O’zbеkitsоn rеspublikasi
Download 117 Kb.
|
wgoi4IyXIbcQ9bFK2848yQB1UCJVqzcbPh74ITBQ (2)
Tinchlikni saqlab qolish
Xavfsizlik Kengashi o`zining tinchlikni saqlash va xalqaro xavfsizlik borasidagi sa`y-harakatlari doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash bhyicha operatsiyalarining vakolat va mandat doiralarini tasdiqlab beradi. Muzokaralar davrasida uzoq muddatga mo`ljallangan qarorlar ustida izlanishlar olib borilayotgan paytda, bunday operatsiyalarning ko`pchiligida o`t ochishni to`xtatish rejimini kuzatayotgan yoki oraliq zona tashkil etgan harbiy xizmatchilar ishtiroki ko`zda tutiladi. Boshqa operatsiyalarda saylovlarni tashkil etishga yordamlashadigan yoki inson huquqlari himoya etilishini nazorat qiladigan fuqaro politsiyachilar va fuqaro mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Sobiq Yugoslaviya Respublikasining Makedoniyasida amalga oshirilgan shunga o`xshash ba`zi operatsiyalar ehtiyot chorasi sifatida talqin etildi va u harbiy harakatlarni kengayib ketishining oldini oldi. Ko`pgina hollarda operatsiyalar tinch muzokaralarga amal qilinishini nazorat etishga yo`naltiriladi va hududiy tashkilotning tinchlik o`rnatuvchi kuchlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Tinchlik o`rnatish operatsiyalari bir necha yilga qadar davom etishi mumkin. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hindiston va Pokistonning Jammu va Kashmir shtatlari o`rtasidagi o`t ochish to`xtatilishi lozim bo`lgan liniya bo`ylab faoliyat ko`rsatayotgan operatsiyasi 1949 yildan buyon davom etadi, Kiprda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etuvchilari 1964 yildan beri posbonlik qilmoqdalar. Boshqa bir tomondan, 1994 yil Liviya va Chad o`rtasidagi Aozu mintaqasida operatsiya o`tkazish uchun bir oydan ortiqroq muddat zarur bo`ldi. 1948 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik o`rnatuvchi eng birinchi missiyasi shakllangan soniyalardanoq Tashkilot ixtiyoriga 118 mamlakat ixtiyoriy ravishda 750 000 nafar harbiy xizmatchi va fuqaro politsiyachilari ajratdilar. Ular minglab fuqaro mutaxassislar bilan birgalikda tinchlik o`rnatish borasida amalga oshirilgan 53 operatsiyada ishtirok etdilar. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2005. Islom Karimov. Xalqimizning yo‘li mustaqillik, ozodlik va tub islohоtlar yo‘lidir. Toshkent, O‘zbekiston, 1996. Islom Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent, O‘zbekiston, 1996. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin farovon hayot – pirovard maqsadimiz. Toshkent: O‘zbekiston, 2000 y. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. Toshkent: O‘zbekiston, 2000 y. Ibrohimov A., Sultonov X., Jo‘raev N. Vatan tuyg‘usi. T., O‘zbekiston, 1996 y. Xo‘jamurodov I. Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglash. T., 1991 y. Otamurotov S. Milliy o‘zlikni anglash; milliy g‘urur; – Mustaqillik: izohli ilmiy- ommabop lug‘at. T., 1998 y. Demokratiya – murakkab jarayon. «Fan va turmush». 1991, 11-son. Jabborov SH. Ma’naviyatning falsafiy qirralari. «Ma’rifat», 1996, 20 noyabr. Jalolov A. Mustaqillik mas’uliyati. Toshkent, 1994. Vatan saodati. Toshkent, «Sharq», 1998. Otamurotov S., Bahronov J. Milliy o‘zlikni anglash - o‘tish davri siyosatining ustuvor yo‘nalishi. «Xalq so‘zi», 1995, 6 may. Ochilov S. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. 1997. Internet saytlari 1.www.google.uz 2.www.gov.uz 3.Ziyonet.uz 4.www.uza.uz 5.www.stat.uz Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling