Sementning maydalik darajasini aniqlash
Sementning sifatini baholashda uning maydalik darajasi katta ahamiyatga ega. Sement klinkeri zavodda qanchalik mayda qilib tuyilsa, uning qotishi shuncha tezlashadi, mustaxkamligi ortadi.
Sementning maydalik darajasi uning solishtirma yuzasiga elakdan o‘tkazganda unda qolgan qoldiqqa (%) qarab baholanadi.
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: Mexanik elak yoki ustki va ostki qopqoqli 0,08 nomerli oddiy elak, sement namuna, texnik tarozisi va toshlari, yumshoq cho‘tka quritish javoni, 1-2 varoq kog‘oz.
Ish tartibi
O‘rtacha sement namunadan 100 g. olib, quritish javonida 105-110°S haroratda 1 soat quritiladi va eksikatorda sovitilgandan so‘ng undan 50 g. tarozida tortib olinadi 0,01 g. aniqlikda tortib olingan namuna 0,08 nomerli elakka solinadi. Sement elakda 15-20 minut elanadi.
2. Sementning to‘la elanganligini bilish uchun, elakning ostki qopqog‘ii olinadi va oq qog‘ozga 1min. elanadi. Bunda elakdan o‘tgan sement og‘irligi 0,05 g.dan oshmasa to‘la ekanligini bildiradi.
3. Elab bo‘lingandan so‘ng, elakdagi qoldiq tortiladi. Elakdagi qoldiq elanayotgan sement massasiga nisbatan 15% dan ko‘p bo‘lmasa, bu sement GOST talabini qondiradi.
Sementning maydalik darajasi formula bilan aniqlanadi:
bu erda: m1- sementning elanmasdan oldingi og‘irligi, g;
m2 - elakdagi qoldiqning og‘irligi, g.
Natija quyidagi 14-jadvalga yoziladi.
14-jadval
Sinalayotgan
sementning
massasi,g
|
Elakdagi
kolgan
koldikning
massasi,g
|
Elakdagi
koldik, %
|
Elakdan
o‘tgani, %
|
Jami
%
|
Eslatma
|
|
|
|
|
|
|
Xulosa. GOST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o‘chirilsin).
Do'stlaringiz bilan baham: |