O‘zbekitson Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy shifokorlikda bolalar kasalliklari kafedrasi va bolalar kasalliklari propidevtikasi kafedrasi bolalarda o‘tkir rеmatik isitma


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana30.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1416112
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Методик қўлланма №1, ўзбек (4)

2-bosqich 
2-bosqich to‘liq remissiyaga erishish va yurak-qon tomir tizimining funksional 
qobiliyatlarini qayta tiklashga qaratiladi. Shifoxonada boshlangan terapiya davom 
ettiriladi, surunkali infeksiya o‘choqlari sanasiya qilinadi, individual tanlangan tibbiy 
sog‘lomlashtirish tadbirlari majmuasi (DFK, chiniqtirish muolajalari) amalga 
oshiriladi. 
3-bosqich 
3-bosqich revmokardit kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni kasallikning 
qaytalanishi va rivojlanishining oldini olishga qaratilgan dispanser kuzatuvini o‘z 
ichiga oladi. Bola ro‘yxatga olinganidan keyin birinchi yil davomida kuzatuv har 
oyda, keyin esa har chorakda amalga oshiriladi. 
Keyingi nazorat yiliga 2 marta amalga oshiriladi. Ambulatoriya tekshiruvi zarur 
laboratoriya va instrumental tashxislash usullarini, LOR shifokori va stomatolog bilan 
maslahatlashishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari zarur sog‘lomlashtirish 
muolajalari va DFK tayinlanadi. Dispanser kuzatuvi davrida avval boshlangan 
ikkilamchi profilaktika davom ettiriladi. 
Profilaktika 
O‘RIning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi mavjud. Birlamchi 
profilaktikaning asosini bolalar va o‘smirlar salomatligini yaxshilash, BGSA 
(surunkali tonzillit, faringit) keltirib chiqaradigan streptokokk infeksiyasini erta 
tashxislash va adekvat davolashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui tashkil etadi. 
Oilasida O‘RI yoki boshqa revmatik kasalliklar holatlari aniqlangan, noqulay 
ijtimoiy-maishiy sharoitda yashovchi, shuningdek, yuqori nafas yo‘llari 
infeksiyalariga tez chalinadigan va surunkali tonzillit bilan kasallangan bolalarga 
alohida e’tibor qaratish lozim. 
O‘tkir va surunkali BGSA infeksiyasini davolash amoksisillin yoki zarurat 
bo‘lganda, O‘RIni etiotrop davolash usullari xarakteristikasida yuqorida aytib o‘tilgan 
boshqa guruh dori vositalari yordamida amalga oshiriladi. 
O‘RIning ikkilamchi profilaktikasi quyidagi dorilarni qo‘llashga asoslangan. 


19 
1. Benzatin benzilpenisillin + benzilpenisillin prokain (Bisillin-5): maktab 
o‘quvchilari va o‘smirlar - har 3-4 haftada bir marta 1 500 000 TB, 
maktabgacha yoshdagi bolalar - 2 haftada bir marta 750 000 TB. 
2. Benzatin benzilpenisillin (Bisillin-1): maktabgacha yoshdagi bolalar - har 2 
haftada bir marta 600 000 TB, maktab yoshidagi bolalar - oyiga bir marta 1 200 
000 TB. 
O‘RIning ikkilamchi profilaktikasi uchun benzatin benzilpenisillinni 
(Ekstensillin) yuborish tavsiya etiladi: bolalar uchun tana vazniga qarab 600 000-1 
200 000 TB, o‘smirlar va kattalar uchun 2 400 000 TB (3 haftada 1 marta). 
Profilaktikani yil davomida kasalxonada paytida erta boshlash maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Uning davomiyligi individual ravishda belgilanadi. Yurakning 
shikastlanishisiz O‘RI (artrit, kichik xoreya) bo‘lgan bolalarda uning davomiyligi 
oxirgi xurujdan keyin kamida 5 yil yoki 18 yoshga to‘lgunga qadar, yurak nuqsonlari 
shakllanmasdan kardit kuzatilganda - kamida 10 yil yoki 25 yoshga to‘lgunga qadar 
davom etadi ("qancha uzoqroq" tamoyiliga muvofiq). Yurak nuqsoni bo‘lgan 
bemorlar, shu jumladan jarrohlik amaliyoti bilan tuzatilgandan so‘ng, ikkilamchi 
profilaktika umr davomida o‘tkaziladi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling