2.CHaqiq tosh (shag‘al) ning tarkibidagi yapaloqsimon va ignasimon donalar miqdorini aniqlash
CHaqiq tosh (shag‘al) ning tarkibidagi yapaloqsimon va ignasimon donalar deganda qalinligi yoki eni uzunligidan 3 baravardan kichik donalar tushuniladi.
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: laborotoriya tarozisi, harakatlanuvchi shablon yoki shtangensirkul, standart o‘lchamdagi elaklar to‘plami.
Ish tartibi
CHaqiq tosh (shag‘al) ning tarkibidagi yapaloqsimon va ignasimon donalar miqdori harakatlanuvchi andoza yoki shtangensirkul yordamida vizual ajratish yo‘li bilan yoki maxsus elak (щelevidnыe sita) yordamida elash yo‘li bilan aniqlanadi.
CHaqiq tosh (shag‘al) ning donadorlik tarkibini aniqlashda elaklarda qolgan xususiy qoldiqlardan quyidagi og‘irlikdagi analitik namunalar tortib olinadi:
0,25 kg — chaqiq tosh (shag‘al) fraksiyasi o‘lchami 5(3) -10 mm uchun ;
1,0 kg — shunday 10-20 mm uchun;
5,0 kg — » 20-40 mm uchun;
10,0 kg — » 40 - 70 (80) mm uchun.
YApaloqsimon va ignasimon donalar miqdori har bir fraksiya uchun alohida aniqlanadi. Agar chaqiq tosh (shag‘al) ning qaysidir fraksiyadagi miqdori umumiy sinalayotgan namunaning 5% dan kam qismini tashkil etsa, ushbu fraksiyadagi yapaloqsimon va ignasimon donalar miqdori aniqlanmaydi.Har bir fraksiyadagi yapaloqsimon va ignasimon donalar miqdori vizual tarzda terib olinadi. Terilayotgan donalarning tarkibi shubha tug‘dirgan hollarda harakatlanuvchi andoza yoki shtangensirkul yordamida o‘lchash kerak. Avval, ajratilgan yapaloqsimon va ignasimon donalar miqdori, keyinchalik boshqa donalar tarozida tortiladi.
CHaqiq tosh (shag‘al) ning har bir fraksiyasidagi yapaloqsimon va ignasimon donalar miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
,
Buerda: t — analitik namunaningmassasi, g;
m1 —yapaloqsimon va ignasimon donalar miqdori massasi, g.
CHaqiq tosh (shag‘al) dagi yapaloqsimon va ignasimon donalar miqdorihar bir fraksiyadan olingan namunani sinash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida aniqlanadi.
4-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Do'stlaringiz bilan baham: |