Materialni rasmiylashtirish talablari
1. Material matni "MS Word 2017" dasturida "Times New Roman" shriftida 12 o‘lchamda terilgan
bo‘lishi kerak.
2. Material hajmi bir intervalda bosilgan matn hisobida (jadvallar, rasmlar va adabiyotlar ro‘yxati
bilan birgalikda) to‘liq 1 yoki 2 bet bo‘lishi shart.
3. Varaq o‘lchami: 210 x 297 mm (A4 - format), rasm ((JPEG.jgp) (sxema, grafik))larning o‘lchamlar
6x9 sm dan oshmasligi kerak. Matn chegarasi o‘lchami: yuqoridan - 2,0 sm, pastdan - 2,0 sm, chapdan - 3 sm,
o‘ngdan - 1,5 sm.
4. Materiallarda eng zaruriy matematik ifodalargina berilishi kerak.
Material boshida maqola nomi bosh harflarda, keyingi qatrordan mualliflarning familiyasi, ismi, sharifi,
o‘qish joyi va ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, uning ilmiy darajasi va ilmiy unvoni (varaq o‘rtasida
kichik qalin bosma xarfda) keltiriladi. Bir intervaldan so‘ng material matni teriladi. Adabiyotlar namunada
berilgan shaklda havola qilinadi.
Tashkiliy qo‘mitaga kechikib kelgan, talabga javob bermaydigan, mutaxassislar tomonidan salbiy taqriz
berilgan, taxrirdan o‘tmagan materiallar anjuman dasturiga kiritilmaydi.
Materialni tashkiliy qo‘mitaga topshirish muddati 2023 yil 25 may kuniga qadar.
Mazkur anjumanda yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi yetakchi
mutaxassislari, ToshdTUning malakali professor-o‘qituvchilari va hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari
(“Olmaliq KMK” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, «O‘zbekko‘mir» AJ va boshqalar) mutaxassislari tomonidan
turli mavzularida seminarlar tashkil etiladi.
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz.
“Eng yaxshi innovatsion g‘oya”, “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi ma’ruza” nominatsiyalarda
g‘olib chiqqan qatnashchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |