O’zbekistonning mustaqilligining qulga kiritishning tarixiy ahamiyati


Download 32.73 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi32.73 Kb.
#138766
Bog'liq
JO`RAQULOVA MAXFUZA






O’ZBEKISTONNING MUSTAQILLIGINING QULGA KIRITISHNING TARIXIY AHAMIYATI






Jo`raqulova Maxfuza 29.10.2020

Mundarija

Kirish……………………………………………………………………………………………………………….3-4

1.O’zbekiston mustaqilligini qulga kiritishdagi harakatlar………………………………… 5-6

2.Mustaqillik e’lon qilinishi arafasida respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat….. 7-9

3§. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi ………………………………………………………………10-11

Xulosa………………………………………………………………………………………………………………..11

Adabiyotlar ro`yhati…………………………………………………………………………………………….12

Kirish

“O’zbek xalqi azaldan o’z fikr-zikri, o’z istiqloli uchun kurashib yashagan.Bunga moziy guvoh.Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoiy, o’z yo’lidan, maslagidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim.Bilishimiz shart bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz”.1



Zero, yurtboshimizning bu so’zlaridan ayinki biz o’z tariximizni xaqqoniy ochib berishimiz va undan to’g’ri xulosa chiqarmog’imiz lozim.

Shu maqsadda O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishining tarixiy ahamiyatini yoritishga harakat qilaman.

Mavzuning dolzarbligi

O’zbekistonning davlat mustaqilligini qulga kiritilishi tarixiy jarayon va o’ta dolzarb mavzu hisoblanadi. Chunki mustaqillik xalqimizni asrlar osha qilgan orzularining amalga oshishi va o’z mustaqil davlatchiligimizni tuzishdagi dastlabki qadamlardir.

Yana bir ahamiyatli tomoni millat unchun zarur erkinlik teng huquqlilik erkin nafas olish eng asosiysi ajdodlar e’zozi va avlodlar barkamolligi uchun katta yutuq sanaladi

Biz yoshlar buning ahamiyatini chuqur anglagan holda bu jarayonlarni puxta urganib yodda saqlashimiz kerak.

O’rganilish darajasi

O’rganilish darajasi nihoyatta keng va ahamiyatli chunki mustaqillikni qulga kiritishda qanchadan qancha ziyolilarmiz ajdodlarmiz kurashgan kerak bolsa jonini berishgan, qanchadan qancha mashaqqatlar chekishgandan so’ng mustaqillika erishilgan. Shuning uchun biz bu tarixiy jarayonlarni puxta urganishimiz yodda saqlashimiz lozim.

1 Narzulla Jurayev. O’zbekiston tarixi. T. “Sharq” 2011 9- sahifa

Maqsadi va vazifalari

Yurtimiz boy tarixga ega .Sobiq yurtboshimiz aytganlaridek “Tarixsiz kelajak yuq”. Yurtimiz tarixiga nazar tashlasak juda kop xalqlar bizning yerlarga ko’z tikishgan bosqinchilik uyushtirishgan .Shukar qatori CHor Rossiyasi ham yuritimizni 150 yilga yaqin mustamlakada saqladi. Bu davr moboynida qancha fidoyiliklar, qon tukilishlar boldi .

Ushbu mavzu yoritilishdan maqsad mustaqillikkacha bulgan tarixiy jarayonni yoritish ,

mustqillik arafasida kechgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni ko’rsatib berish ,

mustaqilligimizni qulga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyatini yoritib berish.

§1. O’zbekiston mustaqilligini qo’lga kiritishdagi harakatlar.

Bugungi kunda yurtimiz shiddat bilan rivojlanayotgan davlatlardan biri va kundan kun turli sohalarda yutuqlarga erishilmoqda. Bizga malumki bundan 29 yil oldin manashu farovon hayotimiz tamal toshi quyildi.

Tarixga nazar solsak “ 1864-1885- yililarda 20 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari olib borildi . O’rta Osiyo xonliklari hududining katta qismi (1583255 kv.km) bosib olinib mustamlakaga aylantirildi”.2 . Manashu davirdan boshlab milliy ozodlik harakatlari boshlangandi. Bu harakatlar 20-asr boshlarida Jadidchilik harkati ham qushildi. “Turkistonda mustamlakachilikka qarshi milliy-ozodlik harakatlari bilan bir qatorda mahalliy aholining aksaryat qismi o’zlikni saqlab qolish, milliy madanyatni asrash va rivijlantirishni bir kun bulsa ham unutmadi. O’rta Osiyoga nisbatan Rossiya imperiyasining harbiy jihatdan ustunligi mahalliy aholining ochiqdan ochiq kurash olib borishga imkon bermadi. Shuning uchun ham Vatan, millat, xalq qayg’usini tushungan kishilar , ayniqsa, ziyolilar xalqni ozodlikka eltuvchi yo’l bu – uning ma’rifatini uyg’otish deb bildi. Ular xalqni ma’rifatli qilmasdan turib, mustaqillikni qulga kiritib bolmaydi, deb hisoblaganlar. Ziyolilar xalq orasida ilg’or g’oyalarni tarqatishda maorif tizimini asosoy vazifa deb bildilar. O’lka milliy ziyolilarining jamiyatni yangilashga va isloh qilishga qaratilgan harakati jadidchilik nomi bilan maydonga chiqdi”.3

Bu harakatlar SSSR davrida qattiq qatag’onga uchradi va juda kop ziyolilarimiz uzoq ulkalarga surgun qilindi yoki otib tashlandi.

“Biz ona O’zbekiston istiqlolini, uning sha’nini, shavkatini qanday himoya etishni ota-bobolarimizdan meros qilib olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog’imiz darkor.

Ulug’ ajdodlarimizdan muqaddas meros bolib kelayotgan vatanga muhabbat tuyg’usi, farzandlarimiz, bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun chinakkam e’tiqodga, chinakkam aqidaga aylansin”4. Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov aytgan ushbu so’zlar isboti ularoq 1980-yillar oxiridan yana milliy ozodlik harakatlari boshlandi.

2, 3 “ O’zbekiston tarixi “– 9- sinf darslik, 22-bet, 87- bet.

4 ---“ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” ---- I.A.Karimov. “Ozbekiston”---2011



Dunyodagi xalqlar va millatlarning ozodlik yo‘lidagi kurashlar tarixi shundan dalolat beradiki, jamiyat hayotidagi tub burilishlar davrida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zi buyuk yo‘lboshchilarni maydonga chiqaradi.

Hindiston tarixida Maxatma Gandi, Amerika Qo‘shma Shtatlari tarixida Jorj Vashington, Fransiya tarixida Sharl de-Gol, Turkiya tarixida Mustafo Kamol Otaturk ana shunday tarixiy missiyani o‘z zimmasiga olib, ona xalqining milliy ozodlik kurashiga boshchilik qilganini yaxshi bilamiz.

Bu haqda gap ketganda, Sohibqiron Amir Temur bobomiz XIV asrda Turkiston zaminini mo‘g‘ullar zulmidan ozod etib, o‘ziga yuklatilgan buyuk missiyani ado etganini hamisha g‘urur-iftixor bilan esga olamiz. XX asrning 90-yillariga kelib esa Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ana shunday o‘ta og‘ir va mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga oldi.

80 yillar oxiri 90 yillar boshlarida O`zbekistonda jamiyatning turli sohalarida mustaqillikka intilish harakatlari kuchayib bordi. 80 yillarning ikkinchi yarmidan mustaqillikni qo`lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda davlat tili to’g`risidagi qonunni qabul qilinishi mustaqillik yo`lida muhim bosqich bo`ldi. 1990 yili bahorida markazning qattiq qarshilishga qaramasdan sobiq Ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo`lib O`zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi. Bu o`zbek davlatchiligi va mustaqillikning printsipial yangi bosqichi bo`ldi.

            I.A.Karimov 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Kengashida O`zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to`ldirdi va g`oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g`oyasi keng qo’llab-quvvatlandi”5.



Ushbu jarayonlarga bosh bulgan birinchi prezidentimiz I.A.Karimov xalqning ishonchiga kirib xalqni birlashtirishdek ulkan tarixiy voqiaga O’bekiston Respublikasining mustaqilligiga erishishiga sababchi inson boldi.

5---Manba “tarix.uz” sayti

2.Mustaqillik e’lon qilinishi arafasida respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat

 Mamlakatimizda so’ngi 20 yil ichida erishgan yutuq va marralarimizni holis 

va  munosib  baholash  uchun    mustaqillik  ostonasida  ijtimoiy-siyosiy  hayot  qanday murakkab vaziyatda bo’lganini, bu vaziyatni tubdan yangilangan yo’nalishga burib yuborish uchun ulkan donishmandlik va jasorat , insoniylik va ezgulik tamoyillariga yo’g’rilgan, ko’pchilikka ibrat va namuna bo’ladigan vazmin siyosat talab etilganini esga olishimiz va o’zimizga aniq tasavvur etishimiz muhimdir6.

  Demak mamlakatimiz mustaqillikka erishishi  arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy  holatlarning  fojiali  tus  olishi,  qaror  topgan  xo’jalik,  ishlab  chiqarish  va moilaviy  aloqalarning  butunlay  izdan  chiqishiga  barham  berish,  ishsizlikning yanada kuchayishiga yo’l qo’ymaslik nihoyatda muhim zaruriyat edi.  

Quyidagi muammolarning negizi, ularning mohiyat mazmunini  hal etishdek mas’uliyatli  ish    Respublikamiz  Prezidenti  I.A.  Karimov  zimmasida  edi yurtboshimiz bu murakkab muammolarni  o’z donishmandligi sababli samarali hal etdi.  O’zbekiston  mustaqillikka  erishish  arafasida  mamkakatdagi   ijtimoiy-siyosiy vaziyat murakkab jarayonni boshidan kechirayotgan edi. 50-80  yillarning  birinchi  yarmi  vatanimiz  tarixidagi  eng  murakkab  davrlardan biridir.Bir  tomondan  mehnatkashlarning  fidokorona  mehnati  tufayli respublika iqtisodiyoti  rivojlandi.Ikkinchi  tomondan,  ijtimoiy-iqtisodiy,  ma’naviy  hayotda muammolar, noxush holatlar to’planib borib pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi7.

Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanish batamom to’xtab qolmagan bo’lsada,  siljish suratlari  tobora  pasayib  sekinlashib  bordi.Biroq  1956-yilda  ijtimoiy  hayotda iqtisodiyotni  qayta  qurish  demokratik  jamiyatni  yaratish  uchun  urinishlar  bo’lda. Bu urinishlar  natejasida  jamiyatda biroz bo’lsada    boshqaruv respublika ixtiyoriga berildi.  Demokratlashgan jamiyat vujudga kela boshladi, korxona va tashkilotlarda xo’jalik mustaqilligikengaytirildi, boshqaruv apparati qisqardi va shu kabi bir qator o’zgarishlar jamiyatning  barcha  qatlamlariga  yetib  bormadi  va  konservativ  kuchlarning qarshiligiga duch keldi.

6-A.SH.Bekmurodov va boshq. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitobini o’rganish  bo’yicha uslubiy qo’llanma. “O’qituvchi” 2012 99-sahifa

7-Usmonov Q, Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. T.2012 190-sahifa

 Jamiyatning  siyosiy  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotida  yuzaga  kelgan  inqirozli  holatning  sabablari  va  ildizi  fikrlashning  orqada  qolganligida,  muayyan tarixiy sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi.

Ijtimoiy munosabatlar  mehnatni rag’batlantirish tizimining buzilishi  oqibatida murakkab vaziyat vujudga keldi.  Malakali mehnatga haq to’lamasdan kamsitildi. Barcha  ishchilar    misol  uchun  vrach  va  sanitar  bir  xil  maosh  olardi.  Natijada aholining  mehnatga bo’lgan qiziqishi pasayib bordi bu esa unumning  pasayishiga olib keldi, mazkur holat yillar davomida  o’sib bordi mahsulot tanqisligini keltirib chiqardi. Bu  holatni  biz  nafaqat   ishchilar  haqqi  masalasida  balki  jamiyatning  har  bir ko’rinishida   ko’rishimiz  mumkin.   Jumladan  sog’liqni  saqlash  va  xalq  maorifi sohalarida  ham  ko’rib  o’tishimiz  mumkin.  Davlat  budjetidagi  mablag’  bu  o’z navbatida  ushbu  sohalardagi  moddiy  texnik  bazasining  eskirishiga,  ta’lim jarayonini  va  aholining  tibbiy  yordam  olishining  yomonlashuviga  olib  keldi. Yurtimizda   yosh  avlod  ta’lim  olishi  uchun  o’quv  qurollari  u  yoqda  tursin  hatto  o’quv muassasalari ham yomon ahvolda edi. 

Respublikadagi  9000  ga  yaqin  maktablarning  atiga  40  foizi  maktab  uchun mo’ljallab  qurilgan  binolar  qolganlari  esa  moslashtirilgan  binolarda o’qirdi.Ko’plari  avariya  holatida  edi.  O’quvchilarning  ko’pchiligi  ikkinchi  yoki uchinchi smenada  o’qir edi.  O’quvchilarning  yiliga  2-3  oylab  qishloq  xo’jaligi  ishlari  bilan  bandligi  o’quv ishlarini ishdan  chiqarar edi8Kadrlar tayyorlashda ham faqat son izidan quvilib sifat esdan chiqdi. 

Bundayin  ijtimoiy  larzalarda  xalqimizning  o’ta  qiyinchilik  bilan  hayot  kechirgan shunday  alamli  sharoitda  sho’rolar  xalqining  o’zligini,  tilini  yo’q  qilib  rus bo’lmagan  millatlarni  umuman  millat  sifatida  tobtab   assimilyasiyani  amalga oshirgan.  Bu  jarayon,  xususan  KPSS  XXII  syezdining  “  Kommunizm  qurish” dasturi  qabul  qilingach, bevosita kun tartibiga qo’yildi.  SSSRda  “sotsializm  to’la va uzil kesil g’alaba” qilgach, bevosita SSSR xalqining yangi tarixiy birligi sovet xalqi  paydo  bo’ldi.    Bu  birlik:   “Yagona  Vatan-SSSR;  “Yagona  til rus  tili”; “yagona  maqsad  kommunizm”;  “Yagona  mafkura marksizm   leninizm”  ga asoslanadi, degan g’oyalardan kelib chiqib, “Yagona xalq- sovet xalqi”; “Yagona pasport-Sovet pasporti” qoidasini ilgari surishgacha borib yetdilar.

8-Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova.O’zbekiston tarixi. T. “Iqtisod-Moliya”, 2006. 381-sahifa 

 

Baynalminal  tarbiya”  bayrog’i  ostida,  sistemali  sur’atda,  70yildan  ortiq vaqt mobaynida  xaspo’shlab  olib  borildi.  Demak  bu  g’oyalarning  asl  maqsadi millatning o’zligini yo’q qilish xalqni sovet xalqiga  aylantirish edi. 

Barcha davlat idoralarida hujjat rus tilida olib borilishi  odat tusiga kirdi.   O’zbek tili o’z yurtda ikkinchi  darajali  tilga  aylandi.  Misol  uchun  1970-yilda  1million  nusxada  chop etilgan  bo’lsa,  shundan  600  ming  (60%)  nusxada  rus  tilida  u  faqat  300 400ming (3040%)  o’zbek tilida edi xolos. Holbuki, o’zbeklar  O’zbekistonda  73  foizdan ortiqni tashkil etganlar9.

Bu  mustaqillik  e’lon  qilinishi  arafasida  Respublikadagi  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat haqida o’rganish jarayonida  ijtomoiy hayotning  barcha  sohalarida sof shovinistik mustamlakachilik  siyosati olib borilganiga guvoh bo’ldim.  Xalqimizning  juda  boy  tarixi  uning  madaniyati,  o’ziga   xos  noyob  xususiyatlarni bilmagan  va  bilishni  ham  xoxlamagan   kelgindilar  mahalliy  xalqning  urf-odatlari, an’analarini  oyoq  osti  qildilar.  Xalqimizning  boy  madaniyati  vama’naviy qadriyatlari kamsitildi. Milliy libos kiyish qoloqlik deb baholandi.  Milliy an’analar bo’yicha to’y qilgan, qarindosh urug’larini milliy va diniy qadriyatlar asosida  dafn qilganlar  tanqid  ostiga  olindi,  shavqatsiz  jazolandi.  Bu  qadar  xo’rlashlar xalqimizning sabr kosasini  to’ldirib bordi. 

Siyosiy  va  mafkuraviy  zug’umlarga    qaramasdan  ijtimoiy  ong  o’zgara  boshladi. O’tmish  va  hozirgi zamon muammolari to’g’risida munozaralar, turli  qarashlar, nuqtai  nazarlar  bildiriladigan  bo’ldi.    Jamoatchilik  paxta  yakkahokimligini tugatish,  o’zbek  tiliga  davlat  tili  maqomini  berish,   ekologik  holatni sog’lomlashtirish kabi masalalarni ko’tara boshladilar. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  O’zbekiston   Mustaqillikka erishish  ostonasida    kitobini  o’rganish  bo’yicha  o’quv  –uslubiy qo’llanmada ijtimoiy-siyosiy  jarayon  mustabid  tuzumdan  qolgan  og’ir  meros  haqida  aytib 

o’tilgan.   

9-N.Jo’rayev.SH.Karimov. O’zbekison tarixi.T. “Sharq” 2011-yil (II-kitob)  595-sahifa.

3 §. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi

1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi. Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:

„O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi: — o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari; — har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi; — har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda; — O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda; — xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qad¬riyat¬larga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi“.

O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov 1991- yil 20- avgust kuni respublika aholisiga o‘zining murojaatini e’lon qildi: „Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu

maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to‘liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo‘layotgan o‘zga-rishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz“. Prezident xalqqa: „Biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz“, — deb murojaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi10.

. 1991- yil 25- avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi.

12---Islom Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet O‘zbekistoni“ gazetasi, 1991- yil, 21- avgust soni

1991- yil 31- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi.

Prezident I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.

Sessiyada „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti“ qabul qilindi.

O‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olib, — xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, — O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab, — shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to‘g‘risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib, — millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib, — Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.

Xulosa


Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ko’p asrlardan beri xalqimiz ozod va faravo hayotni orzu qilishgan va bu yolda tinimsiz harakat, kuch sarflashgan va qanchadan qancha ajdodlarimiz bu yo’lda jon berishgan. Tarixga nazar solsak yurtimizga juda kop xalqlar ko’z olaytirishgan va xalqimiz qanchadan qancha azob uqubatlarni boshidan o’tkazgan. Bugun biz ana shu ajdodlarimiz orzu qilgan kunlarda yashamoqdamiz. Va bu kunlarning qadri qimmatini to’g’ri baholagan holda bu mustaqilligimizni, ozodligimizni ko’z qorachig’imizdek asrashimiz kerak.

ADABIYOTLAR

“ O’zbekiston tarixi “– 9- sinf darslik

Narzulla Jurayev. O’zbekiston tarixi

“ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” ---- I.A.Karimov



-Usmonov Q, Sodiqov M. O’zbekiston tarixi

ELEKTRON SAYTLAR

Tarix.uz

Uzwikibooks.org



Download 32.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling