O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 29.75 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi29.75 Kb.
#1241430
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 6 - noyabrdagi

Oldingi tahrirga qarang.
11. 2021-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlashning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar boshqarmalari va Toshkent shahar bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — hududiy xalq ta’limi boshqarmalari) tomonidan tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshirish tartibi joriy qilinsin.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son)
Bunda:
umumta’lim muassasalarining bo‘sh direktor lavozimlari uchun hududiy xalq ta’limi boshqarmalari kiritgan nomzodlar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tanlovdan o‘tkaziladi;
umumta’lim muassasasi direktorligi uchun nomzodlar tanlovda tegishli umumta’lim muassasasi ko‘rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha o‘z dasturi (keyingi o‘rinlarda — 3 yillik dastur) bilan ishtirok etadi;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tanlov natijalariga ko‘ra umumta’lim muassasasi direktori lavozimiga tayinlash uchun eng yaxshi 3 yillik dastur egasi shaffoflik tamoyillari asosida tanlab olinadi hamda lavozimga tayinlash uchun hududiy xalq ta’limi boshqarmalariga taqdim etiladi;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tanlab olingan nomzod hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan umumta’lim muassasasi direktori lavozimiga tayinlanadi;
umumta’lim muassasasi direktori yil yakuni bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari va jamoatchilik vakillariga 3 yillik dasturning ijrosi yuzasidan hisobot beradi va hisobot natijasiga ko‘ra uning faoliyatiga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan baho berib boriladi.
12. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmasi boshliqlari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari bir vaqtning o‘zida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari hisoblanadilar.
13. 2021-yil 1-yanvardan boshlab har bir umumta’lim muassasasida Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etilsin.
Belgilansinki:
a) Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlar, oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o‘qituvchilari jalb qilinadi;
b) Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimiga tayinlangan:
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va o‘qituvchilarining mehnatiga — mazkur oliy ta’lim muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadi;
v) Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarga yosh avlodni ma’nan barkamol etib tarbiyalash, maktab o‘qituvchilari va faol o‘quvchilarining ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazishga ko‘maklashish, turli xildagi viktorinalar, mushoiralar, adabiy kechalar, qiziqarli darslar, kitobxonlik va she’rxonlik musobaqalarini tashkil etish vazifalari yuklanadi.
14. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimga tayinlash tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat markazi tavsiyasiga asosan amalga oshiriladi;
umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari yil yakuni bo‘yicha tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot beradi va hisobot natijasiga ko‘ra uning faoliyatiga baho berib boriladi.
15. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o‘rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun “Kasbga yo‘naltirish tizimi” joriy etilsin.
Mazkur tizim doirasida:
a) Xalq ta’limi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazsin, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini aniqlasin va ularning ma’lumotlar bazasini yaratsin;
7-sinf o‘quvchilari uchun har oyda bir marta “Kasblar olamiga sayohat” mavzusida maxsus kurslar olib borsin;
8-sinf o‘quvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida seminar-treninglar olib borsin hamda o‘quvchilarni kelajakda egallamoqchi bo‘lgan kasblarga yo‘naltirsin;
9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borsin;
b) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatorida umumta’lim muassasalari bitiruvchilari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlarni belgilasin hamda ularning professional standartlarini ishlab chiqsin;
umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun maxsus kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan mutaxassisliklarga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilsin;
o‘quvchilarning maktab fanlari bo‘yicha amaliy darslarini salohiyatli ish beruvchilar, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalari, klasterlar va kooperatsiyalarda o‘tkazilishini ta’minlasin;
tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari hamda yaqin masofada joylashgan kasb-hunar maktablarida umumta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maxsus “situatsion xona”larni tashkil etsin, elektron dastur va ko‘rgazmali materiallarni ishlab chiqsin;
tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari rahbarlari tomonidan umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy darslar o‘tkazilishini ta’minlasin.
16. Belgilansinki, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimi joriy etiladi;
dual ta’lim tizimi asosida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan o‘quvchilarga ish beruvchi bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasiga muvofiq ish haqi to‘lanadi;
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy malakasini “WorldSkills” standartlari asosida baholash tartibi bosqichma-bosqich joriy qilinadi va ishchi kasblar bo‘yicha “WorldSkills Uzbekistan” musobaqalari o‘tkaziladi;
professional ta’lim muassasalariga xorijiy mamlakatlardagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni tashkil etish vakolati beriladi.
17. Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi nufuzini oshirish maqsadida:
milliy reytingda so‘nggi 3 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallab kelayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik berilsin hamda mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilinsin;
milliy reytingda birinchi 10 ta o‘rindan birini egallagan oliy ta’lim tashkilotiga mavjud ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolati berilsin.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va tizimida oliy ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar 2021-yil 1-fevralga qadar 2030-yilgacha xalqaro reytinglarda 2 ta oliy ta’lim tashkilotini — birinchi 500 ta o‘rindagi, 8 ta oliy ta’lim tashkilotini — birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish uchun tegishincha “2+500” va “8+1 000” loyihalarini ishlab chiqsin va taqdimot qilsin.
18. Oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy ta’lim tashkilotini tashkil qilsin.
19. Axborot texnologiyalari, biologiya, kimyo va geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
20. Belgilansinki, 2021-yildan boshlab oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar buyurtmasiga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi tematik grantlar ko‘lami kengaytiriladi, doktoranturaga qabul bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin.
21. Mazkur Farmonning alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha harakatlar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni 4-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
23. Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Download 29.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling