“O‘zbektelekom” ak buxoro filiali xodimi bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida
Download 479.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Buyruq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2023-yilning 18-avgustiga
- 2023-yilning 21-avgustiga
“O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali xodimi bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida 2023-yilning 10-avgust kuni “O‘zbektelekom” AK (keyingi o‘rinlarda - Kompaniya) Buxoro filiali Kogon tuman telekommunikatsiya bog‘lamasida 2-toifali muhandis lavozimida ishlab kelayotgan, 1976-yilda tug‘ilgan Ergashev Axtam Usmonovich bilan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Joriy yilning 9-avgust kuni soat 23:50 da Buxoro viloyati, Kogon tumani, Amirobod massivida Konchilar yo‘nalishidagi optik tolali aloqa kabeli orqali taqdim etilayotgan xizmatlarda uzilish sodir bo‘lganligi sababli, Kogon tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi mas’ullari tomonidan mazkur nosozlik bartaraf etilishi uchun ushbu hududga texnik xodimlar yuborilgan. 2023-yil 10-avgust kuni soat 02:15 da texnik xodimlar nosozliklarni bartaraf qilib, qaytayotgan vaqtda ushbu hududdan katta tezlikda kelayotgan “NEXIA” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotganligi sababli, Kogon tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi Liniya-kabel inshootlari guruhining 2-toifali muhandisi A.Ergashevni urib yuborgan. A.Ergashev zudlik bilan Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga yеtkazilgan , unga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Joriy yilning 14-avgust kuni A.Ergashev vafot etgan. Ushbu hodisa bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq o‘rnatilgan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda. “Telekommunikasiya transport tarmog‘i” filialida shu kabi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish hamda Kompaniyaning 2023-yil 14-avgustdagi 248-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, buyuraman: 1. Direktor o‘rinbosarlari, xizmat, bo‘lim, 10002-TAB va barcha texnik bog‘lama boshliqlari, Kompaniyaning 2023-yil 14-avgustdagi 248-son buyrug‘ini ma’lumot va ijro uchun qabul qilsinlar. 2. Filial tizimidagi xizmat, bo‘lim, 10002-TAB va barcha texnik bog‘lama boshliqlari: - Kompaniyaning Buxoro filiali xodimi bilan sodir bo‘lgan ushbu yo‘l-transport hodisasi ish joylarida muhokama qilinib, mutaxassis va mas’ullar tomonidan barcha tegishli yo‘riqnomalar asosida navbatdan tashqari yo‘l-yo‘riq berilishini va teshgishli jurnallarda qayd etilishini; - xodimlarning ish vaqtida xizmat ko‘rsatish obyektlari orasida piyoda yoki transport vositasida harakatlanishi vaqtida yo‘l harakati qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilishini; - bajariligan ishlar yuzasidan 2023-yilning 18-avgustiga qadar Filialning MMQvaXT bo‘limiga ma’lumot taqdim etilshini ta’minlasinlar. 3. Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi (U.G‘afurov): - filial obyektlari tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlarni umumlashtirib, 2023-yilning 21-avgustiga qadar, Kompaniyaning MMQvaXT xizmatiga ma’lumot taqdim etilsin. 4. Ushbu buyruqning bajarilishi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman. Buyruqni tayyorlagan: Mehnat muhofazasi, yong`in va texnika xavfsizligi bo`limi boshlig`i U.Gafurov KELIShILGAN Direktor o`rinbosari H.Ravshanov Yuridik xizmat boshlig`i Sh.Choriev Download 479.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling