O'zbekistonning xuquqiy xalqaro reytingdagi orni


Download 206.89 Kb.
bet3/6
Sana30.04.2023
Hajmi206.89 Kb.
#1413119
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekistonning xuquqiy xalqaro reytingdagi o`rni

Shuningdek, tadbirda xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) erishishdagi mavjud muammolar ham sanab o‘tildi. Xususan, «Meros» jamg‘armasining Iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekistonning o‘rni pasaygan.

  • Shuningdek, tadbirda xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) erishishdagi mavjud muammolar ham sanab o‘tildi. Xususan, «Meros» jamg‘armasining Iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekistonning o‘rni pasaygan.
  • «O‘zbekiston 177 ta davlat orasida 117-o‘rinni egallab, 2021 yilga nisbatan 9 pog‘onaga pasaygan va mamlakatimiz iqtisodiyoti «asosan erkin bo‘lmagan mamlakatlar» guruhida qoldi.
  • Indeksning «Erkin savdo» ko‘rsatkichida O‘zbekistonning o‘rni rekord darajada yaxshilangandi: 2021 yildagi 163 ta o‘rindan 67-o‘ringa ko‘tarildi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, investitsiya, moliyaviy erkinlik va monetar erkinlik ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish qayd etildi», – deydi Tanzila Norboyeva.
  • O‘zbekiston indeksning ayrim ko‘rsatkichlarida samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI)ga erisha olmagan.
  • «Eng yomon ko‘rsatkich Oliy sud mas’ul bo‘lgan «Sud faoliyati samaradorligi» yo‘nalishi bo‘ldi. Amaldagi 50,8 balldan 13,1 ballga (-37,7) pastlagan.
  • Moliya vazirligi mas’ul bo‘lgan «Soliq yuki» va «Fiskal salomatlik» ko‘rsatkichlarida ham ballarimiz pasayganligi hisobiga KPI'ga erishilmadi.
  • Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi mas’ul bo‘lgan «Biznes erkinligi» ko‘rsatkichida mamlakatimiz o‘rni 14,4 ballga pasayib, KPI'ga erishilmadi.
  • Bandlik vazirligi mas’ul bo‘lgan «Mehnat bozori erkinligi» indeksida ham KPI'ga erisha olmadik. Ko‘rib turganimizdek, KPI'ga erishish bo‘yicha ishlarimiz qoniqarli darajada emas», – dedi Norboyeva.

Oʻzbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilashda parlament qanday yoʻl tutadi?

  • Bugun Oʻzbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal surʼatlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan eʼtirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa oʻz-oʻzdan boʻlmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi oʻzgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan koʻtarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni ana shu saʼy-harakatlarni yangi pogʻonaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
  • Oqibat natijada mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi jozibadorligini oshirish mezoni boʻlib xizmat qiladigan xalqaro reyting va indekslarni oshirish jarayonida parlamentning oʻrni qanday boʻladi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 4-iyun kuni “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli” mavzusida oʻtkazilgan seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda parlament oldida turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
  • Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yoʻlga qoʻyildi.

Download 206.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling