“O‘zbektelekom” ak buxoro filiali xodimi bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida


Download 479.23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.09.2023
Hajmi479.23 Kb.
#1671993
Bog'liq
Buyruq



“O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali xodimi bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport 
hodisasi to‘g‘risida 
2023-yilning 10-avgust kuni “O‘zbektelekom” AK (keyingi o‘rinlarda -
Kompaniya) Buxoro filiali Kogon tuman telekommunikatsiya bog‘lamasida 
2-toifali muhandis lavozimida ishlab kelayotgan, 1976-yilda tug‘ilgan Ergashev 
Axtam Usmonovich bilan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 
Joriy yilning 9-avgust kuni soat 23:50 da Buxoro viloyati, Kogon tumani
Amirobod massivida Konchilar yo‘nalishidagi optik tolali aloqa kabeli orqali taqdim 
etilayotgan xizmatlarda uzilish sodir bo‘lganligi sababli, Kogon tuman 
telekommunikatsiya bog‘lamasi mas’ullari tomonidan mazkur nosozlik bartaraf 
etilishi uchun ushbu hududga texnik xodimlar yuborilgan. 
2023-yil 10-avgust kuni soat 02:15 da texnik xodimlar nosozliklarni bartaraf 
qilib, qaytayotgan vaqtda ushbu hududdan katta tezlikda kelayotgan “NEXIA” 
rusumli avtotransport vositasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotganligi sababli, 
Kogon tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi Liniya-kabel inshootlari guruhining 
2-toifali muhandisi A.Ergashevni urib yuborgan. 
A.Ergashev zudlik bilan Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga yеtkazilgan

unga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam 
ilmiy markazi Buxoro filialining jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. 
Joriy yilning 14-avgust kuni A.Ergashev vafot etgan. 
Ushbu hodisa bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishda baxtsiz 
hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq 
boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq 
o‘rnatilgan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda. 
“Telekommunikasiya transport tarmog‘i” filialida shu kabi yo‘l-transport 
hodisalarini oldini olish hamda Kompaniyaning 2023-yil 14-avgustdagi 248-son 
buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, buyuraman: 
1. Direktor o‘rinbosarlari, xizmat, bo‘lim, 10002-TAB va barcha texnik 
bog‘lama boshliqlari, Kompaniyaning 2023-yil 14-avgustdagi 248-son buyrug‘ini 
ma’lumot va ijro uchun qabul qilsinlar.
2. Filial tizimidagi xizmat, bo‘lim, 10002-TAB va barcha texnik bog‘lama 
boshliqlari:
- Kompaniyaning Buxoro filiali xodimi bilan sodir bo‘lgan ushbu


yo‘l-transport hodisasi ish joylarida muhokama qilinib, mutaxassis va mas’ullar 
tomonidan barcha tegishli yo‘riqnomalar asosida navbatdan tashqari yo‘l-yo‘riq 
berilishini va teshgishli jurnallarda qayd etilishini; 
- xodimlarning ish vaqtida xizmat ko‘rsatish obyektlari orasida piyoda yoki 
transport vositasida harakatlanishi vaqtida yo‘l harakati qoidalariga amal qilinishi 
yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilishini
- bajariligan ishlar yuzasidan 2023-yilning 18-avgustiga qadar Filialning 
MMQvaXT bo‘limiga ma’lumot taqdim etilshini ta’minlasinlar.
3. Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi (U.G‘afurov): 
- filial obyektlari tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan 
ma’lumotlarni umumlashtirib, 2023-yilning 21-avgustiga qadar, Kompaniyaning 
MMQvaXT xizmatiga ma’lumot taqdim etilsin. 
4. Ushbu buyruqning bajarilishi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman. 


Buyruqni tayyorlagan: 
Mehnat muhofazasi, yong`in
va texnika xavfsizligi bo`limi
boshlig`i
U.Gafurov
KELIShILGAN
Direktor o`rinbosari
H.Ravshanov
Yuridik xizmat boshlig`i
Sh.Choriev

Download 479.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling