O’zbekistonRespublikasiAxborotTexnalogiyalarivaKommunikatsiyalariniRivojlantirishVazirligi Muhammad Al-XorazmiyNomidagi Toshkent AxborotTexnalogiyalariUniversiteti Samarqand filiali
Download 13.31 Kb.
|
Tizimlarvasignallarniqaytaishlashâfaniboâyicha mustaqil ish 2 Ma-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Telekommunikasiyatizimlarivasignallarxaqidaumumiymalumotlar.
Tizimlarvasignallarniqaytaishlash”fanibo’yicha mustaqil ish 2 Mavzu O’zbekistonRespublikasiAxborotTexnalogiyalarivaKommunikatsiyalariniRivojlantirishVazirligi Muhammad Al-XorazmiyNomidagi Toshkent AxborotTexnalogiyalariUniversiteti Samarqand filiali “Tizimlarvasignallarniqaytaishlash”fanibo’yicha MUSTAQIL ISH - 2 Mavzu:Signal vaaloqakanallariningparametrlari. Bajardi :Imomov F S Tekshirdi :Jumaboyev T.A Samarqand 2023 Reja: 1. Telekommunikasiyatizimlarivasignallarxaqidaumumiyma'lumotlar.2.Axborot, xabarvasignallarhaqidaumumiytushunchalar.3.Signal va aloqa kanallarining parametrlariHozirgi zamon telekommunikasiya va aloqa tizimlari: radioaloqa, televidenie, ko‘p kanalli uzatish tizimlari, radioeshittirish, sun'iy yo‘ldosh orqali aloqa qurilmalari murakkab radioelektron tizimlar sirasiga kiradi. Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanida telekommunikasiya qurilmalarida va tizimlaridagi asosiy funksional qurilmalar, ularning ishlash prinsipi va asosiy xarakteristikalari; aloqa kanallari orqali axborotlarni uzatish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari o‘rganiladi. Tizimlar va signallarni qayta ishlash axborotlar, signallar bilan tanishtirish; signallarning asosiy turlari va asosiy xarakteristikalari; turli radiotexnik signallarni shakllantirish va ular radiotexnik qurilmalardan o‘tish jarayonlari va o‘zgarishlar (modulyatorlar, detektorlar, signallarni integrallash va differensiallash, signal chastotasini o‘zgartirish va h.k.) raqamli signallar; turli xildagi halaqitlarning matematik modellari; radioqurilmalar halaqitbardoshligi va axborot uzatish qobiliyati; halaqitbardosh kodlar; signallarni optimal qabul qilish; analog va raqamli fil'trlash; turli modulyasiyalangan signallar halaqitbardoshligini solishtirish o‘rganiladi. Shunday qilib, tizimlar va signallarni qayta ishlash fani zamonaviy aloqa qurilmalari va tizimlarining rivojlanish yo‘nalishlarini ham ko‘rsatib beradi. Tizimlar va signallarni qayta ishlash nazariyasining rivojlanishida V.A. Kotelnikov, Klod Shenon, R.Xartli, X.Naykvist, A.I. Berg, D.V. Ageyev, A.Ya. Xinchin, A.N. Kolmogorov, N. Viner, A.Valdlarning hissalari katta. Ular uzluksiz signallarni diskret shaklda uzatish, axborot miqdorini aniqlashning logorifmik birligi, signallarni bir-biridan chiziqli ajratish nazariyasi, potensial xalaqitbardoshlik nazariyasi, axborot nazariyasi, aloqa tizimiga ehtimollik nazariyasining tadbiqi, signal va xalaqitlarga korrelyatsion ishlov berish asoslarini yaratishgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma “5350100- Telekommunikasiya texnologiyalari (“Telekommunikasiyalar”, “Teleradioeshittirish”, Mobil' tizimlar)” va“5330500 -komp'yuter injiniringi”ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashga mo‘ljallangan. Tizimlar va signallarni qayta ishlash fani nazariy fan bo‘lib, talabalarga telekommunikasiya va aloqa tizimlari: radioaloqa, televidenie, komp'yuter injiniringi, ko‘p kanalli uzatish tizimlari, radioeshittirish, sun'iy yo‘ldosh orqali aloqaning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rsatib, amaliyotda yangi texnikani o‘rganishga yordam beradi. Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanini o‘rganishdan maqsad turli radiosignallarni shakllantirish, radioqabul qilish, radiouzatish qurilmalari asosiy funksional qismlari, komp'yuter injiniringidagi fizik jarayonlar, ularni matematik modeli orqali tahlil etish, asosiy ko‘rsatgichlarini o‘lchash va tahlil etishdan iborat. Tizimlar va signallarni qayta ishlash fani bakalavrlar tayyorlashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi va zamonaviy aloqa qurilmalari va tizimlarining tahlili va sintezi masalalaridan chuqur bilimlarga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Fanni o‘rganish davomida axborotlar, signallar va turli xalaqitlarni matematik tarzda tasvirlash signallarni shakllantirish usullari, ularning elektr zanjirlardan o‘tganda o‘zgarishi, analog va raqamli shaklda axborotlarni uzatish asoslari, aloqa qurilmalari xalaqitbardoshligi; aloqa tizimlari axborot uzatish qobiliyati; xalaqitbardosh kodlar; signallarni optimal qabul qilish; optimal fil'trlash; aloqa tizimidan samarador foydalanish usullari, uyali aloqa tizimi asoslari o‘rganiladi. Fanning vazifasi talabalarga tizimlar va signallarni qayta ishlash asoslari va uning kelajak rivoji haqida, zamonaviy komp'yuter injiniringi va telekommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularning ishlash jarayonini tahlil etishga, sifat va texnik ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga chora-tadbirlar ko‘rishga o‘rgatishdan iborat. O‘quv qo‘llanma kirish, 9 ta bob, glossariy va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, fanning o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmaning oxirida glossariy keltirilgan bo‘lib, atamalarning rus va ingliz tilidagi tarjimasi ham berilgan. Download 13.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling