O’zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi


-rasm. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari2


Download 0.5 Mb.
bet3/12
Sana09.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1466270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbekistonning-jahonning-rivojlangan-mamlakatlari-bilan-iqtisodiy-hamkorligi

1-rasm. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari2
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy yo’nalishlar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin (1-rasm):
- maxsulotlar (tovar va xizmatlar) ayrboshlash, ya’ni xalqaro savdo;
- ilmiy-texnikaviy maxsulotlarni ayrboshlash;
- ishlab chiqarishni joylashtirish;
- investitsiyalar, valyuta va kreditlar borasidagi yo’nalishlar;
- axborot va aloqa sohalaridagi yo’nalishlar;
- mehnat resurslari harakati yo’nalishlari.
Qayd etilgan yo’nalishlar alohida tarzda emas, balki o’zaro bog’langan va bir- birini ta’minlovchi sohalar sifatida ham qaralmog’i lozim. Masalan, ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlashda ularning bank tizimlari, balyuta almashinuvi tartibi bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etuvchi transport - ekspeditorlik, sug’urta, sifatni tekshirish va nazorat etish kabi sohalarga aloqador masalalarda ham munosabatlar albatta o’rnatilgan bo’lishi shart.
Jahon xo’jalik faoliyati va xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagi sohalar kiradi:
-xalqaro savdo;
-ishlab chiqarish va fan-texnika sohasidagi xalqaro ixtisoslashuv;
-fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ayrboshlash;
- mamlakatlar o’rtasidagi valyuta moliyaviy hamda kredit aloqalari;
- kapital va ishchi kuchining harakati;
-xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati, global muammolarni hal etishdagi iqtisodiy hamkorlik.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli shakllari mavjud bo’lib, unga quyidagilar kiradi: tashqi savdo(tovar va xizmatlar bo’yicha), qo’shma tadbirkorlik (qo’shma korxonalar, franchayzing, laysenzing, agentlik va h.k.), hamkorlikning boshqa shakllari (biznes alyanslar, konsortsiumlar va h.k.).
Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt:
tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vа iqtisodiy mustаqilligi;
tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi;
sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgа oshirishdа kаmsitishlаrgа yo’l qo’yilmаsligi;
tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdаn ozaro mаnfааtdorlik;
tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqkri vа qonuniy mаnfааtlаri dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning eng muhim shakillaridan biri - tashqi savdo bo’lib u milliy mehnat natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar bilan xalqaro almashinuv demakdir. Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishkr (xizmаtlаr) sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir. Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni, ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vа import qilish yo’li bilаn аmаlgа oshiriladi. Uni tog’ri rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish uchun tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvini oldi-sotti va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling