O'zbekistonning shht bilan hamkorlik munosabatlari


Download 0.72 Mb.
Sana06.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1334065
Bog'liq
O\'zbekistonning SHHT bilan hamkorlik munosabatlari

O'zbekistonning SHHT bilan hamkorlik munosabatlari

Reja: 1. Shanxay hamkorlik tashkilotining vujudga kelishi tarixi 2. O‘zbekistonnin SHHTga a’zo bo‘lishi 3. SHHT ning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati

1996- yilda Shanxayda, 1997- yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Òojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa „Shanxay forumi“yoki „Shanxay beshligi“tashkiloti tuzilgan edi.

2001- yil 14—15- iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O‘zbekistonning „Shanxay forumi“ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida bayonot imzolandi.

O‘zbekiston „Shanxay forumi“ga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay hamkorlik tashkiloti — SHHT,deb o‘zgartirildi. O‘zbekiston uning asoschilaridan biri bo‘ldi. 2001- yil iyunda bo‘lgan sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to‘g‘risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.

SHHT doirasida a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlarining kengashi, Mudofaa vazirliklarining kengashi tuzilgan va faoliyat yuritmoqda.

Hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, tegishli organlarning bahamjihat harakatini ta’minlash maqsadida a’zo davlatlarning milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi (MMK) tashkil etilgan. MMK 2001- yilning iyun oyida tashqi ishlar vazirlari imzolagan nizom asosida faoliyat yuritmoqda.

2002- yil 6—7- iyun kunlari SHHT ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati — SHHT Xartiyasi, SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi.

2003- yil 29- may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda SHHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari — Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu tashkilotlar 2004- yil yanvardan boshlab ish boshladilar.

2004- yil 17- iyun kuni Toshkentda SHHT ga a’zo davlatlar rahbarlarining Sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda ikki asosiy masala— xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi. Sammitda 2004- yil mart oyida O‘zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi.

Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik havfi paydo bo‘lganligi, terrorchilarning bazalarini yo‘qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi. Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo‘mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklatiladi.


transport infratuzilmasini rivojlantirish;
tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish;
suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish;
transport infratuzilmasini rivojlantirish;
tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish;
suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish;
ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida
fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida
ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to‘siq va muammolarni bartaraf
investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to‘siq va muammolarni bartaraf

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Xu Szintao Xitoy hukumati SHHT doirasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratishini ma’lum qildi. Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konventsiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar — jami o‘nta hujjat imzolandi.

Xulosa Shanxay hamkorlik tashkilotining dunyo miqyosidagi nufuzi yil sayin ortib bormoqda. Ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda O‘zbekiston va SHHT aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu albatta biz uchun manfaatlidir

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi. I. Haydarov , M. Asqarov 2. O‘zbekiston tarixi. Milliy istiqlol davri. Q. Usmonov 3. kun.uz 4. daryo.uz


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling