O’zbekistonning oziq-ovqat sanoati geografiyasi reja

Download 0.52 Mb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1520818
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oziq-ovqat sanoati korxonalarining asosiy turlari.

Korxonalarda yangi zamonaviy texnologiyalar va uskunalar o‘rnatilmoqda. Aholi ehtiyojlarini respublikaning o‘zida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari ko‘rilmoqda. Chunki Respublika eksportida oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi eng ko‘p bo‘lib kelmoqda, ya’ni 1995 yilda umumiy import hajmining 18.2% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib 7% ni oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Tarmoqda 3646 korxonalar faoliyat ko‘rsatadi. Ularning 99.5% nodavlat sektori, 0.5 % davlat sektoriga to‘g‘ri keladi.

Go‘sht sanoati –oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, 1930 yillarga qadar O‘zbekiston aholisini go‘sht bilan va tarqoq qassobxona va qushxonalar ta’minlab kelgan. Ot go‘shtidan qazi, qoramol, qo‘y go‘shtidan uzoq muddat saqlanadigan qurutilgan, qovurilgan go‘sht mahsulotlari tayyorlangan. 1905 yilda Toshkentda Orifxo‘ja Azizxo‘jayev Turkiston o‘lkasida birinchi zavod tipidagi qushxonaga asos solgan. 1929 yilda bu qushxona negizida Toshkent go‘sht kombinati tashkil etildi.

Hozirgi kunda Respublikamizning barcha viloyatlarida va yirik shaharlarida muzxonalar mavjud. Respublika go‘sht sanoatida Germaniya va Turkiya firmalari bilan hamkorlikda suyakni qayta ishlash, ichak mahsulotlarini tayyorlash, yarim tayyor go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, go‘shtni qadoqlash va o‘rab iste’molga chiqarish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirda asosan viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarida turli mulkchilik shakllariga mansub 11 ta go‘sht kombinati bo‘lib, ularda go‘sht va 50 turdan ortiq kolbasa mahsulotlari va dudlangan go‘sht mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling