O‘zbekitson Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy shifokorlikda bolalar kasalliklari kafedrasi va bolalar kasalliklari propidevtikasi kafedrasi bolalarda o‘tkir rеmatik isitma


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana30.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1416112
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Методик қўлланма №1, ўзбек (4)

Revmatik artrit 60-100% hollarda aniqlanadi. U yirik yoki o‘rta bo‘g‘imlarning 
shikastlanishi bilan tavsiflanadi, migrasiya qilish xususiyatiga ega, yaxshi sifatli 
kechishi, antirevmatik terapiya buyurilganda tez regressiya bilan farqlanadi va 
bo‘g‘imlarda destruktiv o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Odatda, poliartrit revmatik 
kardit yoki xoreya bilan kechadi. 
Bolalardagi O‘RI 6-30% hollarda kuzatiladigan, asosan 6 yoshdan 15 
yoshgacha bo‘lgan qizlarda uchraydigan kichik xoreya (revmatik xoreya, Sidengam 
xoreyasi, " muqaddas Vitta raqsi") bilan tavsiflanadi. Uning asosiy belgilari miyaning 
po‘stloq osti tuzilmalarining shikastlanishidan kelib chiqadi va xoreik giperkinez
mushaklar gipotoniyasi, harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi, turli xil ruhiy-
emosional va vegetativ buzilishlar bilan kechadi. 


11 
Kasallik ko‘pincha asta-sekin boshlanadi. Hissiy labillik, ta’sirchanlik, 
bezovtalik, beqaror kayfiyat, impulsivlik, yig‘loqilik, beparvolik, xotira va 
konsentrasiyaning pasayishi, o‘zlashtirishning yomonlashuvi paydo bo‘ladi. 
Keyinchalik giperkinez va kichik xoreyaning boshqa ko‘rinishlari qo‘shiladi. 
Giperkinez aftni bujmaytirish, noqulay harakatlar, noaniq nutq, yutishning 
buzilishi, dastxat va yurishdagi o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ular ko‘pincha 
ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lib, hayajon paytida kuchayadi, tinch paytda 
kamayadi yoki uxlash vaqtida yo‘qoladi. Giperkinezning turli mushak guruhlarida 
ifodalanish darajasi kichik harakatlardan massiv harakatlargacha ("xoreik bo‘ron") 
o‘zgarishi kuzatiladi. Mushaklar gipotoniyasi "shalviragan yelkalar simptomi" 
ko‘rinishida, mushaklar parezi va bemorning to‘liq harakatsizligi ("yumshoq" xoreya) 
rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi. 
Kichkina xoreya kasalligi O‘RI ning boshqa klinik ko‘rinishlari (kardit, artrit) 
bilan birga yoki laboratoriya ko‘rsatkichlarining o‘zgarishisiz, alohida kechishi 
mumkin. Xoreyaning kechishi ko‘pincha cho‘zilgan yoki takrorlanadigan xususiyatga 
ega, hurujning davomiyligi 4-6 oy yoki undan ko‘proq vaqtga davom etishi mumkin. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling