O`zbеkistоnrеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi islоm kаrimоv nоmidаgi toshkеnt dаvlаt tехnikа unеvirsitеti tеrmiz filаli


Sement butkasining normal kuyukligini aniqlash


Download 3.67 Mb.
bet114/219
Sana07.10.2023
Hajmi3.67 Mb.
#1694510
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   219
Bog'liq
O`zbеkistоnrеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi is

Sement butkasining normal kuyukligini aniqlash

Sement toshining mustaxkamligi asosan undagi suv sement nisbatiga ya’ni normal sement bo‘tqasini tayyorlash uchun ketgan suv miqdoriga bog‘lik. SHu sababli, biz bu laboratoriya ishida sement bo‘tqasining quyuqligi normal bo‘lishi uchun unga qancha suv quyilishi kerakligini aniqlaymiz. Suv miqdori sement og‘irligiga nisbatan foiz (%) xisobida olinadi. Ammo xar turli sementlar uchun u bir xil emas. Masalan: portlandsement uchun 21-27% bo‘lsa, putssolon portlandsementi uchun esa 30-40% ni tashkil qiladi.


Sement bo‘tqasining normal quyuqligi Vika asbobi va diametri 10 mm, uzunligi 50 mm po‘lat sterjen yordamida topiladi.


Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: Sement namunasi, Vika asbobi, sement qoradigan tunuka idish, standart kesik konusli po‘lat xalka, shisha-silindr, texnik tarozi va toshlari, pichok, mashina moyi, sek.

Ish tartibi



  1. Texnik tarozida 400g sementdan tortib, tagi yumaloq, chuqurligi 100 mm li oldindan xo‘l latta bilan artilgan tunuka idishga solinadi va sement yuzasi tekislanib, o‘rtasidan suv solish uchun po‘lat kurakcha bilan chuqurcha qilinadi. Suvni silindr shisha idishda o‘lchab sementga quyiladi. Suv miqdori sement massasiga nisbatan 25-30% da olinadi. Suv solingandan 30 sek. o‘tgandan so‘ng, suvning ustiga sement tortiladi va kurakcha bilan asta-sekin qoriladi. Qorishmani kurakcha bilan avval sekin keyin tez ezib 5 min. davomida qorishtiriladi.

2. Mashina moyi surtilgan kesik konus xalqa shisha plastinkaga quyiladi va u tayyorlangan sement qorishma bilan to‘lg‘iziladi.
Z. SHundan so‘ng shisha plastinkani stol chetiga 5-6 marta oxista urib, sement bo‘tkasi zichlanadi. Qorishmaning ortikchasi esa xo‘llangan pichok bilan sidirib olinadi.
4. SHisha platsinkadagi xalkaga solingan sement qorishmasi Vika asbobining temir tagligiga qo‘yiladi, bunda siljuvchan po‘lat sterjen xalqadagi sement bo‘tqasining markaziga tushishi kerak.
5. Maxkamlovchi vintni bo‘shatib, pestikni 30 sek. davomida sement bo‘tqasiga botiriladi.
6. SHundan so‘ng, shkaladan pestikning bo‘tqaga botish darajasi aniqlanadi (shkala sinashdan avval "O" ga to‘g‘rilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak).
7. Agar pestik tezda botib xalqa tagiga tegsa, suv ko‘p solingan bo‘ladi, pestik xalqa tagiga 5 mm etmasdan to‘xtasa, suv oz quyilgan bo‘ladi. Ikkala xolda xam suv miqdorini ko‘paytirib yoki kamaytirib, yangi sement bo‘tqasi tayyorlanib qaytadan sinaladi.
8.Agar pestik uch marta bo‘tqaga botirilganda shkala ko‘rsatkichi 5±1 mm orasida to‘xtasa, bu sement bo‘tqasining quyuqligi normal bo‘ladi. Ish natijalari 15-jadvalga yozib boriladi.

Sementning turi 15-jadval



O‘tkazilgan sinovlar

Sement namunasining massasi,g

Suv miqdori,
ml

SHkaladagi ko‘rsatkich, mm

Sementning quyuqligi,
%

Eslatma



















Xulosa. GOST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o‘chirilsin).



Download 3.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling