Neftni qayta ishlash sanoati soxasida Oltiariq, Farg’ona, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg’ona zavodi surkov moylari va yonilg’i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish bo’yicha 30 dan ortiq tehnologik qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilgi yo’nalishida. Ko’kdumaloq neftgaz koni ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda 1993 yildan Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi va bir yilda 2,5 mln. tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo’lgan 1-navbati 1997 yil avgustida ishga tushirildi. Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan B-92 aviabenzini), dizel yonilg’isi, koks, parafin, motor moylariga qo’shilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum, suyultirilgan neft gazlari (butan, tehnik propan va boshqalar), mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni o’zlashtirish dasturiga muvofiq yangi tehnologiyalar o’zlashtirilmoqda. Hozirgi davrda respublikamiz neft sanoati korxonalari quvvatlari bir yilda 11 mln. tonna neftni qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Neft va gaz qazib olish xajmining o’sishi:
|
1960
|
1970
|
1980
|
1990
|
1995
|
1997
|
2006
|
Neft (gaz kondensati b-n birga), ming t.
|
1603
|
1805,3
|
1329,4
|
2810
|
7600
|
7900
|
5448
|
Gaz mln.m.kub
|
446,6
|
32094
|
34840
|
40761
|
4860
|
5120
|
56300
|
Keyingi yillarda qurilgan keskin tadbirlar natijasida neft (gaz kondensati bilan birga) qazib olish xajmi yuqori sur’atlarga o’sdi. Respublikaning neft mustaqilligi ta’minlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |