O‘zbekistonning tinchlik va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi hamkorlik shakllari


Download 66.52 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi66.52 Kb.
#1251621
  1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu

O‘ZBEKISTONNING TINCHLIK VA XALQARO XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

1. Ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi hamkorlik shakllari.

2. O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki.

3. O'zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish masalalari.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

  • O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

Ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi hamkorlik shakllari.

  • Ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi hamkorlik shakllari.
  • Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanini ta’kidlab, jahon hamjamiyati unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligini jahonning nufuzli tashkilotlari minbarlaridan e’lon qildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1993-yil 28-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatini Afg'oniston muammosini izchil o‘rganish va yechishga chaqirdi.
  • 2001-yilning 28-sentyabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi 1373 (2001)-sonli rezolyutsiyani qabul qilib, tashkilot qoshida terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasini tuzdi. Ushbu qo‘mitaning tuzilishi va faoliyati 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov taklif qilgan terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazining konsepsiyasiga hamohangdir. Zero, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 1999-yilning noyabrida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) Stambulda bo‘lib o‘tgan Sammitida va 2000-yilning 7—8-sentyabrida Nyu-Yorkda boiib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining «Mingyillik sammiti»da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish taklifini bayon qilgan edi. Ushbu tashabbus amalga oshganidan so‘ng, O‘zbekiston 2001-yil dekabr oyida va 2002-yilning avgust oyida BMT Xavfsizlik Kengashining yuqorida zikr etilgan rezolyutsiyasining bajarilishi xususida BMTning terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasiga ma’ruzalar taqdim etdi.

Download 66.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling