O'zbekistonRespublikasi Savdo-sanoat palatasining 2018 yil 1-choragi faoliyati natijalari to'g'risida


§ Pochta xizmati orqali - 1088 ta


Download 91.28 Kb.
bet2/2
Sana23.10.2023
Hajmi91.28 Kb.
#1716879
1   2
Bog'liq
Hisobot 2018 1 chorak(1)


§ Pochta xizmati orqali - 1088 ta;
§ SSP elektron manzili orqali - 172 ta;
§ Prezident Virtual qabulxonasi orqali - 47 ta;
§ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali - 36 ta;
II. ISHBILARMONLIK VA INVESTITSIYA MUHITINI YAXSHILASH SOHASIDA

ishbilarmonlik muhiti va investitsiya muhitini shakllantirish bo'yicha davlat dasturlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish bo'yicha


SSPning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari biri bu SSPning ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasidagi muhim vazifalaridan biri sifatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhiti va investitsiya muhitini shakllantirish bo'yicha davlat dasturlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishdir.
Ushbu yo'nalishda hisobot davrida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 145 ta tuman (shahar)da mahallalar kesimida bo'sh turgan yoki to'la quvvatda foydalanilmayotgan bino-inshootlar va yer maydonlari xatlovdan o'tkazildi.
Xatlov jarayonida 2 mln. 160 ming 940 m2 bo'sh turgan va to'la quvvatda foydalanilmayotgan bino-inshootlar hamda 1 ming 432 ga yer resurslari aniqlandi.
Aniqlangan bino-inshootlar va bo'sh yer maydonlaridan foydalanish bo'yicha umumiy qiymati 855 mlrd. 472 mln. so'mlik 1 ming 812 ta dastlabki biznes loyihalar ishlab chiqildi. Shundan 366 mlrd. 975 mln. so'mi yoki 43% tashabbuskorlarning o'z mablag'i, 488 mlrd. 497 mln. so'mi yoki 57% bank kreditlari hisobidan amalga oshiriladigan bo'ldi.
Ushbu biznes loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 22 610 ta yangi ish o'rni yaratilishi kutilmoqda (ilova-6).

III. TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA KO'MAKLASHISHI SOHASIDA


SSP joriy hisobot davrida tadbirkorlik faoliyatiga ko'maklashish sohasida, jumladan tadbirkorlik sub'ektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam ko'rsatish, davlat organlari va bozor infratuzilmasi sub'ektlari xizmatlaridan foydalanish bo'yicha imkoniyatlar va sharoitlar yaratish, maslahat yordami va axborot ta'minotini taqdim etish kabi vazifalari ustida tizimli ishlar amalga oshirildi.


Jumladan, SSP IQ va uning hududlardagi TKMlari 30 xil xizmatlarini faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlariga, ayniqsa yangidan o'z biznesini boshlayotgan tadbirkorlarga taqdim etib, ularni SSP safiga qabul qilish ustida ish olib borildi. Hozirda Palata safiga jalb etilgan jami tadbirkorlik sub'ektlari soni 11 454 tadan iborat bo'lib, shundan yuridik shaxslar 9 500 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlar 1 954 tani tashkil etdi. Joriy hisobot davrida Palata a'zoligiga IQ va 14 ta xududiy boshqarmalar tomonidan jalb etilgan jami tadbirkorlik sub'ektlari soni 1 072 tani tashkil etdi va bu ko'rsatkich bo'yicha o'tgan yilning shu davriga nisbatan 263,4% ga o'sish ta'minlandi (7, 8 va 9-ilovalar).
Shuningdek, 2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasi tomonidan Palata a'zolariga elektron guvohnoma berish tizimi joriy etildi.
Ushbu elektron guvohnomada Palata a'zosining yuridik nomi, tashkiliy-xuquqiy shakli, shuningdek Palata a'zosining soliq to'lovchining indetifikatsion raqami (STIR), guvohnomaning amal qilish muddati va boshqa ma'lumotlar ko'rstatilgan. Shu bilan birga, guvoxnomani qalbakilashtirishga yo'l qo'ymaslik maqsadida guvohnomani tekshirishning 3 xil ko'rinishi aks ettirilgan:
· QR-kod;
· Palataning rasmiy veb-saytiga havola;
· Palataning kol-sentr raqami (telefon orqali a'zolikni aniqlash maqsadida)
a) tadbirkorlik sub'ektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va rivojlantirishda amaliy yordam berish bo'yicha

O'zR Prezidentining 19.06.2017 yildagi PF-5087-sonli Farmoni hamda PQ-3068-sonli Qaroriga muvofiq tadbirkorlik faoliyatiga ko'maklashish sohasida - tadbirkorlik sub'ektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam ko'rsatish bo'yicha imkoniyatlar va sharoitlar yaratish, maslahat yordami va axborot ta'minotini taqdim etish vazifalari belgilab berilgan.


“Tadbirkorlikka ko'maklashish va biznesni rivojlantirishni tashkil etish”
2018 yilning I-choragi davomida jami 196 ta hujjat kelib tushgan bo'lib, shundan 6 tasi AP hujjatlari “Yo'l xaritalari” va “Chora-tadbir rejasi”ni ishlab chiqish topshiriqlari bo'lgan. Qolgan 57 tasi ma'lumot uchun, 133 tasi murojaat ariza va shikoyatlardan iborat.
O'zR Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari doirasida hududlarni kompleks rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan dasturlar, hududlarga tashriflar bo'yicha tasdiqlangan bayonlarda hamda amalda bo'sh turgan yer maydonlari ajratish bo'yicha ko'rsatilayotgan yordamlar soniga qaramasdan ushbu yo'nalishda 41 ta murojaat kelib tushgan. Aynan shu yo'nalishda 2018 yilda qator ishlarni amalga oshirish boshqarma oldida turgan ustuvor vazifa qilib belgilandi.

b) Bank-moliya tashkilotlari bilan hamkorlik bo'yicha


Bo'lim faoliyatini asosiy yo'nalishlari va vazifalaridan kelib chiqib, “Bank-moliya tashkilotlari bilan hamkorlik to'g'risida”gi Nizom talablariga muvofiq joriy yilning o'tgan 1-choragi davomida bo'lim tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Jumladan, tadbirkorlik sub'ektlarining bank-moliya tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishlarida qulayliklar yaratish maqsadida “SSP va O'zR Markaziy banki o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida”gi Bitimga muvofiq, SSP tomonidan Markaziy bankka tijorat banklarida mavjud milliy va xorijiy valyutada ajratilayotgan kreditlar va kreditlash shartlari bo'yicha axborot berib borilishini so'rab murojaatlar qilingan.
Ushbu hamkorlik natijasida SSPning rasmiy veb-saytiga bugungi kunda respublikada faoliyat ko'rsatayotgan tijorat banklarida xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy banklar tomonidan ochiligan kredit liniyalari va ulardan foydalanish shartlari kabi batafsil ma'lumotlar joylashtirilgan.
Tadbirkorlik sub'ektlariga ushbu ma'lumotlar asosida ularning xorijiy kredit liniyalaridan foydalanish yuzasidan qilgan murojaatlari, shuningdek, joylarda amalga oshirilayotgan tadbirlarda batafsil axborot va maslahat xizmatlari berib borilishi yo'lga qo'yilgan.
Shuningdek, ko'plab tadbirkorlik sub'ektlaridan kelib tushayotgan murojaatnomalarga asosan Markaziy bankka tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratilayotgan kreditlar va ularni shartlari hamda o'rtacha foiz stavkalari haqida batafsil ma'lumotlar berib borilishini so'rab murojaat qilingan va ushbu masalada hamkorlik yo'lga qo'yilgan.
Bundan tashqari, SSPning hududiy boshqarmalari va TKMga joylarda faoliyat ko'rsatayotgan tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan kreditlar bo'yicha taklif etilayotgan o'rtacha foiz stavkalarini o'rganish maqsadida savolnoma tayyorlangan va hozirgi kunda ushbu savolnoma asosida TKM mutaxassislari tomonidan joylarda o'rganishlar o'tkazib borilmoqda.

v) bozor infratuzilmasi sub'ektlari xizmatlaridan foydalanish bo'yicha


Joriy yilning 1-choragida O'zR Prezidentining 19.06.2017 yildagi PF-5087-sonli Farmoni hamda PQ-3068-sonli Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda, bozor infratuzilmasi sub'ektlari bilan ishlash bo'limi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.


O'zR Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2017 yil 25 dekabrdagi 144-sonli bayonida belgilangan vazifalarni bajarish bo'yicha “Orient Invest Group” MCHJ lizing kompaniyasi bilan o'zaro hamkorlik bitimi imzolandi, 16 fevral kuni “Gross Insurance” sug'urta kompaniyasi vakillari ishtirokida sug'urta xizmatlari to'g'risida hududiy boshqarmalar bilan videokonferensiya o'tkazildi, “O'zavtosanoat-Lizing” MCHJ lizing kompaniyasi tashabbusi bilan hududiy boshqarmalar bilan hamkorlikda tadbirkorlarga lizing xizmatlari va uning afzalliklari to'g'risida ma'lumot berish maqsadida vilotyalarda sayyor uchrashuvlar tashkil etildi.
Hududlardagi Tadbirkorlikga Ko'maklashish Markazlari (TKM) tomonidan tadbirkorlik sub'ektlariga axborot-konsultativ yordam berish, bozor infratuzilmasi sub'ektlarining xizmatlarini taqdim etishda ko'maklashish borasida joriy yilning 1 aprel holatiga jami 1951 ta, shundan 360 ta sug'urta (18,5%), 258 ta lizing (13,2%), 217 ta baholovchi (11,1%), 278 ta auditorlik tashkilotlari(14,2) hamda 838 ta boshqa shu kabi xizmatlar (43%)ga oid masalalarda maslahat yordami ko'rsatildi.

g) biznes-reja ishlab chiqish va marketing tadqiqotlari bo'yicha


O'zR Prezidentining 19.06.2017 yildagi PF-5087-sonli Farmoni hamda PQ-3068-sonli Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududlarda TKM orqali tadbirkorlik sub'ektlariga biznes loyihalar uchun biznes-reja ishlab chiqish va marketing tadqiqotlari o'tkazishda ko'maklashishni tashkil etish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi.


SSPning hududiy boshqarmalari hamda TKMda bevosita biznes-reja ishlab chiqish va marketing tadqiqotlari o'tkazishda xizmatlar ko'rsatildi:
- Biznes-rejalar ishlab chiqish va marketing tadqiqotlari o'tkazish bo'yicha 2561 ta maslahatlar berildi;
- Tadbirkorlikni boshlash uchun 317 ta biznes-reja 43 mln. so'mga tayyorlab berildi;
- Faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlariga yillik 38 ta biznes-reja 5.6 mln. so'mga tayyorlab berildi;
- Tijorat banklaridan turli yo'nalishlarda kredit olish uchun 125 ta biznes-reja (TIA) 14.4 mln. so'mga tayyorlab berildi.
Bundan tashqari, bo'lim tomonidan joriy yilning 1-chorak mobaynida bo'lim faoliyatiga oid masalalarda tadbirkorlik sub'ektlari va boshqa tashkilotlardan kelib tushga murojaatlarni belgilangan tartibda ko'rib chiqib, muddatida javob xatlari yuborilishi hamda vazirlik va idoralardan kelishish uchun taqdim etilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyixalariga tegishli xulosa va takliflar berilishi ta'minlandi.

d) innovatsion tadbirkorlik bo'yicha


O'zR Prezidentining PF-5087-sonli Farmonida ko'rsatilgan innovatsiya tadbirkorligini joriy etishga, «startup» loyihalar, yoshlarning, avvalo oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarining o'z biznesini tashkil qilish va yuritishga, shuningdek, aholi bandligi va daromadlarining jadal o'sishini ta'minlashga xizmat qiladigan kichik, xususiy va oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikning turli shakllarini jadal rivojlantirishga faol ko'maklashish maqsadida boshqarma tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi SSP hamkorligida 2018-2020 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan dastur doirasida “Startup tashabbuslari” loyihasi Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Loyiha joriy yilning 2-3 choraklari davomida amalga oshiriladi.


Yoshlarning innovatsion tadbirkorligini rivojlantirish va joriy etish borasida yuqori tajriba va salohiyatga ega bo'lgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlarning tajribasi o'rganib chiqildi hamda yoshlarning innovatsion tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida halqaro tajriba asosida maxsus qo'llanma loyihasi tayyorlandi.

e) yoshlar tadbirkorligi bo'yicha


Boshqarma hisobot davrida asosiy vazifalarini “O'zRda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Yoshlar masalalari bo'yicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2018 yil 22 yanvar kungi 1-sonli yig'ilish bayoni hamda SSP raisi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi raisi tomonidan imzolangan “2018 yilda SSP tomonidan yoshlar siyosati bo'yicha amalga oshiriladigan vazifalar nazorat-rejasi”ga asosan amalga oshirdi.


Boshqarma tomonidan hisobot davrida O'zR Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi PF-5087-sonli hamda 5 iyuldagi PF-5106-son farmonlari shuningdek, 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-sonli Prezident qarori bo'yicha ishlarni tizimli ravishda amalga oshirildi. Shuningdek yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish va ular faoliyatini tizimli qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zR Innovatsion rivojlanish vazirligi, ATB “Mikrokreditbank” bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
O'tgan davr mobaynida boshqarma tomonidan barcha hududlardan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, kreditga ehtiyoji bo'lgan 10 nafardan, jami 140 nafar yosh tadbirkorlik sub'ektlari ro'yxati shakllantirildi va O'zR Prezidenti Devoni yoshlar siyosati sektoriga taqdim qilindi. Mazkur ro'yxatdagi tadbirkorlik sub'ektlari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo'lmagan foizlarda imtiyozli kreditlar taqdim qilinishi belgilangan.
“O'zRda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi dasturning ijrosini ta'minlash maqsadida “Yoshlar - kelajak bunyodkori” shiori ostida yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hududiy ko'rgazmalarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha qo'shma qaror ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Hisobot davrida yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash, amalga oshirish va rivojlantirishda yoshlar uchun mahsus veb-sahifa (startbusiness.uz) ishlab chiqildi va ushbu sahifa orqali yoshlar tadbirkorligi, ularning innovatsion loyihalari borasidagi yangiliklar joylashtirib borilmoqda.

IV. DAVLAT ORGANLARI BILAN O'ZARO HAMKORLIK SOHASIDA


a) Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan o'zaro hamkorlik bo'yicha
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlar bilan hamkorlik qilish bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Beshta ustuvor yo'nalish bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar yuzasidan tadbirkorlar tomonidan sodir etilayotgan kamchiliklarni, ayniqsa jinoyatlarni tanqidiy muhokama qilish, bartaraf etish va profilaktika qilishga ko'maklashish va 126-bandi ijrosini amalga oshirish yuzasidan faol tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda ularni qiynayotgan muammolarni eshitish, qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko'rib borish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi va belgilangan tartibda O'zR Bosh prokuraturasi va boshqa tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda tasdiqlandi.
- 2018 yil 26 yanvarda Ekspertlar Kengashi tomonidan O'zR Vazirlar Mahkamasining "Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tajribadan o'tkazish va ist'emolchilarning huquqlarini huquqiy ximoya qilish maqsadida sifatsiz mahsulotlarning Yagona ma'lumotlar ba'zasini tashqil qilish to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash" to'g'risidagi Qaror loyihasining muhokamasi bo'lib o'tdi. Mazkur muhokama natijalari asosida xulosa tuzilib, loyihani ishlab chiqaruvchi organga yuborildi.
Shuningdek, mavzuga oid 98 ta murojaat ko'rib chikildi, tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlar mansabdor shaxslarning hatti-harakatidan noroziligi, noqonuniy tekshirishlar va sarsongarqilikga yo'l qo'yish yo'nalishidagi 50 ta murojaat qabul qilindi va ulardan tegishli tushuntirish berish, taalluqliligi bo'yicha boshqa tashkilotlarga yuborish orqali qanoatlantirildi. Jumladan;
- “Yangiyo'l yog'-moy” AJga nisbatan Yangiyo'l DSI tekshiruv natijasiga ko'ra qo'llagan 9,1 mlrd. so'm moliya jarima sudda haqiqiy deb topilishida Bo'lim amaliy yordam ko'rsatdi.
- “Yangiyo'l yog'-moy” AJ rahbari V.A.Saidovga nisbatan advokatlar tomonidan qilgan xizmatlari uchun pul undirishni so'rab kiritgan da'vo arizasi ko'rmasdan qoldirilishida Bo'lim tomonidan amaliy yordam ko'rsatilib da'vo ariza haqiqiy emas deb topildi.
b) davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi vakolatli organlar bilan o'zaro hamkorlik bo'yicha
Davlat xizmatlari ko'rsatishga doir normativ-huquqiy hujjatlar shundan, Prezident Qarori 1 ta, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari 9 ta, Idoralararo qo'shma Qarorlar 2 ta loyihalari o'rganib chiqilib, tadbirkorlikka ta'siri yuzasidan xulosalar berildi va o'rnatilgan tartibda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilishi ta'minlandi.
Davlat raqobat qo'mitasi bilan bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari, xususan “nol” harid qiymati bo'yicha davlat mulki ob'ektlari to'g'risida o'zaro axborot almashish va SSPning veb-sayti hamda hududiy boshqarmalar orqali tadbirkorlarga yetkazish tizimi yo'lga qo'yildi. Unga ko'ra, davlat mulki ob'ektlari xususan “nol” xarid qiymati bo'yicha 136 ta bino-inshoot ob'ektlari, boshqa, sotilishi belgilangan 242 ta bino-inshoot ob'ektlari, 7 ta davlat ulushi ob'ektlari va 332 ta ijaraga berilishi belgilangan bino-inshoot ob'ektlari bo'yicha ma'lumotlar tarqatildi.

v) biznesni elektron ro'yxatdan o'tkazish


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Elektron hukumat markazi buyurtmasi bo'yicha SSP “SSP-Maroqand” unitar korxonasi ijrochiligida ishlab chiqilgan Avtomatlashtirilgan tizim belgilangan sanada ishga tushirildi.
2018 yil I-choragi mobaynida tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali jami 83 311 ta tadbirkorlik sub'ekti ro'yxatdan o'tgan. Shundan, shaxsan kelgan holda “Yagona darcha” markazidan 72 888 ta (YATTlar 50 494 ta, yuridik shaxslar 22394 ta), onlayn rejimda 10 423 ta (YATTlar 7 183 ta, yuridik shaxslar 3 240ta).

d) TKM va ularning tuman (shahar) bo'linmalari faoliyati to'g'risida


O'zR Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-3068 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilda Palata infrastrukturasini takomillashtirish bo'yicha talay ishlar amalga oshirildi.


Jumladan, 2017 yilda Savdo-sanoat palatasi tuman (shahar) tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish, ular tomonidan tadbirkorlik sub'ektlariga tezkor xizmat ko'rsatishni tashkillashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida tuman (shahar) tuzilmalari ishtirokini kuchaytirish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.
Respublika bo'yicha Palataning 194 ta tuman va shaharlarda Tadbirkorlikka ko'maklashish markazlari (TKM) tashkil etildi.
Savdo-sanoat palatasining tuman(shahar) tuzilmalari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlariga va tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan jismoniy shaxslarga:
- biznes reja tayyorlash, huquqiy masalalar bo'yicha maslaxat berish, elektron raqamli imzo olishda ko'maklashish, hisob varaq ochish uchun xujjatlar tayyorlab berish bo'yicha bepul;
- ta'sis hujjatlarini tayyorlash, muhr va shtamp eskizlarini tayyorlash, chet el kompaniyalari bilan bitim imzolashda ko'maklashish, soliq va statistika xisobotlarini elektron tarzda yuborish bo'yicha pullik xizmatlar ko'rsatilmoqda.
TKMlar tomonidan 2018 yilning o'tgan davr mobaynida 303,9 mln. so'mlik xizmatlar ko'rsatildi.
2018 yilda SSP Ijro etuvchi qo'mitasi, hududiy boshqarmalari va tuman(shahar) tuzilmalari o'rtasida ma'lumot almashishni tashkillashtirish, SSP Ijro etuvchi qo'mitasi ma'lumotlar bazasidan hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) tuzilmalari tomonidan foydalanishni tashkil qilish maqsadida “VPN” tarmog'i o'rnatilmoqda.
Tarmoq SSP Ijro etuvchi qo'mitasi, hududiy boshqarmalar va 194 ta tuman (shahar) tuzilmalari o'rtasida ichki telefon va internet aloqasini yo'lga qo'yish, SSP Ijro etuvchi qo'mitasi va hududiy boshqarmalar o'rtasida videokonferensiya tashkil qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda SSPning Hududiy tuzilmalarida 590 nafar xodimlar faoliyat yuritmoqda. Jumladan Palataning hududiy boshqarma xodimlari 244 nafar, TKM bo'linmalari xodimlari 346 nafarni tashkil etmoqda.
Palataning hududiy boshqarmalarida vakant xodimlar 46 nafarni, TKM bo'linmalarida direktor lavozimiga vakant xodimlar 34 nafarni tashkil etmoqda.

V. TADBIRKORLIK SUB'EKTLARINI O'QITISH VA QAYTA TAYYORLASH SOHASIDA


SSP (SSP) qoshida jami 6 ta o'quv markazlari, nodavlat ta'lim muassasasi tashkil etilgan bo'lib, ulardan 5 tasi tegishli litsenziya asosida bugungi kunda o'z faoliyatini olib bormoqda. Surxondaryo viloyatidagi “Surxon Ta’lim va Biznes” nodavlat ta'lim muassasasi belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan bo'lib, bugungi kunda xususiy ta'lim faoliyatini olib borish uchun tegishli litsenziya olish maqsadida kerakli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda «QORAQALPOQ BIZNES TA’LIM” NTM filialini tashkil etish bo'yicha tegishli tartibda ishlar olib bormoqda.


Mazkur o'quv markazlari qoshida, aynan Qoraqalpog'iston Respublikasi “Qoraqalpoq Biznes ta’lim”, Namangan viloyati “Zamonaviy kelajak ta’lim” va Samarqand viloyati “Samarkand Kadrlarni Tayyorlash” nodavlat ta'lim muassasalari tomonidan 2018 yilning I-choragi davomida umumiy tashkil etilgan o'quv kurslarida jami 241 ta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolar o'qitildi.
Tashkil etilgan o'quv kurslarida ishtirok etganlardan 111 tasi erkaklar va 130 tasi ayollar. Qolgan o'quv markazlari tomonidan ya'ni, Qashqadaryo viloyati “Exclusive Education and Business”, Buxoro viloyati “Bukhara Business Training”, Surxondaryo viloyati “Surxon Ta’lim va Biznes” nodavlat ta'lim muassasalari tomonidan joriy yilning I-choragi davomida xech qanday kurslar tashkil etilmagan va ushbu o'quv markazlarning faoliyati tegishli tartibda 2018 yilning II-choragidan boshlab to'liq olib borilishi rejalashtirilmoqda (10-ilova).
Raqobat qo'mitasi, Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini endi boshlash istagida bo'lgan fuqarolar uchun kasb-hunar kollejlari negizida Markaz faoliyati doirasida tashkil etiladigan maxsus o'quv kurslarining dasturi, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida 2018 yilning I-choragi uchun kasb-hunar kollejlarining ro'yxati (Kalendar rejasi) tayyorlandi va tasdiqlandi. Ushbu tasdiqlangan kalendar reja asosida respublika viloyatlarining kasb-hunar kollejlari qoshida muntazam o'quv kurslari tashkillashtirilib kelinmoqda.
Joriy yilning I-choragi davomida tashkil etilgan Tadbirkorlik asoslariga o'qitish respublika markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan o'quv kurslarida jami 2593 ta tadbirkorlar va o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish istagida bo'lgan jismoniy shaxslar o'qitilgan bo'lib, ulardan 1098 tasini erkaklar va 1495 tasini ayollarni tashkil qildi.
GIZ va SSP hamkorligida O'zRda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlarining xodimlari boshqaruv tayyorgarligini oshirish maqsadida “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturi” doirasida Germaniyada joriy yilning 18 iyun kunidan 13 iyul kuniga qadar xorijiy amaliyoti tashkil etilishi belgilangan. Ushbu dastur doirasidagi xorijiy amaliyotni tashkillashtirish yuzasidan joriy yilning 1 mart kuniga qadar 72 nafar tadbirkorlardan arizalar kabul qilindi va tanlov asosida ushbu tadbirkorlardan 24 nafari saralab olinib, joriy yilning 26-27 mart kunlari 24 nafar saralab olingan tadbirkorlar uchun dastur bilan yanada yaqindan tanishtirish maqsadida ikki kunlik seminar tashkil etib berildi.
SSP IQda “Business Monitoring Group” UKning faoliyati doirasida respublika o'quv markazini tashkil etish yuzasidan ishlar bajarilmoqda

VI. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH SOHASIDA


a)Tadbirkorlik sub'ektlarining eksport salohiyatini oshirish va eksportga ko'maklashish borasidagi ishlar bo'yicha


1. Respublikamiz eksporter korxonalarining mahsulotlarini xorijiy bozorlarga eksport qilish borasidagi ishlar.


SSP tomonidan 2018 yilning 1-choragi davomida 81 ta mahalliy tadbirkorlik sub'ektlariga jami 17,5 mln. dollar miqdorida o'z mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilishga ko'maklashildi. 2018 yilning 1 choragida bu ko'rsatkich mos ravishda 57 ta tadbirkorlik sub'ekti va 9,8 mln. dollarni tashkil etgan (11-ilova). Bunda joriy yilning 1-choragida mahalliy tadbirkorlar tomonidan asosan tekstil mahsulotlari, poyafzal, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, gilam, plastmassa mahsulotlari, kir yuvish vositalari xorijiy bozorlarga eksport qilingan. Eksport bozorlari avvalo, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Afg'oniston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Belarus, Xindiston, Turkiya, Germaniyaga to'g'ri keladi.
2. Kichik biznes sub'ektlarini eksport faoliyatiga jalb qilish borasidagi ishlar.
Respublikamiz hududlarida mahalliy ishlab chiqarish korxonalarini eksportga jalb etish, joylarda eksport muammolarini o'rganib chiqish hamda yangi tovarlarni xorijiy bozorlarga eksportini riovojlantirish maqsadida Palata tomonidan joylarga chiqqan holda hududlarning eksport salohiyatini o'rganish yo'lga qo'yildi.
Jumladan, 2018 yil fevral oyida SSP tomonidan ishchi guruhi shakllantirilib, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida eksportni rivojlantirish masalalari o'rganib chiqildi va mos ravishda 11 ta korxonaning eksport salohiyati hamda 7 ta korxonaning eksport salohiyati o'rganilib, aniqlangan muammolar bo'yicha takliflar ishlab chiqildi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksporter korxonalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida SSP tomonidan 8 ta korxonalarning hamkorlik takliflari O'zR TIV orqali Gruziya SSPga yetkazildi.
O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, mahalliy mahsulotlarning eksportini ko'paytirish maqsadida SSP tomonidan 28 ta eksporter korxonalarning tijorat takliflari O'zR TIV va TSVlarga taqdim etildi.
2018 yil 12-16 fevral kunlari “Uzeltexsanoat” AJ tizimiga kiruvchi korxonalar vakillaridan iborat delegatsiyani Misr Arab Respublikasiga elektrotexnika tovarlarini eksport qilish bo'yicha aloqalarni o'rnatish yuzasidan xizmat safarlari tashkil etildi.
2018 yil 16 mart kuni Polshaning "Global Businness Promotion Group" kompaniyasi vakillari bilan mahalliy tomat postasi va kunjut mahsuloti yetishtiruvchi tadbirkorlar bilan birgalikda mazkur mahsulotlarni Polshaga eksport qilish bo'yicha biznes muloqoti tashkil etildi.
2018 yil 30 mart kuni Ozarbayjonning OOO “Titan Grup” kompaniyasi rahbarlari hamda “Olmaliq kon metallurgiya zavodi” AJ vakillari ishtirokida mahalliy truba mahsulotlarini Ozarbayjonga yetkazib berish bo'yicha uchrashuv tashkil qilindi.
Ozarbayjonning «Bravo» savdo tarmog'iga O'zbekistondan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha 22 ta mahalliy eksporter korxonlarning 80 xildan ortiq turdagi mahsulotlar bo'yicha tijorat takliflari O'zR Tashqi ishlar vazirligi orqali Ozarbayjon tomoniga yetkazib berildi.
2018 yil 23 mart kuni O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada kengaytirish va mahalliy mahsulotlar eksportini ko'paytirish bo'yicha jami 10 mahalliy eksporter korxonalarning Turkmaniston ishbilarmonlari bilan tuzgan umumiy qiymati 0,9 mln. dollar miqdoridagi eksport shartnomalari bo'yicha takliflari O'zR Vazirlar Mahkamasi va Tashqi savdo vazirligiga taqdim etildi.
2018 yil 29 mart kuni Farg'ona shahrida O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasida chegra oldi viloyatlar xokimlarining 1-kengashi doirasida Farg'ona, Andijon, Namangan viloyatlarining eksportbop mahsulotlari ko'rgazmasi tashkil etildi. Unda 130 dan ortiq mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o'z mahsulotlari bilan ko'rgazmada ishtirok etdilar. Shuningdek, ko'rgazma doirasida 60 tadan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari Qirg'izistondan ushbu ko'rgazmaga tashrif buyurdilar. Ko'rgazma davomida o'tkazilgan ikki davlat ishbilarmon doiralari o'rtasidagi biznes muloqot yakuniga ko'ra mahalliy mahsulotlarni Qirg'izistonga eksport qilish bo'yicha jami 14 ta Ahdlashuv bitimlari umumiy qiymati 2,7 mln. dollarga tuzildi.
O'zbekistondan mahalliy mahsulotlar geografiyasini kengaytirish maqsadida O'zR Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda diplomatik vakolatxonalar orqali olingan AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, BAA, Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Quvayt va Eronga eksport qilish imkoniyatlari mavjud bo'lgan salohiyatli mahsulotlar to'g'risidagi ma'lumotlar (tovar nomenklaturasi) respublikamizning mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari e'tiboriga yetkazildi.
3. Xorijiy davlatlar bilan o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish borasidagi ishlar.
O'zbekiston va Turkmaniston, Gruziya, Eron, Belarus, Ukraina, Misr, Bolgariya, Pokiston, Eron, Kuvayt, Ozarbayjon, Tayland Qirolligi, Xidiston davlatlari o'rtasida savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishlariga SSP tomonidan tegishli takliflar kiritildi.
4. Eksport sohasini rivojlantirish borasida o'tkazilgan davra suhbatlari, ekspert kengashlari, konferensiya va seminarlar to'g'risida ma'lumot.
SSP tomonidan O'zR Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo'llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorlarining ijrosini ta'minlash hamda respublikamizda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yanada kengaytirish maqsadida 50 nafar mahalliy eksporter korxonalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
2018 yilning 28-29 mart kunlari “O'zstandart” Agentligi bilan hamkorlikda “O'zbekistonning eksport salohiyatini oshirish, sifat infratuzilmasi va mahsulotlarning xalqaro talablarga muvofiqligini baholash” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil qilinib, unda SSPning viloyatlardagi hududiy boshqarmalarining Eksportga ko'maklashish va investitsiyalarni jalb qilish sektori mudirlari ishtiroki ta'minlandi hamda SSP vakilining “Sifat bo'yicha milliy infratuzilmalar salohiyatini oshirish - O'zbekistonda eksport saloihyatini oshirishning vositasi” mavzusidagi taqdimoti namoyish etildi.
5. Hisobot davrida eksport qiluvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zR Prezidenti farmon va qarorlari hamda O'zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari ekspertizasi o'tkazildi.
6. Mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, SSP tomonidan 2018 yil
1-chorakda mahalliy tadbirkorlik subektlariga xorijiy xaridorlarni qidirib topish va jalb qilishda 7 ta korxonaning tijorat takliflari yuborildi.
7. 14 dan ziyod eksporter korxonalarni xorijiy mamlakatlarga tovarlarni eksport qilish bilan bog'liq bo'lgan muammolarini hal qilish va yordam berish maqsadida, SSP tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga muammolarni yechimi bo'yicha tegishli takliflar yuborilgan.
8. SSP tomonidan respublikamiz mahalliy tadbirkorlik sub'ektlarining xorijiy hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirish maqsadida xorijiy kompaniyalardan kelib tushgan 21 dan ortiq takliflar SSPning a'zolariga yetkazib borildi.

b)Xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda xorijdan zamonaviy mini-texnologiyalar va asbob-uskunalarni olib kelish borasida


Mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb etish SSPning doimiy diqqat markazida bo'ladigan faoliyat yo'nalishidir. Jumladan;


Investitsiyalar: chet el kapitali ishtirokida 4 ta qo'shma korxonani tashkil etishda yordam ko'rsatildi. Ulardan 1 tasi to'qimachilik sohasida, 2 tasi qurilish maxsulotlari sohasida hamda 1 tasi boshqa sektorlar faoliyatiga qaratilgan. Ustav fondining umumiy qiymati 5,8 mln. AQSH dollarini, jumladan xorijiy tomonning ulushi 3,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (12-ilova).
Qurilma xaridi: 55 ta korxonaga umumiy qiymati 381,5 mln. AQSH dollariga teng mini-texnologiyalar va uskunalarni topish va xarid qilishda bevosita yordam ko'rsatilgan. Yetkazib berilgan qurilmadan 6 tasi to'qimachilik mahsulotlari, 9 tasi qurilish materiallari, 17 tasi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, 9 tasi qishloq xo'jalik qayta ishlash uchun, 6 tasi sut va go'sht maxsulotlari, 2 tasi plastmassa buyumlar va 5 tasi boshqa sektorlar bo'yicha. Asosiy ta'minotchi davlatlar XXR (30), Yaponiya (16), Rossiya (9), Janubiy Koreya (2) va MDH (6). Qurilmani izlashda asosiy ko'mak mexanizmi SSP tomonidan xorijda ishbilarmon tashriflar, tadbirkorlarning xorijiy ko'rgazmalar va biznes-uchrashuvlarda, shuningdek, O'zRdagi ko'rgazmalarda ishtirokini tashkil etishdan iborat (13-ilova).
v)Respublikamizda ko'rgazma va yarmarkalarni tashkil etish va xorijdagi ko'rgazmalarga tadbirkorlik sub'ektlarini jalb etish borasidagi ishlar.

2018 yilning I-choragida O'zbekiston milliy tovar va hizmatlarining chet elga eksportini qo'llab-quvvatlash maqsadida SSP tomonidan TIV va TSV bilan hamkorlikda 9-18 mart kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida O'zbekiston tovarlari milliy qo'rgazmasi «Made in Uzbekistan» tashkil qilindi. Ko'rgazma yakuni bo'yicha umumiy qiymati 12 mln. AQSH dollariga teng 3 ta o'zaro hamkorlik memorandumi va 14,4 mln. AQSH dollari miqdoridagi 18 ta eksport va import shartnomalari imzolandi.


Joriy yilning 29-31 mart kunlari Turkmanistonning Ashxabad shahrida O'zbekiston tovarlari milliy ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada 67ta o'zbek korxonlari mahsulotlari namoyish etildi. Tadbir yakuni bo'yicha
6,7 mln. AQSH dollariga teng eksport shartnomalari imzolandi.
Shuningdek, Rossiya, Gretsiya, Koreya, Turkiya, Qirg'izston davlatlarida bo'lib o'tgan 7 ta halqaro ko'rgazma va yarmarkalarda Savdo-sanoat palatasi a'zolarining ishtiroki ta'minlandi.

Xorijiy mamlakatlar ishbilarmon doiralari ishtirokida tashkil qilingan Xalqaro biznes-forumlar, kooperatsion birjalar:


SSP tomonidan 2018 yilning I choragida O'zbekistonda 5 ta biznes-forumlar, xususan, Ozarbayjon, Hindiston, Koreya, Qirg'izston, Niderlandiya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forumlar bshlib o'tdi. Xorijiy mamlakatlardan esa 2 ta Gretsiya va Pokistonda qo'shma biznes-forumlar tashkil etildi.

g)Texnik ko'maklashish, mablag'larni jalb qilish va loyihalar ko'lamini kengaytirish bo'yicha


2018 yil I choragiga ko'ra xalqaro moliyaviy tashkilotlardan texnik ko'mak jalb etish doirasida SSP 7,6 mln. AQSH dollari qiymatiga ega 4 ta texnik ko'mak loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etdi, xususan: «Boshqaruvga o'rgatish dasturi - O'zbekistonda kichik biznes va xususiy korxonalarning rahbarlari salohiyatini rivojlantirish», shuningdek yaqin orada «Biznes maslaxat dasturi» va «Qiymat hosil qilish zanjirlarini takomillashtirish, barqaror rivojlantirish va eko-innovatsiyalar yordamida oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish (AGROCOMP)» loyihalarini amalga oshirish jarayoni boshlandi. Hamda hozirgi vaqtda Hindiston hukumati bilan hamkorlikda «Tadbirkorlikni rivojlantirish O'zbek-Hind markazi» loyihasi ishga tushirilish jarayonida (14-ilova).
Download 91.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling