O`zbekistonning iqtisodiy resurslari


Download 25.59 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi25.59 Kb.
#1511296
1   2   3
Bog'liq
Mannaopova mustaqil talim

Tabiiy resurslar Uning tarkibida bu juda xilma-xil va er, energetika, suv, biologik, o'rmon, mineral, dam olish, iqlim resurslarini o'z ichiga oladi. Ularning foydalanishlari o'zaro bog'liq (masalan, texnikaning er resurslaridan foydalanish uchun va uning ishlashi kerak. mineral resurslar - yoqilg'i).
Tabiiy resurslarning muhim shakli mineral xom ashyo - ko'mir, tabiiy gaz, moy, metall orazlari, fosfatlar, kaliy tuzlari.
Resurslarni tejash-ishlab chiqarish omillaridan iqtisodiy va samarali foydalanish bilan bog'liq chora-tadbirlar majmui. Barcha resurslar bir xil tezlikda aylanmaydi - ba'zilari ishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinadi, boshqalari, masalan, uskunalar-qisman va ko'p hollarda bir xil emas va ulaming iste'mol darajasi asosan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish xodimlarining ta'sirining etarliligi bilan belgilanadi. Resurslarni tejash-iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish muammolarini hal qilish uchun barcha turdagi resurslardan (moddiy, mehnat, tabiiy, moliyaviy va boshqalar) foydalanishni anglatadi. Odamlar va jamiyatning ehtiyojlari tez o'sib borayotganligi va resurslar cheklangan va kamdan-kam hollarda bo'lgani uchun, muammoni hal qilishda resurslarni tejashning o'mi: nima, qanday qilib, kimga ishlab chiqarish kerak?

2. Tabiy resurslar va geografik joylashuv.


Tabiiy jismlar va energiya turlariga resurs (manba) lar deyiladi. Resurs so’zi fransuzcha bo’lib “Yashash vositasi” degan ma’noni anglatadi. Tabiiy resurslar insonlarning yashashi uchun zarur bo’lgan asosiy manbadir.
Tabiiy resurslarga: havo, suv, tuproq, turli xil rudalar, yoqilg’i va energiya manbalari ko’mir, neftь, gaz, turli xil yog’ochlar hamda yovvoi o’simliklar va hayvonlar kiradi. Bularning hammasi yer planetasida mavjud bo’lgan tabiiy resurslardir. Bundan tashqari kosmik resurslar ham mavjud. Kosmik resurslarga quyoshdan kelayotgan nur, meteoritlar va boshqalar kiradi.
Tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va uni muhofaza qilishni to’g’ri tushuntirish uchun ularni turlarga bo’lib o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy resurslar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. qazilma boyliklar;

  2. iqlim resurslari;

  3. suv va havo resurslari;

  4. tuproq resurslari;

  5. o’simlik resurslari;

  6. fauna (biror joy mamlakat yoki geologik davrga oid bo’lgan hamma hayvonlar) resurslari;

  7. atom resurslari;

  8. biosfera resurslari;

  9. kosmik resurslar;

Foydalanish darajasiga qarab tabiiy resurslar:



a) tugaydigan
b) tugamaydiganlarga bo’linadi.
Tugaydilan resurslar. Bular o’z navbatida qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan resurslarga bo’linadi.
Qazilma boyliklar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi. Ulardan foydalanish natijasida miqdori va sifati kamaya boradi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklardan unumli foydalanish va uni qo’riqlash quyidagicha bo’lmog’i lozim: miqdori va sifatini hisobga olish, kompleks ravishda to’g’ri, tejab, o’rnida foydalanish, ularni qazib olish, tashish, qayta ishlash, ishlatishda nobudgarchilikka yo’l ko’ymaslik, chiqindi kam chiqarish choralarini ko’rish, yangi konlar topish, ayniqsa yerning chuqurroq qatlamlarini o’rganish zarur va nihoyat ularning o’rnini bosuvchi yangi sun’iy manbalar topish va boshqalar. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan oqilona foydalanilsa, ular kishilik jamiyati ehtiyojlarini uzoq muddatlargacha to’la ta’minlay oladi. Fan va texnika taraqqiyoti natijasida ba’zi foydali qazilmalar tugaguncha ularning o’rnini bosa oladigan yangi resurslar yaratish mumkin.
Qayta tiklanadigan resurslarga asosan, suv, tuproq, o’simliklar va hayvonot dunyosi kiradi. Masalan: tuproq, unda o’simlik o’stirib foydalanilishi natijasida tugab yo’q bo’lib ketmaydi. Tuproq shuning uchun ham tugamaydigan – qayta tiklanadigan resurslar jumlasiga kiritiladiki, madaniy o’simliklar undagi mineral ozuqa moddalar (azot, fosfor, kaliybirikmalarini va boshqalar) ni shimib oladi, ana shu ozuqa moddalar tiklab borilmasa, tuproqning unumdorligi yildan-yilga kamayib, dehqonchilik uchun butunlay yaroqsiz bo’lib qoladi. Tajribadan ma’lumki, tuproq unumdorligini doimo tiklab borish mumkin. Bu tiklanish tabiiy va sun’iy ravishda bo’lishi mumkin. Masalan: tuproq yo’qotgan mineral ozuqalarini o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida, tog’lardan oqib keladigan suvlar tarkibidagi turli birikmalar hamda kishilar tomonidan beriladigan tabiiy mineral o’g’itlar hisobiga qayta tiklaydi. Agar tiklanadigan resurslardan plansiz ravishda, vaxshiylarcha foydalanilsa ular tiklanmaydigan holga tushib qoladi. Bunga yer sirtida atom bombasini portlashi, konlar tugagandan so’ng o’z holiga tashlab ketishlar va boshqalar kiradi. Tuprog’ini suv yuvib yoki shamol uchirib ketgan joyni qayta tiklash mumkin. Ammo buning uchun ko’p mablag’, uzoq vaqt mehnat qilish kerak. Ekinlar ekiladigan joylarga ko’plab kimyoviy o’g’itlar solish ham, uni yaroqsiz holga olib keladi, oqibatda hech narsa o’smaydigan bo’lib qoladi.
Er sharida o’rmonlar, o’simliklar dunyosi nihoyatda ko’p va rang-barang. O’simlik dunyosi tabiatda alohida ahamiyat kasb etadi. Darahtlar, o’rmonlar qirqilsa, uni qayta tiklash mumkin. SHu sababli darahtlarni shartli ravishda qayta tiklanadi deyiladi. O’rmonlarni qayta tiklash uchun 20-30 yil vaqt kerak bo’ladi.
Qayta tiklanishi mumkin bo’lgan tabiiy (boyliklar) resurslar sekinlik bilan, uzluksiz tiklanib boradi. Biroq ularning tiklanishi uchun ia’lum darajada tabiiy sharoit bo’lishi lozim. Agar ana shu tabiiy sharoit buzilsa, tabiiy resurslarning o’z-o’zidan tiklanishi sekinlashadi yoki batomom to’xtashi mumkin. Demak, inson qayta tiklanadigan (boyliklar) resurslaridan foydalanishda uning tabiiy holatiga alohida e’tibor berishi zarur. Tugamaydigan resurslar. Bularga asosan quyidagilar kiradi:

  1. suv resurslari;

  2. iqlim resurslari;

  3. kosmik resurslari.

Suv resurslari. Suv yer yuzida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. Suv manbalari hajmi, hosil bo’lishi va joylashish o’rniga qarab mahalliy, regional va global suv resurslariga bo’linadi.
Suvsiz inson hayotining tasavvur qilib bo’lmaydi. Suv o’simliklar, hayvonlar va odamlar uchun hayot hamda asosiy ozuqa manbai hisoblanadi. Suvning eng yaxshi tomoni shundaki, undan qaysi maqsadda va qaerda foydalanilmasin, u yo’q bo’lib ketmaydi. Faqat bir holatdan boshqa holatga o’tishi, bir jism tarkibidan boshqa jism tarkibiga o’tishi mumkin. SHu sababdan ham suv tugamaydigan, qayta tiklanadigan tabiiy resurs hisoblanadi. Suv qayta tiklanish uchun:
1. daryolar, yer osti suvlari, muzliklar zapasi asrlar davomida o’zgarmasligi;
2. insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiiy suvlarning ifloslanish darajasi ularning sifat jihatidan o’z-o’zini tiklash imkoniyatidan katta bo’lmasligi lozim.
Inson faoliyati ta’sirida Yer sharining ayrim joylarida suv miqdori ancha o’zgarishi va ifloslanib yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Amaliy jihatdan olganda faqat okean suvlarigina tugamaydi. Ammo, okean suvlari ham neftь hamda turli chiqindilar ta’sirida o’zining suvlari ham neftь hamda turli chiqindilar ta’sirida o’zining tabiiy xususiyatini yo’qotadi. Bu hol esa hayvonlar va o’simliklar hayotini xavf ostida qoldiradi. CHuchuk (toza) suv miqdori yer sharida nihoyatda ko’p. Ammo Yer sharining ko’pgina joylarida uning miqdori kamaygan. Bu joylarda ekin maydonlarini sug’orish, kommunal ehtiyojlar sanoat xom ashyolari, ichish uchun toza suv yetishmaslik hollari sezilmoqda. Joylarda toza suvlarning kamayishiga sabab faqat unga bo’lgan talabning oshganligi bo’lmasdan, suv keladigan daryolarning, ko’llarning o’rmonlar kesilishi natijasida qurib qolishi va inson faoliyati natijasida suvning ifloslanishi kabi hollar ham sababchidir. Toza suv masalasi yildan-yilga eng muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Ifloslangan suv ichish uchun yaroqsiz bo’lib, u hatto tirik organizmlar uchun xavfli bo’lib qoladi. SHu sababdan undan ratsional foydalanish, uning tozaligini saqlash va muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Respublikamiz yillik yuza suv resurslari 99,5 km3 ga teng bo’lib uning faqat 12,2 km3 qismi shu o’lka territoriyasida hosil bo’ladi.
Ma’lumki, suv resurslarini muhofaza qilish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchidan, uni miqdoriy jihatdan kamayishidan saqlash bo’lsa, ikkinchisi uning ifloslanish va minerallash darajasi oshib ketishining oldini olishdir. Hozirgi vaqtda o’lkamizda har ikki yo’nalish ham juda muhimdir.
Iqlim resurslari. Atmosferadagi havo, shamol energiyasi iqlim resurslariga mansub. Atmosfera havosidan har qancha foydalanilgan taqdirda ham u tugamaydi boshqa narsaga aylanib qolmaydi. Hajmi ham deyarli o’zgarmaydi. SHu sababdan ham atmosfera havosi tugamaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Ammo havo insoniyatning turli faoliyati natijasida tez ifloslanib havfli manba bo’lib qolishi mumkin. Bu hol havoni muhofaza qilish lozimligini ko’rsatadi.
Kosmik resurslarga quyosh radiatsiyasi, Yer va Oyning o’zaro tortishi natijasida dengiz hamda okeanlardagi suvning ko’tarilishi yoki pasayishi jarayonida hosil bo’ladigan energiyalar, olam fazosidagi yer sirtiga keladigan turli xil nurlar, meteorit oqimlar kiradi.
Tabiat o’ziga ta’sir etmaydigan tabiiy omillarga bardosh berib, ularning ifloslanishidan o’z-o’zini himoya qilib turadi.
lqtisodiy va ijtimoiy geografiyada an'anaviy tarzda "hududiy tashkil etish" iborasi qo'IJanilib, u, odatda, mazmun va shakllari bo'yicha ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga yaqinroq turadi. Shu bilan birga oddiy joylashtirishdan farq qilib, ishlab chiqarishni, aholi yoki xo'jalik tarmoqlarini hududiy tashkil etish ayni paytda uni muayyan maqsadga yo'naltiriIishi va, eng muhimi, boshqarilishini ham o'z ichiga oladiki, bu ushbu tushunchaning ilmiyroq va amaliyroqligidan darak beradi. Bu yerda tizim (sistema). qoidasiga muvofiq ma'lum bir voqelikni tashkil etish avvalambor uni boshqarish niyatida ainalga oshiriladi.
Ma'lumki, geograflar nigohida hudud qiyofasi o'zining barcha mavjudoti bilan gavdalanadi va bir qarashda u to'la qamrab olinadi. Biroq ko'rib turilgan hududda undagi bor eiementlar (yo'I, daraxt, uy, kishilar, transport va hokazo) yakka-yakka yoki aksariyat holda ijtimoiy geografiyaning tadqiqot obyektiga kiruvchi barcha predmetlar turli hududiy majmua shaklini tashkil etadi. Chunonchi, qishloq xo'jaligi tarmoqlari-ekinzorlar yoki chorvachilik yaylovlari, rekreatsiya manzilgohlari o'rmonzorlar va boshqalar areal (maydon) ko'rinishiga ega. Sanoat markazlari va aholi manzilgohlari nuqta yoki tugun, transport yo'llari, gidrografik shaxobchalar esa tasmasimon (chiziqsimon) shaklida ko'zga tashalanadi va xuddi shu tarzda xaritada tasvirlanadi. Bu o'rinda bir so'z bilan aytish mumkinki, ijtimoiy geografiya ana shu maydon, chiziq va nuqtalarning joylashuvi, ularning o'zaro va tashqi muhit bilan hududiy munosabatlarini o'rganadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning shakli sifatida hududiy ishlab chiqarish majmualari (komplekslari, ,sanoat tugunlari va rayonlarni) aholining bunday tashkil etish shakllariga esa turli tip yoki yirikligidagi qishloq va katta-kichik shaharlar, shahar aglomeratsiyalari, konurbatsiya va megapolislarni ko'rsatish o'rinli. Transportda transport tugunlari, ahoiiga xizmat ko'rsatish geografiyasidagi maishiy kombinatlar yoki fan geografiyasidagi hududiy ilmiy tadqiqot majmualari ham ushbu sohalarning hududiy tashkil etish shakllariga kiradi.
Geografiya fanining ikkinchi bir muhim tamoyili komplekslikdir. Biroq, bu yerda kompleks ishlab chiqarishning ijtimoiy yoki hududiy tashkil etish shaklini emas, balki masalaga, fan obyekti va predmetiga yondashuv ma'nosini anglatadi. Ayni paytda, komplekslilik geografiya fani uchun alohida usul (metod) ham emas, aksincha, u fanning asoslaridan biri bo'lib, uning o'zigaxos vatub mohiyatini ifodalaydi.
Shu bilan birga, ba'zan "kompleks geografik (yoki iqtisodiy geogratik) tadqiqot" iborasi ishlatiladi-ki, nazarimizda, bu ham ortiqcha yoki xatolikdir. Chunki geografik tadqiqot hamma vaqt kompleks bo'ladi, busiz u o'z mohiyatidan ajralib qoladi. Ekologik yondoshuv asosida ham komplekslilik yotadi va bu uni geografik dunyoqarashga juda yaqinlashtiradi.
Kompleks qarash o'rganilayotgan obyektga atroflicha yondashuv, uni aloqadorlikda ko'rishni taqozo etadi. Shu ma'noda u tizimli (sistemali) qarashga ham yaqinlashadi. Ammo bu tamoyildan to g'ri va oqilona foydalana olish lozim. Aks holda, tadqiqot natijasi "har sohadan bir shingil", sayoz, yuzaki va quruq bo'lib, ba'zan o'zi nimani o'rganish kerakligi ham sezilmay qolinadi. Binobarin, ushbu tamoyil mohiyatini misli daraxt shaklida tasavvur qilmoq zarur: daraxt tanasi o'rganilayotgan asosiy hodisa bo'lsa, uning shoxi va shoxchalari shu muammo bilan bevosita aloqador masalalar majmuasidir. Bunda daraxt tanasi o'ta yo'g'onlashib, shox-shabbasiz va, aksincha, shoxlar kattalashib, uning tanasi ko'rinmay qolmasligi kerak. Birinchi holda komplekslikning o'zi bo'lmaydi, ikkinchisida esa haddan tashqari masaladan chetga chiqib ketish ayondir. Masalan, bog'dorchilik geografiyasida temir yo'l transporti yoki aholining tug'ilishni chuqur o'rganish aslo talab qilinmaydi.
Xuddi shunday hududiylik tamoyilining ham nozik jihatlari mavjud. Bu yerda biz tadqiqot obyekti-hududning juda kattalashib ketmasligini nazarda tutmoqdamiz, chunki bunday holda ham tadqiqot natijasi yuzaki, "umurtqasiz" bo'lib qoladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va umuman geografiya fanida ko'proq katta hudud "kichraytirib" o'rganiladi. Endi buning aksi, kichik joyni kattalashtirib, yirik masshtabli tadqiqotlarni o'tkazish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar (Germaniya, Yaponiya, AQSh va boshqalar) tajribasi aynan shundan dalolat beradi.
Bu mamlakatlarda, bizdan farqli o'laroq, asosan mikroiqtisodiyot, mikrogeografik yondashuv ustuvor turadi. Ehtimol, shuning uchun bo'lsa kerak-tadqiqotlar natijasi aniq, puxta va amaliy jihatdan yuqori bo'ladi. To'g'ri, tadqiqot obyekti sifatida kattaroq hududni ham olish mumkin. Lekin bunday holda hududning barcha qismini emas, aksincha, muhim muammolarni uning ayrim va turli nuqtalari misolida chuqurroq tahlil qilish va shu negizda o'rganilayotgan obyekt va unga o'xshash joylarga xos bo'lgan umumiy qonuniyatlarni asoslab berish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, hududiylik va komplekslilik geografiya fani uchun o'ta zarur. Biroq ular o'z me'yorida bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, ushbu yondashuvlar hamtna vaqt aniqlik bilan birga olib borilishi to'g'riroq bo'ladi. Professor E.B.AIayev aniqlikni (konkretlikni) geografiyaning alohida tamoyili sifatida ko'rsatadi. Biz esa uni yuqoridagi ikki asosiy tamoyilning umumiy maxraji, mezoni yoki "ikki plyus bir" shaklida ko'rishni istar edik. Chunki muammo qancha keng va chuqur, ma'lum bir maqsad doirasida atroflicha har tomonlama va ayni paytda aniq tahlil etilsa, uning xulosalari hamma vaqt yuqori bo ladi.

3.


Download 25.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling