O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki - O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki
- O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Yevropa Ittifoqi, Arab mamlakatlari ligasi (AML), Amerika davlatlari tashkiloti (ADT), Afrika birligi tashkiloti (ABT), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT), Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) kabi bir qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasining ushbu shartnomalarda qatnashishi uning ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomidir.
O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish masalalari. - O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish masalalari.
- O’zbekiston qonunchiligida terrorizmga qarshi kurashning asosiy tamoyillari (qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, jazoning muqarrarligi) bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir:
- 1. O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni (2000-yil 15-dekabr).
- 2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi (2001-yil 18-oktyabrdagi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan).
- 3. O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat, jinoyat-protsessual kodeksi va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (2001-yil 29-avgust).
- 4. O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni (2004-yil 26-avgust).
Do'stlaringiz bilan baham: |