O’zbeksiton Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 217.29 Kb. Pdf ko'rish
|
yopiq aylanuvchi suv sistemalari va suv tozalash inshoatlari. suv inshoatlari xolatini nazorat qilish usullari va moslamalari
Suv ta’minoti tizimlari inshootlarning kompleks quril- masidan iborat bo‘lib, ularning vazifasi iste’molchilarni kerakli miqdorda, talab etilgan sifat va bosimda suv bilan ta’minlashdan iborat. Shu bilan birga, suv ta’minoti tizimi ma’lum darajada ishlash ishonchiga ega bo‘lishi shart. Suv iste’molchilari uchun zarur bo‘lgan suvning umumiy miqdori aniqlangan va foydalanish mumkin bo‘lgan tabiiy suv havzalaridan ma’lumotlar yig‘ilgach, suv ta’minoti uchun suv manbalari va uning chizmasi tanlanadi. Suv ta’minoti tizimi suv manbalaridan kerakli miqdorda suvni olishi, uni tozalashi va iste’molchining talabini qondirish maqsadida ularga suvni yetkazib berishi lozim. Bu qo‘yilgan talablarni amalga oshirish uchun suv ta’minoti tizimiga quyidagi inshootlar kiradi: — suv oluvchi inshootlar, bu inshootlar yordamida suv tabiiy suv manbalaridan olinadi; — suvni yuqoriga uzatuvchi inshootlar, nasos bekatlari. Suvni tozalash bekatlariga va suv iste’molchilariga uzatuvchi qurilma; — suv tozalovchi inshootlar; — suv uzatuvchi qurilmalar va suv tarmoqlari. Ular suvni iste’molchilar talab qilgan joyga yetkazib berish uchun xizmat qiladi; — minoralar va rezervuarlar. Ular suv ta’minoti tizimida suvni boshqarish va zaxirada saqlash uchun xizmat qiladi. Suv ta’minoti tizimidagi asosiy inshootlarning joylashish sxemasi I.1- rasmda ko‘rsatilgan. Suv manbayidan suv oluvchi inshootlar (1) yordamida olinadi va nasos bekatining birinchi bosqichida joylashtirilgan nasosga (2) yuboriladi, shundan so‘ng suv tozalash bekatiga (3) uzatiladi. Suv tozalangach, suv yig‘uvchi rezervuarga (4) oqib keladi, undan ikkinchi bosqichdagi nasos bekatida o‘rna- tilgan nasoslar yordamida (5) tortib olinib, suv uzatuvchi quvurlar (6) orqali suv tarqatuvchi tarmoq quvurlariga uzatiladi. Suv minorasi (yoki bosimli rezervuar)ni (7) tarmoqning boshlanishida (I.1 a, e-rasm), uning oxirida (I.1 b, f- rasm) yoki tarmoqning biron-bir oraliqdagi nuqtasida (I.1 d- rasm) joylashtirish mumkin. Boshqa inshootlarning joylashishi ham turlicha bo‘lishi, ya’ni birinchi va ikkinchi bosqichda joylash- tirilgan nasoslar bitta binoda yoki alohida-alohida binolarda joylashtirilishi mumkin. Birinchi bosqichda joylashgan nasoslar suv oluvchi inshootlar bilan birga quriladi. Ayrim hollarda tozalash inshootlari, ular bilan bog‘liq bo‘lgan rezervuarlar va nasos bekatining ikkinchi bosqichi manbalarining yonida emas (I.1-rasmda ko‘rsatilgan), balki suv iste’molchilariga yaqin joylashtiriladi (shahar, qishloq yoki sanoat korxonalari). Suv bilan ta’minlanadigan joyning tabiiy sharoiti va suv iste’molchilarining turi, shu bilan birga, iqtisodiy nuqtayi nazardan suv ta’minoti chizmasi va ularning tarkibidagi ele- mentlar o‘zgarishi mumkin. Suv ta’minoti chizmasiga suv olish uchun tanlangan suv manbayi ham juda katta ta’sir qiladi (uning tabiati, quvvati, undagi suvning sifati, undan suv ta’minlash joyigacha bo‘lgan masofa va h.k). Ba’zi hollarda bitta obyekt uchun bir nechta tabiiy suv manbalaridan foydalanish mumkin. Ochiq suv manbalaridan foydalanganda turli suv oluvchi inshootlar quriladi. Yerosti suvlaridan foydalanganda suv oluvchi inshootlar quduq shaklidagi (shaxtali yoki normal) yer- osti suv yig‘uvchi qurilmalar va har xil suv yig‘uvchi inshootlar quriladi. Suv manbayining xarakteri suv ta’minoti chizmasiga ta’sir qiladi. Berilgan suv manbayidagi suv sifati va iste’molchilar tomonidan suv sifatiga qo‘yilgan talablarni taqqoslash natijasida suvni tozalash zarurligi hamda tozalash darajasi va tozalash yoki ishlov berish xarakteri aniqlanadi. Aholini yerosti artezian yoki buloq suvi bilan ta’minlaganda bu suvlarni tozalamasa ham bo‘ladi. Ochiq suv manbalaridan olinadigan suv sanoat korxonalari (agregatlarni sovitish) uchun ishlatilsa, bu holda uni tozalamasdan ishlatish mumkin. Agar suvni tozalash lozim topilmasa, u holda suv ta’minoti sxemasi juda soddalashadi. I.1 b- rasmda shaharni artezian suvlardan foydalangan holda suv bilan ta’minlash chizmasi keltirilgan. Bu yerda artezian quduqlari (parmali quduqlari) (1) alohida to‘p-to‘p holda joylashtirilgan. Nasoslar quduqning o‘zida joylashtirilgan va ular suvni to‘g‘ridan to‘g‘ri suv tarmog‘iga (8) uzatishi mumkin. Ba’zi hollarda bunday suv ta’minoti tizimlarida ham suv suv yig‘ish rezervuarlariga (4) (suvni boshqarish va zaxira uchun xizmat qiladi) va undan ikkinchi bosqich bekatidagi nasoslar (5) yordamida suv tarmog‘iga (8) uzatiladi. I.1-rasm. Ochiq (a, e) va yerosti (b, d, f) suv manbalaridan foydalanganda suv ta’minoti tizimining umumiy chizmasi: 1— suv olish inshooti; 2—nasos bekatining I bosqichi; 3—tozalash inshootlari; 4— toza suv rezervuari; 5— nasos bekatining II bosqichi; 6—suv uzatuvchi quvur; 7— suv minorasi; 8—suv tarqatuvchi tarmoqalr; 9—suv manbayi. relyefi ham suv ta’minoti chizmasiga ta’sir qiladi. Tog‘lik joylarda suv manbalari (ko‘l, suv ombori, buloq suvlari) suv bilan ta’minlash joylaridan ancha yuqorida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunda suvni iste’molchilarga yerning qiyaligidan foydalangan holda nasos bektlarini qurmasdan o‘zioqar suv eltuvchi quvurlar orqali uzatish mumkin. Yuqorida I.1 d- rasmda ko‘rilgan suv bilan ta’minlashning umumiy chizmasi ayrim hollarda uchraydigan chizmalardan iboratdir. Amaliyotda esa, mahalliy tabiiy sharoitlarga va suv iste’molchilarining suvga qo‘yadigan talablarini e’tiborga olgan holda, suv ta’minoti chizmasi bir- biridan tubdan farq qilishi va turlicha bo‘lishi mumkin. Download 217.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling