O’zbekistonning yangi tarixida uchinchi renessans davri. Reja


Download 72.06 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi72.06 Kb.
#1337799
  1   2
Bog'liq
Mavzu O’zbekistonning yangi tarixida uchinchi renessans davri.



O’ZBEKISTONNING YANGI TARIXIDA UCHINCHI RENESSANS DAVRI.
Reja:
1. Renesans-qayta uyg’onish davri
2. O’zbekistonning yangi tarixida uchinchi renesans davri
3. Uchinchi renesans yoshlari
Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar) va Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. „Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash ( Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliy fikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Michelangelo , Rafael  Shakespeare, Miguel de Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida „Musulmon Renessansi“ (A. Mets) yoki „Sharq Uygʻonishi“ (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi.
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qad. davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish davri ham boʻlmaydi. Markaziy Osiyoda 9—13-asrlarda oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti, „ishroq“ falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar yuzaga kelib, fikriy xilmaxillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona taʼlimotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga boʻlgan ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar. O’zbekiston tarixidagi ilk renessans davri Somoniylar davriga to’g’ri keladi. Somoniyalr davrida ilm-fan, maorif, madaniyat, qurilish sohasi, matematika o’zining eng cho’qqisiga yetdi. Bu davrda ayniqsa Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda Sharqning o‘ziga xos Fanlar Akademiyasi «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilgan edi. «Bayt ul-hikma» da katta kutubxona hamda Bag‘dodda va Damashqsa astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadhonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bi-lan bir qatorda qadimgi yunon, fors va hind olimlarining ulkan merosini to‘plash, asrash va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar. Qariyb ikki asr mobaynida faoliyat ko‘rsatgan jahonga mashhur bu ilmiy dargohning ko‘p sonli olimu fuzalolari orasida Masarjavayh, Muhammad Fazoriy, Fazl Navbaxt, Yoqub Kindiy va ko‘pgina boshqalar kabi bir nechta chet tillarni mukammal biladigan yetuk tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar. Bu davrda «Bayt ul-hikma»da Muso Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid Marvarudiy, Ahmad Farg‘oniy, Abdulloh at-Turk, Abu Xolid Sog‘uniy, Qaffol Shoshiy kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asrlar ilmu fani, xususan, matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, kimyo va huquqshunoslik fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadilar. Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda Islom ta'limoti va mafkurasining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo‘ldi. Bu borada ayniqsa Ismoil a l-Buxoriy va uning zamondoshi va shogirdi Iso at-Termiziylarning hissasi nihoyatda buyuqdir. Ismoil al- Buxoriyning to‘liq ismi Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriydir. U 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan, kuchli qobiliyat va xotiraga ega bo‘lgan. Yoshligidanoq hadislarni o‘rganishga kirishib, butun umrini hadis ilmiga bag‘ishlagan. U hadis va tafsir olimi, tarixchi bo‘lib yetishgan. Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va boshqa o‘lkalarda yashab 600 mingdan ortiq hadis to‘plagan. Ulardan eng ishonchlilarini saralab, 4 jildli «Al-jome as-sahih» («Sahihi Buxoriy») to‘plamini tuzgan. Bu asar islom dunyosida Kur'ondan keyin ikkinchi manba sanaladi va islom dorilfununlarida asosiy darslik sifatida o‘rganiladi. Bu bebaho asarga kiritilgan 7275 hadis va ularga berilgan ko‘pdan-ko‘p sharhlarda faqat shariat ahkomlariga oid qoidalargina ifodalanmaydi, balki inson ma'naviy kamolotining ramzi hisoblangan mehr-muhabbat, hurmatu izzat, muruvvatu himmat, halolligu mehnatsevarlik, saxiyligu ochiqko‘ngillik hamda o‘zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar haqida bayon etilgan Imom al-Buxoriy «Al-adab ul-mufrad» («Adab durdo-nalari»), «Tarix al- Buxoro» («Buxoro tarixi»), «Al Jo-mi' al-sag‘ir» («Muxtasar to‘plam») nomli asarlar yozgan. Uatrofiga ko‘plab shogird va izdoshlarini to‘plagan. Uning eng mashhur shogirdlaridan biri Imom at-Termiziy edi. Imom at-Termiziy hadislar to‘plab, bir qancha asarlar yozgan, «Jome as - Sahih» yoki «Sunani Termiziy», «Kitob Ilal», «Kitob at-Tarix», «Kitob at- Shamoil an-Naboviya», «Kitob az-Zuhd» va boshqalar shular jumlasidandir.
Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek madaniyatining butungi huquqiy joylashuvida asos bo‘lib xizmat qildi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir. Amir Temur davrida O‘rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik o’zining eng yuqori cho’qqisiga yetdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo‘lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko‘plab fan va san'at ahllarini, hunarmand me'morlarni va musavvirlarni to‘pladi. O‘rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san'at sohalarida kamolot bosqichiga kutarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me'morchilikda namoyon bo‘ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko‘rmoq istasang - binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko‘chalar, me'moriy majmualar keng ko‘lam kasb etadi. Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan «Shahriston»dan ko‘lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand Shaxrisabzda kuzatish mumkin. Qadamjolar me'morchiligi ham o‘ziga xos tuzilishga ega. Temur Buxoroda Chashmai Ayub (1380y.) yodgorligini qurdiradi. Shunigdek, Temur Shahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira»- «Dor us-Siyozat» (1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O‘g‘li Jahongir vafot etgach Shahrisabzda maqbara (hazrati Imom) qurdirgan. Unda Xorazm me'morchiligi ananalarini ko‘rish mumkin. Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasi me'moriy san'atining noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo‘lib, uch qavatlidir. XV asr miniatyuralarining aksariyatida sharq she'riyatining qahramonlari-Layli va Majnun, Xusrav va Shirin, Rustam, jang lavhalari tasvirlanadi. Umuman miniatyura san'ati Iroq, Eron, Xuroson, Movarounnahr va Hindistongacha hududda bir davrga xos badiiy- estetik hodisa edi. Bu hodisa Temuriylar bilan bog‘liq bo‘lib, temuriylarning Bag‘dod, Sheroz, Tabriz, Hirot, Samarqand, Dehli kabi markazlarida bir necha miniatyura maktablari vujudga keldi. Samaqanddagi saroy musavvirlari Abul Xayya va uning shogirdlari Shayx Mahmud Taliliy, Pir Ahmad Bog‘i Shamoliy, Muhammad bin Mahmudshoh Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlar nozik, bo‘yoqlar ustalik bilan qo‘llangan. Ularning miniatyuralari temuriylar dazriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysunqur Mirzo Hirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qilgach bu rassomlarning ayrimlari Hirotga ko‘chib o‘tadi. Abul hayya tarixiy asarlariga ishlangan miniatyuralarda Amir Temur va temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda tasvirlanadi. Xalil Sulton davrida ishlangan ayrim miniatyuralar grafik tarzda, badiiy jihatdan o‘ziga xos «siyohi qalam» uslubida ishlangan. Temur hayotlik davrida uning saroy devorlarida shox va shahzodalar bor bo‘yida tasvirlanib, haqiqiy portret janrini Kamoliddin Behzod shakllatirdi. Umuman, Temur va temuriylarning qiyofalari tasvirlangan ko‘plab miniatyuralar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning aksariyatida rasm chizilgan davr yoki rassom, joy, maktab ko‘rsatilmagan. Biroq, bu miniatyuralarda nur sochib turgan quyoshsimon sherning boshi tasvirlangan tug‘ Temurning gerbi-uning saroyi peshtoqida, Xalil Sulton va Ulug‘bek zarb qilgan tangalarda uchraydi.
Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g‘amxo‘rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma'rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Ahmad, Ulug‘bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko‘rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar sohasida buyuk olimlar yetishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa qo‘shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulugbek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro‘, Abdurazzoq Samarqanday, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san'at asarlari bilan mashhur bo‘ldi.
Temur va Temuriylar davridagi madaniy yuksalishning umumiy omillarini aniqlash shuni ko‘rsatadiki, ular o‘zaro uzviy bog‘langan va yaxlit bir butun holdagina qisqa vaqt ichidagi madaniy-ma'naviy yuksakligini yuzaga keltira olgan.
Bulardan birinchi navbatda siyosiy- ijtimoiy omilni ko‘rsatish mumkin. Movarounnahr va Xurosonda tarqoq, o‘zaro nizo va urushlar natijasida turli viloyat, amirliklarga bo‘linib ketgan va kelgindi hukmronlar - mo‘g‘illar tomonidan ayovsiz ezilgan xalqning mustamlakachiliqdan qutulishi, mamlakatda yagona birlashgan davlatning barpo etilishi, yagona davlatchilik asosida boshqarish qoidalarining joriy etilishi, zo‘ravonliklar, o‘zboshimchaliklar kabi illatlarning tugatilishi ijtimoiy yuksalishni ta'minladi.
Ikkinchi - iqtisodiy omil - Movarounnahr va Xurosonda yagona idora tizimining joriy etilishi iqtisodiy osoyishtalik, ishlab chiqarishni jadal rivojlanishga olib keldi. Davlat tomonidan dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiqning rivojiga e'tibor berilishi va bu sohada kator tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatning ma'naviy-madaniy taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchinchi - ma'naviy omil - avvalgi madaniy meros, ma'naviy qadriyatlar, boyliklardan keng foydalanish, ular asosida rivojlanishini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Markatiy Osiyoda avvalgi asrlarda, xususan IX-XIII asrlarda yaratilgan madaniy – ma'naviy boyliklardan, Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Chag‘miniylar merosidan; arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Rumii, Tusiy, Attor kabi allomalar merosidan: Musulmon Sharqi ma'naviy merosida keng ahamiyat kasb etgan qadimgi yunon ilmiy-ma'naviy, boyliklaridan keng foydalanildi.
To‘rtinchi -g‘oyaviy omil - bu omil ma'naviy omilning uzviy davomi bo‘lsa-da, uning muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi va o‘z davri ma'naviy hayotida katta rol o‘ynaganligi uchun alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu XV asrga kelib Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalgan tasavvuf - xususan Naqshbandiya ta'limotidir. Markaziy Osiyoda Yusuf Hamadoniy, Abdu Xoliq G‘ijduvoniy ta'limotlarini rivojlantirish asosida shakllangan Naqshbandiya ta'limoti va uning yirik vakillari XIV-XV asrlardaga siyosiy-ijtimoiy hamda madaniy hayotda nihoyatda muhim rol o‘ynadi, ma'naviy o‘zgarishlar ma'lum erkinlik uchun g‘oyaviy asos, omil bo‘lib xizmat qildi. Temur va temuriy shahzodalar, ko‘p olim- fozillar, hunarmandlar naqshbandiya ta'limotidan ozuka oldilar, o‘z faoliyatlari, ijodlari bilan uni har tomonlama boyitdilar.

Download 72.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling