O‘zbekistonning jahon bozoriga kirib borish muammolari
Download 39.64 Kb.
|
O\'zbekistonning jahon bozoriga kirib borish muammolari1
O‘ZBEKISTONNING JAHON BOZORIGA KIRIB BORISH MUAMMOLARI Reja: Kirish 1.. O‘zbekistonning jahon bozorida tutgan o‘rni va ahamiyati. .2. Respublika iqtisodiyotining jahon bozoriga kirib borishining ustuvor yo‘nalishlari. 3. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning « O’zbek modeli»: mohiyati va bosqichlari 4. O‘zbekistonning jahon bozoriga kirib borishining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari. , Xulosa Foydalanilayotgan adabiyotlar Kirish Oʻzbekistonning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash maqsadida soʻnggi yillarda mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining muhim asosi sifatida aholi salomatligi uchun maqbul sharoitlarni yaratish va ekologik muvozanatni saqlashni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan yangi bosqichdagi tizimli islohotlar olib borilmoqda. Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar — odam organizmi va ekotizimlarda qayta tiklab boʻlmas oʻzgarishlarga olib keluvchi xavfli kimyoviy birikmalardir. Ular oʻz-oʻzidan parchalanish xususiyatiga ega boʻlmagani sababli atrof-muhitda uzoq yillar mobaynida saqlanib qolishi mumkin. Maʼlumotlarga koʻra, hozirgi kunda mamlakat hududida 90 ming tonnaga yaqin shu turdagi moddalar mavjud boʻlib, bunday xavfli kimyoviy birikmalar “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining maxsus omborlarida saqlanmoqda. Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, ular tabiat va inson salomatligi muhofazasida jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun bu boradagi dolzarb muammolarni hal qilish, buning uchun zarur amaliy yechimlar va mexanizmlarni ishga solishga qaratilgan. Qonun Oʻzbekistonda turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar bilan bogʻliq ekologik holatning yaxshilanishida, qolaversa, aholi, atrof-muhit, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga yetkazilishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur Qonun bilan 2001-yil 22-mayda Stokgolm shahrida qabul qilingan va 2004-yildan kuchga kirgan konvensiya milliy qonunchilikka ratifikatsiya qilindi. Konvensiya 30 ta moddadan iborat boʻlib, hozirgi kunda 182 davlat uning ishtirokchisi hisoblanadi. Mamlakatning ekologik xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi bilan bogʻliq masalalarda mazkur xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilishning bir qator afzalliklari bor. Avvalo, turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar bilan ishlashda hamda hozirgi ekologik qonunchilikda yangi xalqaro standartlar joriy etiladi Eng muhimi, Oʻzbekistonning jahon bozoriga oʻz mahsulotlarini eksport qilishida imkoniyatlar eshigi keng ochiladi. Yaʼni, mamlakatda yetishtirilgan mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi bozorlariga eksport qilishda qoʻshimcha tarif ustunliklarini olishni yanada tezlashtirishga sharoit tugʻdiradi. Natijada mahsulotlarning tashqi savdo hajmi va geografiyasi kengayadi. Istiqbolda Oʻzbekistonning 6000 dan ziyod mahsulot turlari boʻyicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan boj toʻlovlarisiz erkin savdo qilish imkoniyati yaratiladi. Bu esa eksport hajmini qariyb 3 baravar, yaʼni 1,3 milliard AQSH dollarigacha oshirishi mumkin.Qonun majburiy xarakterga ega, aholi salomatligi va atrof-muhitni turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalardan muhofazalash maqsadida ularni keskin qisqartirishga, tashlanmalarini toʻxtatishga hamda odam organizmida va ekotizimlarda qayta tiklab boʻlmas oʻzgarishlarga olib keluvchi 12 ta xavfli birikma (keyingi toʻldirishlarni hisobga olgan holda 26 ta modda) ishlab chiqarilishini, ishlatilishini chegaralash yoki taqiqlashga yoʻnaltirilgan. Qolaversa, mazkur Konvensiya ratifikatsiya qilinganidan soʻng ikki yillik muddatda turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalarni ekologik xavfsiz yoʻl bilan yoʻq qilishga doir milliy harakatlar rejasi ishlab chiqiladi. Uni hayotga tatbiq etishda esa, mamlakatda moliyaviy hamda ilgʻor texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi, davlat tomonidan ishlab chiqilgan dasturni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa oʻrnida aytganda, Oʻzbekistonning ushbu Konvensiyaga qoʻshilishi qoʻyidagi imkoniyatlarni yaratadi: Turgʻun organik ifloslantiruvchilar bilan bogʻliq ekologik holatni yaxshilash, aholi, atrof-muhit, oʻsimlik va hayvonot uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish; Download 39.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling