O’zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi


O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy hamkorlik natijalar tahlili


Download 0.5 Mb.
bet6/12
Sana09.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1466270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbekistonning-jahonning-rivojlangan-mamlakatlari-bilan-iqtisodiy-hamkorligi

4. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy hamkorlik natijalar tahlili
O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikni qo’lga kiritishiga qadar, mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati sobiq SSSRning tegishli vazirliklari ixtiyorida bo’lgan edi. Mustaqillik tufayli O’zbekiston bir qator xorijiy mamlakatlar bilan bevosita iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishga kirishdi. Bu masala respublika rivojining ustivor, davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining o’z asarlarida dunyoning hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelayotganligini ta'kidlab o’tdilar. Ya'ni, «Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko’lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko’plab mamlakatlariga ta'sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi mumkinligi o’z tasdig’ini topmoqda»7.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o’z ta’sirini o’tkazadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o’sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo’yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko’proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo’ladi.

3-rasm. O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi va balansi (mlrd. AQSh dollari)8
Hukumatning bu borada so’nggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni rag’batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2019-yil yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasini (matnda TSA) 42,2 mlrd. AQSh dollariga yetishini va 2018-yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini ta’minladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko’rsatkich sifatida qayd etildi (3-rasm).
TSAda eksport hajmi 17,9 mlrd. AQSh dollariga (o’sish sur’ati – 128,0 %) va import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollariga (o’sish sur’ati – 124,9 %) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi (4-rasm).


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling