3.CHaqiq tosh (shag‘al) ning to‘kma zichligi
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: laboratoriya tarozisi, har xil hajmdagi o‘lchov silindrlari, quritish javoni.
Sinovga tayyorgarlik va uni o‘tkazish tartibi
CHaqiq tosh (shag‘al) ning to‘kma zichligi har xil nominal o‘lchamdagi o‘lchov silindrlarida aniqlanadi (1-jadval). Silindrning hajmi chaqiq tosh (shag‘al) donalarining o‘lchamiga bog‘liq bo‘lib, o‘lchami 10 mm dan oshmasa – 5 litrli, donalarining o‘lchami 20 mm bo‘lganda - 10 litrli, donalarining o‘lchami 40 mm bo‘lganda - 30 litrli, 40 mm dan yirik chaqiq tosh (shag‘al) uchun esa 50 litrli silindr olinadi.
4-jadval
O‘lchov silindrining hajmi, l
|
Silindrning ichki o‘lchamlari, mm
|
chaqiq tosh (shag‘al) donalarining o‘lchami, mm
|
diametri
|
balandligi
|
5
|
185
|
185
|
5 - 10
|
10
|
234
|
234
|
10 - 20
|
20
|
294
|
294
|
20 - 40
|
50
|
400
|
400
|
40 dan ortiq
|
Quruq namuna kurakcha bilan olinib, 10 sm balandlikdan tortilgan o‘lchov silindriga to‘kiladi.
To‘kilgan namuna silindrda konussimon uyulib turishi lozim. Uning ortiqcha qismi po‘lat chizgich bilan tep-tekis qilib sidirib tashlanadi. So‘ngra, silindr ichidagi materiali bilan birga tarozida tortiladi.
Natijalarga qarab to‘kma zichlik quyidagi formula bilan topiladi:
,
Buerda: m-o‘lchov silindrining massasi, kg;
t1 — o‘lchov silindrining chaqiq tosh (shag‘al) bilan birgalikdagi massasi, kg;
V —o‘lchovsilindrininghajmi, m3.
CHaqiq tosh (shag‘al) ning to‘kma zichligi sifatida ikki marta o‘tkazilgan parellel sinovlarning o‘rtacha arifmetik qiymati qabul qilinadi.
2-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Do'stlaringiz bilan baham: |