O‘zbekitson Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy shifokorlikda bolalar kasalliklari kafedrasi va bolalar kasalliklari propidevtikasi kafedrasi bolalarda o‘tkir rеmatik isitma


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana30.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1416112
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Методик қўлланма №1, ўзбек (4)

Qiyosiy tashxisoti. 
Ko‘pincha bolalarda birinchi marta yurak shovqinlari qayd etiladi, bu ularning 
revmatik kelib chiqishini istisno qilmaydi. Bunday hollarda, tug‘ma yurak 
nuqsonlarining (TYUN) ilgari qayd etilmaganligini, shuningdek, kichik yurak 
anomaliyalari mavjudligini hisobga olish kerak. Yurak anomaliyalari mitral klapan 
prolapsi, chap qorincha bo‘shlig‘ida anomal trabekulalar, aortadagi o‘zgarishlar va 
boshqalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, bu o‘zgarishlarni O‘RIda klapan 
shikastlanishining namoyon bo‘lishi sifatida baholanishi mumkin. Biriktiruvchi 
to‘qima displaziyasining tashqi ko‘rinishlarini aniqlash, klinik va instrumental 
tekshiruv natijalarini, ayniqsa ExoKG ma’lumotlarini to‘liq tahlil qilish va revmatik 
tabiatli anamnestik ma’lumotlarining yo‘qligi O‘RI tashxisiga shubha tug‘dirishga 
imkon beradi. 


15 
Yurakning klapan apparati shikastlanishining sezilarli belgilari aniqlanmasa, 
O‘RI va norevmatik karditning qiyosiy tashxisini o‘tkazish kerak. Norevmatik kardit 
virusli infeksiya bilan chambarchas bog‘liq kardial buzilishlarning rivojlanishi, 
O‘RIda aniqlangan klinik va laboratoriya ko‘rinishlarining yo‘qligi bilan tavsiflanadi. 
Artralgiyalar yoki bo‘g‘imlarda ekssudativ o‘zgarishlar bilan kechadigan artrit 
boshqa revmatik kasalliklar [tizimli qizil yuguruk (TQYu), yuvenil idiopatik artrit 
(YUIA)] bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin yoki turli o‘tkazilgan yuqumli kasalliklar, shu 
jumladan streptokokk infeksiyasi (streptokokkdan keyingi reaktiv artrit) natijasi 
bo‘lishi mumkin. Ularning aksariyati uchun diagnostika mezonlari ishlab chiqilgan. 
Kichkina xoreyaning klinik ko‘rinishi tizimli qizil yuguruk (TQYu), tugunchali 
poliarteriit va boshqa vaskulitlar, antifosfolipid sindrom (AFS), onkogematologik 
patologiyalar, Turett sindromi, PANDAS va boshqa bir qator holatlarda kuzatiladigan 
nevrologik buzilishlarga o‘xshash bo‘lishi mumkin. 
Turetta sindromi 5-6 yoshda, ko‘pincha (kichik xoreyadan farqli) o‘g‘il 
bolalarda yuz (ko‘zni qisish, tilni tashqariga chiqarish), bo‘yin, yelka kamari 
mushaklarining paroksizmal majburiy tortishishlari, keskin, tartibsiz harakatlarning 
paydo bo‘lishi, so‘zlar yoki tovushlarning beixtiyor talaffuzi (vokal tik), tushunarsiz 
nutq (koprolaliya) kuzatilishi hos hisoblanadi. 
PANDAS sindromi (Pediatric Autoimmune Neuropsychiatric Disorders 
Associated with Streptococcal Infections) revmatik xoreyani eslatadi, o‘tkazilgan 
BGSA infeksiyasi tufayli pubertat oldi davri yoshidagi bolalarda rivojlanadi, klinik 
ko‘rinishlarning o‘zgaruvchanligi (obsessiv-konvulьsiv buzilishlar, harakat 
reaktivligi, xoreyaga xos giperkinezlar), D8/17 limfositlar alloantigenlarining yuqori 
chastota bilan aniqlanishi, shuningdek, antistreptokokk antibakterial terapiyasi 
ta’sirida psixonevrologik simptomlarning regressiyasi bilan tavsiflanadi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling