Uning ishlari asosan kishi nomlari, ya’ni antroponimika sohasidadir. 1965- yilda “O‘zbek tili antroponimikasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Tilshunos olimning ilmiy tadqiqotlari “Kishi nomlari imlosi”(1970), ”O‘zbek ismlari”(1991), “O‘zbek ismlari imlosi”(1972)kabi asarlarida aks etgan. Ism so‘zi shaxsning atoqli oti ma’nosini anglatadi va antroponim tushunchasini ifodalaydi. Kishilar qadim davrlardan bolaga ism berish ishiga nihoyatda mas’uliyat bilan yondashishgan. Shuning uchun ham qo‘yilajak ismlarning aksari ma’lum sabab va o‘ziga xos etnografik mazmunga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |