Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchi Annayeva Zarifa Musurmonqulovnaning “O’zbekistonning janubiy hududlarida ekologik holat va uni barqarorlashtirish shartlari (XX-asr oxiri XXI-ars boshlari)” mavzusidagi O’zbekiston tarixi ixtisosligi uchun yozilgan tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi natijalaridan amaliyotda foydalanilgani to’g’risida
MA’LUMOTNOMA
Termiz davlat universitetining mustaqil izlanuvchisi Annayeva Zarifa Musurmonqulovnaning 07.00.01 – O’zbekiston tarixi ixtisosligi yuzasidan “O’zbekistonning janubiy hududlarida ekologik holat va uni barqarorlashtirish shartlari (XX-asr oxiri, XXI-ars boshlari)” mavzusida tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishida keltirilgan ma’lumotlarning aksariyati ilk bor ilmiy qamrovga olingan.
Ayniqsa, yangi faktlarga asoslangan ushbu dissertasiyadagi ekologik muammolarni hal qilish, uning oldini olish bugungi kunda muhimligi, yoshlarimizni ekologik madaniyat ruhida tarbiyalashda asos bo’luvchi manbalar hamda ekologik holatlar va ularni bartaraf etish ilmiy asosda keng tahlil qilib berildi.
Z.Annayevaning ushbu nomzodlik ishidan RMMM Surxondaryo viloyat bo‘limining choraklik va yillik ish rejalarini tuzishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning maruzalari tayyorlangan.
Shuningdek, ushbu ilmiy tadqiqot ishi ilmiy adabiyotlar, tarixiy asarlar, matbuot materiallariga tayangan holda yozilganligi sababli “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyati a’zolari hamda ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilarga ma’ruzalar matni, targʻibot materiallari tayyorlashda foydalanilmoqda
Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Annayeva Zarifa Musurmonqulovnaning faoliyatini ilmiy jihatdan qo’llab-quvvatlaydi.
Respublika Ma’navuyat va ma’rifat markazi
Surxandaryo viloyati bo’limi rahbari N.Rahmatullayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |