O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan biri konservalar ishlab chiqarish tarmog‘i bo‘lib, meva va sabzavotlardan mahsulotlar tayyorlanadi. Asosiy mahsulotlari- meva kompotlari, murabbo, djim, sharbatlar, maridlangan va tuzlangan sabzavotlar, pomidor pastasi, quritilgan mevalar va boshqalar. 1913 yilda hozirgi O‘zbekiston hududida kustar usuli bilan mahsulot tayyorlaydigan 3 ta kichik konserva korxonasi bo‘lib, ularda jami 200 ming banka konserva ishlab chiqarilgan. Respublikada konserva sanoati 30 yillarda rivojlangan. 1929 yil Yangi yo‘l, 1932 yil Toshkent, 1940 yil Samarqand konserva zavodlari qurildi. Urushdan keyingi yillarda Farg‘ona, Andijon , Shahrisabz va boshqa korxonalarda o‘nlab konserva zavodlari qurildi. Konserva korxonalari asosan “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi tarkibiga kiradi. 2005 yilda Respublikada 22 ta konserva korxonalari, 3 ta meva qoqi va quritilgan sabzavotlar ishlab chiqaradigan korxonalar bor. O‘zbekistondan Germaniya, Polsha, Italiya, Malayziya, Yaponiya va Hamdo‘stlik davlatlariga turli meva va sabzavotlar konservalari, pomidor pastasi mayiz, turli xil qoqilar eksport qilinadi, ya’ni har yili 35 mln shartli banka konserva 1450 tonna quritilgan meva chetga chiqariladi. Asosiy mahsulotlari- meva kompotlari, murabbo, djim, sharbatlar, maridlangan va tuzlangan sabzavotlar, pomidor pastasi, quritilgan mevalar va boshqalar. 1913 yilda hozirgi O‘zbekiston hududida kustar usuli bilan mahsulot tayyorlaydigan 3 ta kichik konserva korxonasi bo‘lib, ularda jami 200 ming banka konserva ishlab chiqarilgan. Respublikada konserva sanoati 30 yillarda rivojlangan. 1929 yil Yangi yo‘l, 1932 yil Toshkent, 1940 yil Samarqand konserva zavodlari qurildi. Urushdan keyingi yillarda Farg‘ona, Andijon , Shahrisabz va boshqa korxonalarda o‘nlab konserva zavodlari qurildi. Konserva korxonalari asosan “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi tarkibiga kiradi. 2005 yilda Respublikada 22 ta konserva korxonalari, 3 ta meva qoqi va quritilgan sabzavotlar ishlab chiqaradigan korxonalar bor. O‘zbekistondan Germaniya, Polsha, Italiya, Malayziya, Yaponiya va Hamdo‘stlik davlatlariga turli meva va sabzavotlar konservalari, pomidor pastasi mayiz, turli xil qoqilar eksport qilinadi, ya’ni har yili 35 mln shartli banka konserva 1450 tonna quritilgan meva chetga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |