Hurmatli magistrantlar va talabalar hamda ularning rahbarlari!
Sizlarni
2023-yil 7-8 iyun kuni Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida o‘tkazilayotgan
«Mineral xomashyolarni qazib olish, qayta ishlashning istiqbollari yoshlar nigohida» mavzusida
magistrant va talabalarning ilmiy anjumani va innovatsion g‘oyalar tanloviga taklif qilamiz.
Anjuman va
tanlovi ToshdTU Olmaliq filiali bosh binosida quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
✓
Metallurgiya;
✓
Konchilik ishi;
✓
Elektromexanika, energiya tejamkor texnologiyalar va qayta tiklanuvchan energiya
manbalari;
✓
Mexanika va mashinasozlik texnologiyalari;
✓
Kimyoviy texnologiya va sanoat ekologiyasi.
Tashkiliy
qo‘mita
manzili:
100095, Olmaliq sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi ToshdTU OF bosh binosi, 209-xona
tel.: (+99899) 805-78-72 (O‘.Raxmonov);
(+99893) 615-01-15 (A..Anarboyev);
(+99897) 768- 41- 21(A.Ubaydullayev);
(+99893) 133-24-24 (U.Uralov); e-mail: uralovulugbek354@gmail.com
Tanlov qatnashchilari tomonidan yoziladigan maqolalarga quyiladigan talablar
1. Materiallar matni tahrir qilingan holda taqdim etilishi shart. Anjuman mavzusiga mos kelmaydigan va
rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan materiallar anjumanga qo‘yilmaydi
hamda muallifga
qaytarilmaydi. Taqdim etilgan axborotlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar shaxsan javobgardir.
2. Qo‘lyozma matni
grammatik taxrirdan o‘tkazilib, bir nusxada mulliflar
tomonidan imzolangan
holda qog‘oz (TDTU Olmaliq filialdan ishtirok etuvchilar uchun) va elektron ko‘rinishda tashkiliy qo‘mitaga
yoki
uralovulugbek354@gmail.com elektron manziliga belgilangan tartibda topshirilishi shart.