab etilib, ijodiy uyushmalar faoliyati qattiq mafkuraviy nazoratga olindi.
Ozbekistonda Ozbeklar ishi deb nomlangan qatagonning boshlanishi
1983 yil sentyabrda SSSR Bosh prokurori А.Rekunkov topshirigiga kora, SSSR Prokuraturasining alohida muhim ishlar boyicha tergovchisi T.Gdlyan boshchiligida malakatning turli mintaqalaridan toplangan 200 kishidan iborat tergov guruhi tuzilib, Ozbekistonda faoliyat boshlaydi.
Markazdan Respublikamizga yuborilgan tekshiruvchilar esa mahalliy shart — sharoitni hisobga olmay, ozbek xalqining milliy manfaatlari, madaniyati, qadr — qimmatini paymol etadi.
Ozbekiston SSR KP MQ, Respublika Ministrlar Soveti, Ozbekiston SSR Oliy Soveti, Ozbekiston SSR Prokuraturasi, Ozbekiston SSR IIB kabi muhim boshqaruv bognlari shunday kadrlarning qoliga otadi. Ular Respublikadagi ijtimoiy — siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirib yuboradi.
Natijada, Ozbekiston tergov usullari otkaziladigan maydonga aylanib qoladi. Moskvaning bunday adolatsizliklari tufayli O`zbekistonning Markazga nisbatan ishonchsizligi yanada ortib bordi.
2 - masala. 1989 yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o'sib borishi.
Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda o'zlikni anglash, til, madaniyat, tarix va kelajakka teran nazar solish, inson huquq va erkinliklarini har narsadan ustun qo'yishga bo'lgan intilish kuchayib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |