O’zbekistonning yangi tarixida uchinchi renessans davri. Reja


Download 72.06 Kb.
bet2/2
Sana07.04.2023
Hajmi72.06 Kb.
#1337799
1   2
Bog'liq
Mavzu O’zbekistonning yangi tarixida uchinchi renessans davri.

Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiyaxloqiy, madaniymaʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, masalan erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida qadriyatga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan. Holbuki qadriyat aksiologiyaga xos kategoriyadir. Qadriyatni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obʼyektiv asosi, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning Qadryatlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Mas, yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiklol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki bemorlikda — sihatsalomatlikning qadri oshib ketadi. Qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Qadriyatlar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xattiharakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xattiharakatini maʼlum yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga aylanadi. Qadriyat-lar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonunqoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday qadriyatlar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy qadriyatlardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, goʻzalligi bilan bogʻliq qadriyatlar shaxsiy qadriyatlardir.
Xo’sh shunday ekan inson uchun qadriyatkar qanchalik muhim? O’zi aslida qadriyatlar bizga nima uchun kerak? Qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Har bir inson Allohning go’zal bir mo’jizasi hisoblanadi. Bu dunyoga kelgan har bir tirik jon borki unga yuklatilgan vazifasi mavjud. Xop shunday ekan unda bu vazifa nimadan iborat? Biz bu vazifani qanday qilib bilib olishimiz mumkin? Qadriyatlar bizaga shu vazifamizni bajarish uchun bamisoli yo’l xaritasidek. Yo’l xaritasi bizni manzilimizga adashtirmay yetkazib borsa qadriyatlarimiz ham xuddi shunday bizga yuklatilgan vazifani bajarishimiz uchun yo’l boshchi. Yuqorida aytganimizdek har bir insonnning o’zining shaxsiy qadriyatlari mavjud. Shunchaki biz qadriyatlarimizni shakllantirishimiz uchun , avvalo, o’zimizni isloh qilishimiz kerak. Xo’sh shu o’rinda yana savol tug’iladi: ,,O’zimizni qanday isloh qilishimiz mumkin? Hozirda biz zamon, texnika, texnologiya rivojlangan davrda yashayabmiz. Insoniyat aql bovar qilmas naslarni yaratdi. Masalan oddiy telefonni olsak uzog’imizni yaqin qiladi, qardoshlarimizdan yonlariga bora olmagan vaqlarida bemalol hol – ahvollarini so’rab turishimiz mumkin, bemalol uydan turib turib dunyoda, jamiyatimizda sodir bo’ladigan siyosiy ahvol,o’zgarishlarni ko’ra olishimiz mumkin. Bir qancha foydali tomonlarini sanab o’tishimiz mumkin ,lekin tanganing ikkinchi tarafi bor deganlaridek yomon taraflari ham yo’q emas. Telefonni inson yaratdi , lekin hozir shu telefon bizni boshqarmoqda. Xo’sh nima uchun biz telefonni quliga aylanyabmiz, nima uchun unda soatlab keraksiz naesalarni tomosha qilib o’tiramiz? Shunchaki bizda shaxsiy intizom yo’qligi tufayli. O’z-o’zidan bu shaxsiy qadriyatlarmizni ham yo’qolishiga olib keladi.
Xo’p shaxsiy intizom nima ? U bizaga aslida nima uchun kerak?
Shaxsiy intizom- bu
Download 72.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling