O’zbekistonning yoqilg’i energetika sanoati tarmoqlari geografiyasi Reja
Respublikada eng yirik gidroelektr stansiyalari
Download 38.71 Kb.
|
Diyorbek referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yirik issiqlik elektr markazlari
- 2.4 Energetika sohasidagi mavjud muammolar
Respublikada eng yirik gidroelektr stansiyalari
Yirik issiqlik elektr markazlari
2.4 Energetika sohasidagi mavjud muammolar Yurtimizda 42 ta energoblok mavjud bo‘lib, ularning deyarli — 50%i ma’nan va jismonan eskirgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta yoqib elektr energiya ishlab chiqarmoqdamiz”, degan mazmundagi so‘zlaridan shuni anglasa bo‘ladiki, bundan buyog‘iga uni tejab-tergab ishlatish va O‘zbekiston hukumatining gaz turbinalardan voz kechish siyosatini yurgizish ehtimoli yuqori bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot sifatida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu ishlarni tabiiy qazilma resurslarni qazib olish sohasi — ya’ni, gaz va neft sanoatida (Sho‘rtangaz, Gazli, Muborak va x.k) ham qo‘llash mumkin. Bu sohada ham mazkur muammolar mavjudligi ehtimoldan holi emas. Muammolarning yechimi bo’yicha takliflar 1. Mavjud eskirgan bug' turbinalar o‘rnini yuqori haroratli mujassamlangan parabalotsilindrik quyosh kollektorlari egallashi mumkin. Ularning issiqlik harorati 200−600 gradusni tashkil etadi: 2. Issiqlik elektr markazlari hamda tuman issiqlik qozonxonalarida past haroratli quyosh absorberlarini qo‘llash mumkin. 10 gradusli suv haroratini qozonxonalarni 40 gradusgacha bu absorberlar yordamida ko‘tarilsa, qolgan yuqori haroratni olish uchun yoqilg‘i ishlatish mumkin. Buning narxi ancha arzon tushadi: 3.Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida quyosh energetikasini O‘zbekistonda rivojlantirish memorandum tuziladi. Bu memorandum asosida Germaniya hukumati O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirish uchun beg‘araz moliyaviy yordam berishga va hamkorlik qilishga tayyor. Buni Germaniyaning aerokosmik va energetika markazining Afrika va Arab mamlakatlariga amalga oshirayotgan loyihalari misolida ko‘rishimiz mumkin. Mazkur memorandum asosida O‘zbekistondagi soha vakillarini quyosh energetikasi bo‘yicha, mamlakat ichida hamda Germaniyada bilim va malakalari oshirib boriladi. 4. O‘zbekistonda ikki davlat hamkorligida texnika universitetini tashkil etish. Bunga xorijda ilm olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimizni jalb qilish hamda ish bilan ta’minlash. 5.Quyosh issiqlik kollektorlarini Germaniya tajribasi va texnologiyasi asosida mahalliy xom-ashyo asosida ishlab chiqarish. Dastlabki bosqichdagi ishlarda nemis mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlar olib boriladi. Keyinchalik bu ishlar bevosita mahalliy soha mutaxassislar tomonidan amalga oshirib borish. 6. Turli quyosh kollektorlari va o‘lchash asboblari yordamida joylarda ilmiy- amaliy tadqiqot ishlarini olib borish hamda aholini quyosh energetikasini o‘z xonadonlarida o‘rnatishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan tegishli targ‘ibot ishlarini kuchaytirib boriladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun turli ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari hamda bog‘cha-maktablar asosiy poydevor asos bo‘ladi. 8. Turli sabablar bilan — xizmat safari bo‘yicha yoki mehnat va o‘quv ta’tili davomida O‘zbekistonga kelayotgan xorijdagi vatandoshlarimizdan unumli foydalanib, ular bilan sohasiga oida turli uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar tashkil etish, press klublarga taklif qilgan holda, ularning bilim va tajribalarini soha yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalarga yetkazib borish. 9. Har oy kamida bir marta, O‘zbekistondagi markaziy teleradiokanallar orqali muqobil energiyani iqtisodimizning turli jabhalarida samarali qo‘llash bo‘yicha teleradioloyihalar tashkil qilish lozim. Bunday targ‘ibot ishlarini muntazamligini ta’minlab, ushbu soha vakillari bilan uzviy bog‘langan holda tashviqot ishlari olib borish. 10. Internet tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatuvchi muqobil energiya portalini yaratish kerak bo‘lib, unda mahalliy olimlar bilan birga, xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikdagi ishlar tahilili keng yoritib borish. 11. Energetika sohasida, jumladan quyosh, shamol biogaz, geotermal sohalarda Germaniya Universitetlarida doktorantura, magistratura va bakalavr bosqichlarida o‘zbek yoshlari uchun maqsadli o‘qish tashkil etish. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida energetika sohasini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha bo‘lim yoki tarkibida yetakchi olim va mutaxassislardan iborat Maslahat Kengashini tashkil qilish lozim. Mazkur bo‘lim yoki Kengashning asosiy vazifalari etib, energetika sohasiga investitsiyalar jalb qilish bilan birga, bu borada ta’lim va ilmiy sohalarni rivojlantirish va to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish belgilanadi. Yuqoridagi amaliy takliflarni loyihalashtirib, tadbiq etish uchun alohida Dastur ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Prezident ikki yildan keyin hukumat boshqaruviga yoshlar keladi, deganlarini hisobga olib, loyihaning asosiy ishtirokchilar avvalo yoshlar bo‘lsa, mamlakatning kelajakda taraqqiy etgan, dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoriga olib chiqish uchun o‘zlarining munosib hissasalarini qo‘shishdan iborat deb hisoblayman. Ilgari Ravshan Xo’janov insoniyat uchun axloqiy energiya ta’minoti, muqobil energiya va yashil narx-tarifni qanday tadbiq etish mumkinligi haqida Spot uchun maxsus yozgan edi. Xulosa O'zbekiston iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. U mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o'rin tutib, iqtisodiy rayonlar va viloyatlarning, ijtimoiy ishlab chiqarish, texnikaviy darajasini belgilab beradi. Mamlakat asosiy fondlarining 40, yalpi ichki mahsulotning 15, milliy daromadning 25 foizi sanoatga to’g`ri keladi. Iqtisodiyotda band bo’lgan mehnat resurslarining salkam 13 foizi (yoki 1,1 mln.dan ortiq kishi) sanoat tarmoqlarida ishlaydi. Mustaqillik yillarida respublikada sanoatni ustivor rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ichki va xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, yangi korxonalar qurish, eskilarini qayta jihozlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, korxonalarda mulkchilik shakllarini o'zgartirish, resurslardan oqilona foydalanish va h.k. sanoatning barqaror rivojlanishini ta`minlamoqda. Respublikamizda 2001 yilda 1991 yilga nisbatan sanoat yalpi mahsuloti hajmi 114 %, Qirg`izistonda -68 %, Tojikistonda-38 foizni tashkil etdi. Energetika sanoati — tabiiy resurslardan energiya manbalarini olishga qaratilgan faoliyat sohasi. Bu faoliyatga qayta tiklanuvchi, yadroviy va qazib olinadigan yoqilgʻidan olinadigan energiya manbalarini ishlab chiqarish hamda isrof qilinadigan energiyani qayta tiklash va qayta ishlatish kiradi. Energiyani tejash va samaradorlik choralari, energiyani rivojlantirishga boʻlgan talabni kamaytiradi va atrof-muhit muammolarini yaxshilash bilan jamiyatga foyda keltirishi mumkin. Jamiyatlar energiyadan transport, ishlab chiqarish, yoritish, isitish, havoni tozalash, aloqa, sanoat, tijorat va maishiy maqsadlarda foydalanadi. Energiya resurslari birlamchi manbalar sifatida tasniflanishi mumkin, bunda resurs asosan asl shaklida ishlatilishi mumkin yoki energiya manbasini qulayroq foydalanishga yaroqli shaklga aylantirish kerak boʻlgan ikkilamchi resurslarga boʻlinadi. Qayta tiklanmaydigan resurslar inson foydalanishi natijasida sezilarli darajada tugaydi, qayta tiklanuvchi resurslar esa insonning cheksiz ekspluatatsiyasini davom ettira oladigan jarayonlar natijasida ishlab chiqariladi. Minglab odamlar energetika sohasida faoliyat olib boradi. Anʼanaviy sanoatga neft sanoati, tabiiy gaz sanoati, elektr energetikasi va atom sanoati kiradi. Yangi energiya sanoati muqobil va barqaror ishlab chiqarish, tarqatish va muqobil yoqilgʻilarni sotishni oʻz ichiga olgan qayta tiklanuvchi energiya sanoatini oʻz ichiga oladi. Energiya resurslari boshqa shaklga oʻtkazmasdan yakuniy foydalanish uchun yaroqli birlamchi manbalar yoki energiyaning yaroqli shakli asosiy manbadan sezilarli konversiyani talab qiladigan ikkilamchi resurslar sifatida tasniflanishi mumkin. Birlamchi energiya manbalariga shamol energiyasi, quyosh energiyasi, yogʻoch yoqilgʻisi, koʻmir, neft va tabiiy gaz va uran kabi qazib olinadigan yoqilgʻilar misol boʻladi. Ikkilamchi resurslar elektr energiyasi, vodorod yoki boshqa sintetik yoqilgʻilardir. Yana bir muhim tasnif energiya resursini qayta tiklash uchun zarur boʻlgan vaqtga asoslanadi. „qayta tiklanuvchi“ resurslar inson ehtiyojlari uchun muhim vaqt ichida oʻz imkoniyatlarini tiklaydigan resurslardir. Bularga gidroenergetika, shamol va quyosh energiyasini misol qilishimiz mumkin. Qayta tiklanmaydigan resurslar — bu inson tomonidan sezilarli darajada tugaydigan va inson hayoti davomida oʻz potentsialini sezilarli darajada tiklay olmaydigan resurslar. Qayta tiklanmaydigan energiya manbalariga misol qilib koʻmir insonning foydalanishini taʼminlaydigan darajada tabiiy ravishda hosil boʻlmaydi. Download 38.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling