O`zbеkistоnrеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi islоm kаrimоv nоmidаgi toshkеnt dаvlаt tехnikа unеvirsitеti tеrmiz filаli


Gips bo‘tqasining normal quyuqligini aniqlash


Download 3.67 Mb.
bet140/219
Sana07.10.2023
Hajmi3.67 Mb.
#1694510
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   219
Bog'liq
O`zbеkistоnrеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi is

Gips bo‘tqasining normal quyuqligini aniqlash;
Tabiiy gips toshini pishirishda xumdonning temperaturasini qanchalik oshirsak, yangi xil gipsli bog‘lovchilar hosil bo‘laveradi. Tabiiy gipsni (SaSO4. 2H2O) 120-170 °S qizdirganda, u qisman degidratotsiyalanadi va o‘zidan 1,5 molekula suv yo‘qotadi. Hosil bo‘lgan maxsulot tez quyuklanuvchan va qotuvchan yarim molekulali (SaSO4. 5N2O) qurilish gipsi bo‘ladi. Agar shu tabiiy gipsni yoki angidritni (SaSO4) 600-700 0S gacha qizdirsak angidrid gipsi yoki sement hosil bo‘ladi.
Qurilish gipsi qurilish qorishmalari, qurilish buyumlari tayyorlash, gipsli quruq suvoq, plita, panellar, devorbop tosh va bloklar, memorchilik bezak buyumlari, sement zavodlarida portlandsement tarkibiga qo‘shimcha qo‘shish sifatida va gipsli putssolon portlandsementli bog‘lovchilar olishda qo‘llaniladi.



  1. Gipsning maydalik darajasini aniqlash

Qurilishga keltirilgan gipsning har partiyasidan (bir partiyada 20t) 10-15 kg, agar gips qopda bo‘lsa har 10 kopdan 1-1,5 kg ochiq mashina yoki vagonda kelsa, ustki va quyi qatlamlaridan 1 kg dan olinadi.
Laboratoriyada sinashdan oldin gips namunalar aralashtiriladi va 5 kg dan qilib bo‘laklarga bo‘linadi. Gipsning maydalik darajasi 02 nomerli elakda elangandan keyin unda qolgan qoldik bilan ifodalanadi. Ushbu koldik gipsni elashdan oldingi massasiga nisbatan % hisobida olinadi.


Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: Sopol idish, og‘zi maxkam yopiladigan 1 l li shisha idish, termometrli quritish javoni, texnik tarozi va tarozi toshlari, kurakcha, soat, 02 nomerli elak, gips namuna.
Ish tartibi

1. Sinash uchun olingan gips quritish javonida 1 soat davomida doimiy og‘irlikkacha 50 0S±50 S da quritiladi va shisha idishga solib og‘zi berk xolda saqlanadi.


2. Quritib tayyorlangan gipsdan texnik tarozida 50g tortib olinib, 02 nomerli elakka solinadi va qopqoq bilan berkitib 5-7 min davomida elanadi. Agar bir minut davomida elak orqali o‘tgan gipsning mikdori 0,05 g dan oshmasa elash to‘xtatiladi.
3. Gipsning elakda kolgan koldig‘i tarozda tortib 0,01 gr aniqlikda aniqlanadi. Gipsning maydalik darajasi quyidagi formula buyicha aniqlanadi:

Bu erda: m- gipsni elagungacha bo‘lgan og‘irligi, gr


m2- 02 nomerli elakdan o‘tmagan koldik gr

4. Maydalik darajasiga qarab qurilish gipsi uch guruxga bo‘linadi:


I dag‘al maydalik darajali unda elakdagi qoldik miqdori 23% dan ortik bo‘ladi;
II o‘rtacha maydalik darajali bunda elakdagi qoldiq miqdori 14% dan ortiq;
III mayda kukun bunda elakdagi qoldiq 2% dan oshmaydi.
5. Olingan natijalar 12-jadvalga yozib boriladi.

12 jadval



Sinash
tartibi

Sinash
uchun
olingan
gipsning
massasi, g

Elakning koldik
Bilan birgalikdag i massasi, g

Elakning
massasi, g

Qoldiq
massasi, g

Gipsning
maydalik
darajasi
%

1.
















2.
















3.
















Xulosa GOST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o‘chirilsin).




  1. Download 3.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling