O’zbekistonning milliy boshlang‘ich etalonlarini or’rganish
Etalonlarni qonuniy tasniflanishi
Download 57.24 Kb.
|
2-Amaliy Q.X maxsulotlari Standart 2023
Etalonlarni qonuniy tasniflanishi. Mazkur hudud yoki tashkilotdagi etalonlardan eng yuqori metrologik xossalarga ega bo‘lgan, birlikning o‘lchamini o‘ziga tobe o‘lchash vositalariga beruvchi va belgilangan tartibda rasmiy tasdiqlangan etalon boshlang‘ich etalon deyiladi.
Qiyoslash sxemasida boshlang‘ich etalondan keyin turadigan etalonlar, odatda tobe etalonlar deb ham ataladi. Davlat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon milliy (davlat) etalon deb ataladi. O‘zbekistonda milliy etalonlarni ishlab chiqish tartibi, attestatlash, tasdiqlash, qayd qilish, saqlash va qo‘llash davlat standartida O‘z DSt 8.014:2002 belgilangan. ―Milliy etalon‖ tushunchasining ta‘rifi, mohiyati jihatdan ―davlat etaloni‖ tushunchasining ta‘rifiga mos keladi. ―Milliy etalon‖ ta‘rifi ―Metrologiyadagi asosiy va umumiy atamalar xalqaro lug‘ati‖ ga mos keladi va bu ―davlat etaloni‖ va ―milliy etalon‖ atamalarining bir xil tushunchasini ifodalashini tasdiqlaydi. Shu sababli mamlakatimizda ―milliy etalon‖ atamasi alohida davlatlarga qarashli etalonlarni xalqaro etalon bilan solishtirishda yoki qator mamlakatlarning etalonlarini yalpi solishtirish ishlarini o‘tkazishda qo‘llaniladi. Etalonlarning texnik infrastrukturasi, maxsus binolar, inshootlar, uskunalar etalon komplekslarining ajralmas qismi bo‘lib, ularning tarkibi etalonlarning hujjatlarida beriladi. Milliy etalonlar davlatning strategik muhim va mutlaqo xususiyatlik ob‘ekti bo‘lib, uni sotish va sotib olish mumkin emas. Milliy etalonlarning muhimligi (qiymatliligi) o‘lchash birliligini ta‘minlashda ularning roli bilan hamda ko‘p holda aniq nushalash imkoniyatini yo‘qligi bilan va birlamchi etalonlarni yo‘qolgan hollarda qayta tiklash imkoniyatini yo‘qligi bilan aniqlanadi. Etalonlarning qiymatliligi muntazam metrologik tadqiqot (izlanish) lar va xalqaro solishtirishlar natijasida ularning xususiyatlarini o‘rganish va takomillashtirish bilan keskin oshadi. Milliy etalonlarning ilmiy-texnikaviy darajasi davlatning ilmiy va texnikaviy potensialining ko‘rsatkichi hisoblanadi va mamlakatning texnikaviy va iqtisodiy mustaqilligini va uning strategik maqsadlarini amalga oshirish, shu bilan bir qatorda milliy xavfsizligini ta‘minlash uchun etarli darajada bo‘lishi kerak. Milliy etalonlar bilan bir qatorda MDH davlatlar doirasida davlatlararo etalonlar ham mavjud. Bu etalonlar kelishuv asosida ishtirokchi davlatlar uchun boshlang‘ich etalon sifatida belgilangan tartibda tan olingan etalonlardir (bu etalonlar: ―Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni o‘tkazish olib borish to‘g‘risida‖ gi bitimga asosan). Davlatlararo etalon ikki va undan ortiq ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo‘yicha qabul qilingan milliy etalonlardan iborat bo‘ladi. O‘lchashlar birliligini global masshtabda ta‘minlash uchun O‘lchashlar va tarozilar xalqaro byurosi (MBMV) da saqlanadigan xalqaro etalonlar qo‘llaniladi. Download 57.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling